Ijtimoiy-gumanitar



Yüklə 2,89 Mb.
səhifə7/8
tarix25.12.2019
ölçüsü2,89 Mb.
#30014
1   2   3   4   5   6   7   8
4-5 maruza matni dars rejasi - 2-qism

Mavzu: Tropik va Janubiy Afrika davlatlari.

Reja:

1) Milliy-ozodlik kurashi va uning oqibatlari.

2) Aparteid tartibiga qarshi kurash.

3) Mustaqillikni mustahkamlash yo`lidagi muammolar.

Adabiyotlar:



  1. Lafasov M. “Jahon tarixi” (1918–2009-yillar). Toshkent. “Turon-Iqbol”. 1.

293-296 betlar

Ba’zi Tropik va Janubiy Afrika davlatlariga umumiy tavsif:



Angola. Poytaxti – Luanda. Aholisi – 10 mln. 766,5 ming kishi (2003). Maydoni – 1 mln. 246,7 ming kv. km. Rasmiy tili – portugal. Asosiy dinlari – katolik, protestant va Af-rikaning mahalliy dinlari. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 18 viloyat. Pul birligi – kvan-za. Milliy bayrami: 11-noyabr – Mustaqillik kuni (1975).

Gana. Poytaxti – Akkra. Aholisi – 20 mln. 467,7 ming kishi (2003). Maydoni – 238 305 kv. km. Asosiy tillari – ingliz (rasmiy), tvi, eve va dagbani. Asosiy dinlari – Afrikani-ng mahalliy dinlari, xristian va islom. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 10 viloyat. Pul birligi – sedi = 100 peseva. Milliy bayrami: 6-mart – Mustaqillik kuni (1957).

Gvineya. Poytaxti – Konakri. Aholisi – 9 mln. 30,2 ming kishi (2003). Maydoni – 245 857 kv. km. Asosiy tillari – fransuz (rasmiy), fulbe, malinke va susu. Asosiy dinlari – is-lom va Afrikaning mahalliy dinlari. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 8 provinsiya. Pul birligi – Gvineya franki = 100 santim. Milliy bayrami: 2-oktabr – Mustaqillik kuni (1958).

Janubiy Afrika Respublikasi. Poytaxti – Pretoriya. Aholisi – 42 mln. 720 ming kishi (2004). Maydoni – 1 mln. 223 404 kv. km. Asosiy tillari – ingliz, afrikaans, kosa, zulu va sesoto. Hukmron dini – xristian (asosan protestant). Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 9 provinsiya. Pul birligi – rand = 100 sent. Milliy bayrami: 31-may – Respublika kuni (1910).

Zambiya. Poytaxti – Lusaka. Aholisi – 10 mln. 307,3 ming kishi (2003). Maydoni – 752 614 kv. km. Rasmiy tili – ingliz. Asosiy dinlari – xristian, islom va induizm. Ma’mu-riy-hududiy bo`linishi – 9 provinsiya. Pul birligi – kvacha. Milliy bayrami: 24-oktabr – Mustaqillik kuni (1964).

Zimbabve. Poytaxti – Xarare. Aholisi – 12 mln. 576,7 ming kishi (2003). Maydoni – 390,3 ming kv. km. Rasmiy tili – ingliz. Asosiy dinlari – Afrikaning mahalliy dinlari va xristian. Pul birligi – Zimbabve dollari. Milliy bayrami: 18-aprel – Mustaqillik kuni (1980).

Kamerun. Poytaxti – Yaunde. Aholisi – 15 mln. 746,2 ming kishi (2003). Maydoni – 475 440 kv. km. Rasmiy tillari – ingliz va fransuz. Asosiy dinlari – xristian, islom va Af-rikaning mahalliy dinlari. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 10 provinsiya. Pul birligi – Af-rika franki. Milliy bayrami: 20-may – Mustaqillik kuni (1972).

Keniya. Poytaxti – Nayrobi. Aholisi – 31 mln. 639,1 ming kishi (2003). Maydoni – 582,6 ming kv. km. Rasmiy tillari – ingliz va suaxili. Asosiy dinlari – Afrikaning mahal-liy dinlari, xristian, islom va induizm. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 7 provinsiya va poytaxt okrugi. Pul birligi – Keniya funti. Milliy bayrami: 12-dekabr – Mustaqillik kuni (1963).

Kongo. Poytaxti – Brazzavil. Aholisi – 2 mln. 954,3 ming kishi (2003). Maydoni – 342 ming kv. km. Rasmiy tilifransuz. Asosiy dinlari – xristian, Afrikaning mahalliy dinlari va islom. Mamuriy-hududiy bo`linishi – 9 provinsiya. Pul birligi – Afrika franki. Milliy bayrami: 15-avgust – Mustaqillik kuni (1960).

Kongo Demokratik Respublikasi. Poytaxti – Kinshasa. Aholisi – 60 mln. 90 ming ki-shi (2005). Maydoni – 2 mln. 345 410 kv. km. Asosiy tillari – fransuz (rasmiy), kikongo, chiluba, lingala va suaxili. Asosiy dinlari – xristian, islom va Afrikaning mahalliy dinla-ri. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 10 viloyat. Pul birligi – zoir = 100 santim. Milliy bay-rami: 30-iyun – Mustaqillik kuni (1960).

Liberiya. Poytaxti – Monroviya. Aholisi – 3 mln. 317,2 ming kishi (2003). Maydoni – 111 370 kv. km. Rasmiy tili – ingliz. Asosiy dinlari – Afrikaning mahalliy dinlari va is-lom. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 13 graflik. Pul birligi – Liberiya dollari. Milliy bay-rami: 26-iyul – Mustaqillik kuni (1847).

Madagaskar. Poytaxti – Antananarivu. Aholisi – 16 mln. 979,7 ming kishi (2003). Maydoni – 587 041 kv. km. Rasmiy tillari – malagasi va fransuz. Asosiy dinlari – Afri-kaning mahalliy dinlari, xristian va islom. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 6 provinsiya (farita). Pul birligi – Malagasi franki. Milliy bayrami: 26-iyun – Mustaqillik kuni (1960).

Namibiya. Poytaxti – Vindxuk. Aholisi – 1 mln. 927,4 ming kishi (2003). Maydoni –824 269 kv. km. Rasmiy tillari – ingliz, nemis, afrikaans va bantu. Hukmron dini – xristi-an. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 13 ma’muriy hudud. Pul birligi – rend. Milliy bay-rami: 21-mart – Mustaqillik kuni (1990).

Nigeriya. Poytaxti – Abuja. Aholisi – 133 mln. 881,7 ming kishi (2003). Maydoni – 923 768 kv. km. Asosiy tillari – ingliz (rasmiy), xausa, yoruba va ibo. Asosiy dinlari – is-lom, xristian va Afrikaning mahalliy dinlari. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 36 shtat va poytaxt federal okrugi. Pul birligi – nayra = 100 kobo. Milliy bayrami: 1-oktabr – Mus-taqillik kuni (1960).

Efiopiya. Poytaxti – Addis-Abeba. Aholisi – 66 mln. 557,6 ming kishi (2003). Maydo-ni – 1 mln. 221 894 kv. km. Rasmiy tili – amxar. Asosiy dinlari – pravoslav, islom va Af-rikaning mahalliy dinlari. Ma’muriy-hududiy bo`linishi – 9 shtat va Addis-Abeba shahri. Pul birligi – bir. Milliy bayramlari: 2-mart – Adua yaqinidagi g`alaba kuni (1896); 6-aprel – G`alaba kuni (1941).

1-masala:

Ikkinchi jahon urushidan so`ng mus-tamlaka sirtmog`i azob-uqubatlarini tortib kelayotgan xalqlarning milliy-ozodlik ku-rashi yanada kuchaydi. Bu hodisa Afrika xalqlariga ham taalluqli edi. Xo`sh, qan-day omillar mustamlaka sirtmog`ida ya-shayotgan xalqlar milliy-ozodlik kurashi-ning kuchayishiga sabab bo`ldi? Bular:



  • II-jahon urushida Germaniya, Itali-ya va Yaponiyaning mag`lubiyatga uchraganligi;

  • asosiy mustamlakachi davlatlar – Buyuk Britaniya va Fransiyaning zaiflashganligi;

  • mustamlaka xalqlar milliy ongining o`sishi;

  • AQSH va SSSRning o`z siyosiy maqsadlari yo`lida dunyoda mus­tamlakachi im-periyalar saqlanib qolishiga qarshi chiqqanligi.

To`g`ri, Afrikada mustamlakachilik tizimining barham topishi jarayoni Osiyodagiga nisbatan sekin borgan. Bu Afrika davlatlari qoloqligining, milliy-ozodlik kurashiga rah-barlik qiluvchi ijtimoiy kuchlarning (milliy burjuaziya va milliy ziyolilar) zaifligi oqibati edi.

Dastlab, Shimoliy Afrika davlatlari qattiq qonli kurash hisobiga mustaqillikka erishdi-lar (bu haqda “Arab davlatlari” mavzusida ma’lumot oldingiz). 1960-yil Afrika tarixiga “Afrika yili” nomi bilan kirdi. Shu yili bir yo`la 17 davlat mustaqillikka erishdi. Buyuk Britaniya va Fransiya mustamlaka imperiyalari parchalanib borayotgan bir sharoitda Belgiya Kongo mustaqilligini tan olishga majbur bo`ldi.

Afrikaning ayrim davlatlarida mustaqillikka erishish nisbatan tinch yo`l bilan (omma-viy namoyishlar, fuqaroviy bo`ysunmaslik) amalga oshdi. Mustamlakachilik metropolis-yadan ko`chib kelib joylashgan bir guruh oq tanlilar jamoasiga tayangan joylarda esa og`ir qurolli kurash olib borish yo`li bilan mustaqillikka erishildi. 60-yillar oxiriga kelib Buyuk Britaniya, Fransiya va Belgiya mustamlakachi imperiyalari parchalandi.

Faqatgina bir imperiya – Portugaliya imperiyasi yashashda davom etdi. Portugaliyani-ng Afrikadagi mustamlakalari (Mozambik, Angola, Gvineya-Bisau) uning dengizorti hu-dudlari deb e’lon qilingan edi. Bu “dengizorti hududlar” aholisining milliy-ozodlik kura-shi 1974-yilgacha davom etdi va u g`alaba bilan yakunlandi. Portugaliya o`z mustamla-kalarining mustaqilligini tan olishga majbur bo`ldi.

1980-yilda yana bir mustaqil Afrika davlati – Zimbabve vujudga keldi. bu davlatning vujudga kelishi juda og`ir kechdi. Gap shundaki, Rodeziyada (Buyuk Britaniya mustam-lakasi) kam sonli, biroq, uyushgan oq tanlilar ham yashardi. Ular 1965-yilda Rodeziyani mustaqil deb e’lon qildilar. Biroq, uni Buyuk Britaniya ham, BMT ham tan olmadi.

Mahalliy afrikaliklar esa ozodlik uchun qurolli kurash boshladilar. Yakkalanib qolgan oq tanlilar 1979-yilda muzokara boshlashga majbur bo`ldilar. Buning oqibatida davlat afrikaliklar qo`liga o`tdi. 1980-yilda Rodeziya o`rnida mustaqil, yangi Zimbabve davlati tashkil etilganligi e’lon qilindi.

Afrikadagi oxirgi mustamlaka Janubi-G`arbiy Afrika edi. I-jahon urushiga qadar bu hudud Germaniya mustamlakasi bo`lgan. Urushdan so`ng Millatlar Ittifoqi uni boshqa-rish huquqini Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)ga berdi. JAR dastlab bu hududni o`zi-ga qo`shib olishga urindi. Buning uddasidan chiqa olmagach, u yerda oz sonli oq tanlilar hukumatini tuzishga harakat qildi. Bunga javoban mahalliy aholi 1966-yilda qurolli ku-rash boshlashga majbur bo`ldi.

BMT 1973-yilda JARni Janubi-G`arbiy Afrikani boshqarish huquqidan mahrum etdi. Mahalliy aholining milliy-ozodlik kurashi 1989-yilda g`alaba bilan yakunlandi. Shu yili Janubi-G`arbiy Afrika Namibiya nomi bilan mustaqil davlat deb e’lon qilindi.

Shu tariqa, mustamlaka Afrika xalqlari milliy-ozodlik kurashi g`alaba bilan yakunlan-di. Bir vaqtlar deyarli butunlay mustamlakaga aylantirilgan Afrikada 52 ta mustaqil dav-lat vujudga keldi.

2-masala:

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)da 1948-yilda o`tkazilgan parlament saylovida Af-rika yerlarining (oq tanli aholi) millatchi partiyasi g`alaba qozondi. Bu partiya rahbari D. Malan boshchiligida tuzilgan hukumat aparteid siyosatini amalga oshirishini e’lon qildi. Xo`sh, bu siyosat nimadan iborat edi?

Aparteid siyosati – bu, davlatning tub aholisi bo`lgan negrlarga, bu yerga kelib qolgan hindlarga nisbatan qo`llangan irqiy kamsitish; ularni oq tanlilardan ajratib qo`yish (irqiy diskriminatsiya); ularni asosiy fuqarolik huquqlaridan mahrum etish, o`zlari uchun ajra-tilgan alohida joylarda yashashga majbur etish (segregatsiya) siyosati edi.

Mamlakat maydonining 87 foizi oq tanlilar uchun, atigi 13 foizi afrikaliklar uchun bi-riktirib qo`yildi. Bundan maqsad – afrikaliklarning mustahkam aparteid tartiblarini yo`-qotish maqsadida birlashishiga yo`l qo`ymaslik edi. JAR hukmron doiralari aparteid si-yosatini tobora kuchaytirdilar. 1984-yilda uch palatali parlament – oq tanlilar, negrlar va hindlar uchun alohida-alohida qilib tuzildi.

Biroq, afrikaliklar irqchilar rejimi o`zlariga taqdim etgan taqdirga tan berganlari yo`q. Ular XX-asrning eng jirkanch hodisalaridan biri – aparteid siyosatiga qarshi qurolli ku-rash olib bordilar. Bu kurashga Afrika Milliy Kongressi (AMK) rahbarlik qildi. AMK-ning maqsadi – Janubiy Afrika Respublikasida irqidan qat’iy nazar barcha fuqarolar qo-nun oldida teng bo`lishini ta’minlaydigan demokratik davlat barpo etish edi. Bu partiya-ga XX-asrning buyuk siyosat va davlat arboblaridan biri Nelson Mandela rahbarlik qildi.

Afrika xalqining bu kurashi xalqaro taraqqiyparvar kuchlar tomonidan qo`llab-quv-vatlandi. Hukumat tub aholining o`z haq-huquqi yo`lidagi kurashiga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. Biroq, afrikaliklar kurashini to`xtatib bo`lmadi.

1989-yilda JAR prezidentligiga F.de Klerk saylandi. U davr realligini hisobga olib si-yosat yurituvchi arbob edi. F.de Klerk, agar aparteid siyosati bekor qilinmasa, u oxir-oqibatda oq tanlilarni to`la halokatga olib kelishi mumkinligini anglab yetdi va 1990-yilda AMK faoliyatini taqiqlashni bekor qilish to`g`risidagi qonun qabul qilindi. Uning rahbari N.Mandela 1991-yilda umrbod qamoq jazosidan ozod etildi (u 27 yildan beri qa-moqda edi). Mamlakatda “harbiy holat” bekor qilindi. Barcha fuqarolarning va irqlarni-ng tengligi e’lon qilindi.



1993-yilda barcha irq vakillarining tengligi asosida umumiy parlament saylovi o`tka-zilishi to`g`risida bitim imzolandi. Ayni paytda, oq tanlilar huquqi ham kafolatlanadigan bo`ldi. Saylov 1994-yilning 26-aprelida o`tkazildi va unda AMK to`la g`alaba qozondi. N.Mandela JARning birinchi qora tanli prezidenti etib saylandi.

Mandela Nelson – JAR prezidenti. 1918-yil 18-iyulda Umtat yaqinida (Sharqiy Kap provinsiyasi) dunyoga keladi. Ford-Xe-yerdagi kollejda ta’lim oladi. 1940-yildagi boykotda ishtirok et-ganligi uchun hibsga olinadi. Bir necha yil Yoxannesburgda hu-quqiy idorada ishlaydi va, ayni paytda, JAR universitetida sirt-dan o`qiydi. Vitvatererand universitetida huquqni o`rganadi.

N.Mandela Afrika Milliy Kongressi (AMK) yoshlar ittifoqini tuzishda ishtirok etadi. Bu tashkilot a’zolari hokimiyatdagi “Milliy” partiyaga muxoli-fatda bo`ladi. II-jahon urushidan keyingi yillarda N.Mandela aparteid (irqiy diskrimi-natsiya va segregatsiya) rejimiga qarshi chiqadi. 1953-yilda AMKning Transvaal bo`li-miga prezident etib saylanadi. Ammo, tez orada davlatga qarshi xiyonatda ayblanib, hibsga olinadi.

1960-yilga kelib R.Sobukve boshchiligida AMKning harbiy tashkiloti tuziladi. Bu vaqtda N.Mandela qamoqdan qochishga muvaffaq bo`ladi. Biroq, 1964-yilda N.Mande-la va harbiy tashkilotning boshqa rahbarlari hukumatga qarshi muxolifatda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga tortiladi.

1990-yilda N.Mandela qamoqdan ozod bo`ladi. JARga nisbatan iqtisodiy sanksiya qo`llanilayotgan bir paytda u Yevropa va Shimoliy Amerikada bo`ladi. Shu yili N.Man-dela F.de Klerk bilan birga yangi konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda qatnashadi. 1991-yilda esa u AMK prezidentligiga saylanadi. 1991-yil dekabrda N.Mandela va F.de Klerk yangi konstitutsiyani ishlab chiqish uchun ko`pirqli va ko`ppartiyali konferensiya chaqirishadi. Muzokaralar 1993-yil fevralgacha davom etadi va demokratik konstitutsi-yaning asosiy prinsiplari to`g`risidagi bitimga erishiladi.

1993-yilda, BMT Assambleyasida, JARga nisbatan iqtisodiy sanksiya bekor qilinadi. Shu yili N.Mandela va F.de Klerk tinchlik o`rnatish borasidagi xizmatlari uchun Nobel mukofotiga sazovar bo`lishadi. 1994-yil birinchi demokratik saylovda AMK 63 foiz ovoz oladi va N.Mandela JAR prezidentligi (Milliy assambleya prezidentligi)ga saylanadi. 1996-yilda yangi Konstitutsiya qabul qilinadi. Unga ko`ra, barcha JAR fuqarolari irqiy kelib chiqishi, jinsi, diniy qarashlaridan qat’iy nazar qonun oldida teng, deb e’lon qili-nadi.

Shu tariqa, eng jirkanch illat – aparteidning to`la barham topishiga asos yaratildi. Af-rika qit’asida mustahkam tinchlik yo`lidagi asosiy to`siqlardan biri – irqchilikni bartaraf etish yo`lidagi buyuk xizmatlari uchun har ikki arbob – N.Mandela va F.de Klerklar 1993-yilda tinchlik uchun xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo`ldilar. 1999-yil 2-iyun-dagi saylovlarda N.Mandelaning safdoshi Tabo Mbeku prezidentlik lavozimini egalladi.

3-masala:

Afrika qit’asi davlatlarining iqtisodiy taraqqiyot darajasi bir xil emas. Chunonchi, Tropik Afrika Shimoliy va Janubiy Afrikadan keskin farq qiladi. Tropik Afrika davlat-lari qit’aning eng qoloq davlatlaridir. Dunyo aholisining 10 foizini tashkil etuvchi Afrika qit’asida dunyo sanoat mahsulotining atigi 1 foizi ishlab chiqariladi, xolos. Bu yerdagi yana bir eng katta muammo – aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash muammosidir.

Bugungi kunda Afrikada qit’a aholisining deyarli 50 foizi qashshoqlikda yashamoqda. Oziq-ovqat ishlab chiqarish aholi o`sishiga nisbatan tobora orqada qolib bormoqda. Ya-na bir jiddiy muammo, etnik qirg`inlar, mojarolar muammosidir. Afrika davlatlari hayo-tida urug`-qabilachilik hayot tarzi kuchliligicha qolmoqda. Bir xalq turli davlatlar hudu-dida yashamoqda. Masalan, 20 mln.dan ortiq fulbe deb ataluvchi xalq boshqa xalqlarga nisbatan ko`pchilikni tashkil etmaydigan qilib turli davlatlarga bo`lib yuborilgan. Etnik nizolar davlatlar yaxlitligini katta xavf ostiga qo`ymoqda.

Yana bir katta muammo – bu, davlatlararo nizolar, harbiy to`qnashuvlar muammosi. Mustamlakachilar davlatlar chegaralarni atayin shunday belgilaganlarki, bu bora-bora davlatlararo nizolar manbayiga aylandi. Hozircha Afrika hamkorligi tashkiloti (AHT) to`qnashuvlar ildizlarini bartaraf etishga muvaffaq bo`la olgani yo`q. Jiddiy muammo-lardan yana biri – tashqi qarz. Chunki tashqi qarz yildan-yilga ortib bormoqda.


Tayanch so`z va iboralar:

imperiya; metropoliya; “Afrika yili”; “dengizorti hududlar”; Millatlar Ittifoqi; BMT; aparteid; AMK; irqiy diskriminatsiya; segregatsiya; sanksiya; Nobel mukofoti; AHT.


Nazorat uchun savollar:

  1. Afrika xalqlarining milliy-ozodlik kurashini yengillashtirgan omillar nimalardan iborat edi?

  2. Afrika xalqlari ozodlik kurashining shakllari haqida nimalarni bilib oldingiz?

  3. Aparteid siyosati nimalardan iborat edi?

  4. Afrika davlatlarining oldida qanday muammolar mavjud?

Mavzu: XX-asr – XXI-asr boshlarida fan

va madaniyat taraqqiyoti.

Reja:

  1. Ilmiy-texnika inqilobi. Fan – ilmiy-texnika inqilobi asosi.

  2. 20–40-yillar adabiyoti. Demokratiya, tinchlik va ozodlik uchun kurash.

  3. XX-asr ikkinchi yarmi adabiyoti.

  4. She’riyat, san’at, kino va musiqa.

  5. Ommaviy madaniyat.

Adabiyotlar:

1. Lafasov M. “Jahon tarixi” (1918–2009-yillar). Toshkent. “Turon-Iqbol”. 1.

331-346 betlar

1-masala:

XX asr ikkinchi yarmida insoniyat ma'naviy hayoti yuqori ko'tarinkilikka erishdi. Ikkinchi jahon urushi fundamental va amaliy fanlarning rivojlanishiga qudratli turtki berdi. Bu bilan yangi tizimli qurolaslaha, qo'shinlarni transportda tashish, elektron aloqa vositalariga ehtiyojni oshirib yubordi.

Fan va texnologiya XX asr ikkinchi yarmida ijtimoiy hayot uzra ustuvorlik qildi. Yadro quroliga ega bo'lgan texnologiya katta davlatlar o'rtasidagi mojaroni xavfli darajaga yetkazdi. Biroq texnologiya ayni paytda mo'1-ko'lchilikni ham yaratadi. Texnologiya tibbiyotda, uchinchi dunyoda bolalar tug'ilishi, "portlashi"ni ta'minladi va umr davomiyligini oshirdi, ko'plab xavfli kasalliklardan qutqardi. Texnologiya "yashil inqilob" ko'rinishida oziq-ovqat mahsulotlari ishkb chiqarishni oshirdi.

Dunyoni hozirgi paytda uchinchi sanoat inqilobi qamrab olganki, u uch jihatdan ulkan global ta'sir ko'rsatmoqda:

fizika fanlari, unda yadro energiyasidan foylanish va kosmosni tadqiq etishda katta yutuqlarga erishildi;

biologiya fanlari, unda genetika va tibbiyot­da yirik kashfiyotlar qilindi;

kommunikatsiya va axborotlar sohasi, unda kompyuter texnologiyalari va telekommunikatsiyalarga beqiyos yo'l ochildi.

Yadro fizikasi yadro texnologiyasini rivojlantirish uchun asos yaratdi. Lazer ta'sirining asosiy tamoyillari A.Eynshteyn tomonidan 1916-yilda bayon etib berilgan edi, biroq birinchi ishlovchi lazer generatori amerikalik muhandis Teodor Mayman tomonidan 1960-yilda yaratildi. Lazer texnikasi fan va texnikaning barcha sohalariga kirib bormoqda.

Kosmosni amaliy tadqiq etish 1957-yilda boshlandi, o'shanda qudratli sovet raketasi kosmik orbitaga yerning birinchi sun'iy yo'ldoshini olib chiqdi. 1961-yilda sovet uchuvchisi Yuriy Gagarin kosmosga birinchi bor parvoz qildi. 1960-yildan Amerika va sovef olimlari o'rtasida kosmosni o'zlashtirishda beqiyos musobaqa boshlandi. 1969-yil 20-iyulda amerikaliklar birinchi bo'lib Oyga qo'ndi. 1970-yilda kosmik orbitaga yuzlab yo'ldoshlar va aloqa stansiyalari, yo'ldosh-josuslar va meteorolgik yo'ldoshlari chiqarildi.

Biologiya fanining genetika sohasida inqilobiy kash­fiyotlar amalga oshirildi. 50-yillar boshlarida olimlar xromosomalar eng avvalo DNK kislotalaridan iboratligini va aynan DNK genetik axborot tashuvchi ekanligini aniqlashdi. 1953-yilda amerikalik olim Jeyms Vatson va ingliz olimi Frensis Krin Kembrij universitetida birga ishlagan chog'ida ilk bor DNK tuzilishi formulasini ma'lum qilishdi.

1962-yilda olimlar bu kashfiyot uchun Nobel mukofoti olishdi. Biroq, bu genetika sohasidagi buyuk kashfiyotlarning faqatgina boshlanishi edi. 60-yillar o'rtalarida genetik kodning ishlashi tizimi ochildi. 90-yillarda esa yangi fan - gen injeneriyasi paydo bo'ldi, u bir organizm hujayralarini boshqasiga o'tkazish va irsiyatiga ta'sir etish, sun'iy urug'lantirishni amalga oshirishga qodir edi. 1998-yilda ilk bor sun'iy yo'l bilan yaratilgan hayvon paydo bo'ldi.

Genetika muvaffaqiyatlari natijasida yuzaga kelgan yangi tibbiy dori-darmonlar qizamiq, chechak, poliomiyelitni tugatishga yordam berdi. 60 va 70-yillarda buyrak ko'chirib o'tqazildi va sun'iy yurak yaratildi.

Fan va texnologiya jahon aloqa va axborot yig'ish vositalarini to'liq o'zgartirib yubordi. XX asr texnologik mo'jizalari ichida kompyuter eng buyugi bo'lsa ajab emas. 30-yillarda oddiy kompyuterlar mustaqil holda Germaniya, Amerika Qo'shma Shtatlari va Buyuk Britaniyada yaratildi. Inglizlar o'z kompyuterlarini Ikkinchi jahon urushi paytida nemis harbiy kodlarini o'qish uchun foydalanishdi. Birinchi haqiqiy kompyuter (elektron) 1946-yilda Pensilvaniya universiteti olimlari J.Moshli va J.Ekkert tomonidan yaratildi. Biroq, u nisbatan kam samarali ulkan mashina edi. Tranzistorlarning kashf etilishi bilan ishlar butunlay o'zgardi, chunki ular kompyuterlami kichik apparatlarga aylantirib qo'ydi. 80-yillar boshlarida kompyuterlar endi hayotning barcha sohalarida foydalaniladigan bo'ldi. Tez orada odam uchun hamma ishlarni qiladigan kompyuter robotlar yaratildi. 80-yillar o'rtalarida 20 ming kompyuter robotlari ishladi. Kompyuterlar shaxmat o'ynash, she'r yozishga o'rgandi. Ular inson aqliy rivojlanishining muhim qismi bo'lib qoldi.

Insoniyat hayotiga telekommunikatsiyalar - radio va televideniye yanada katta ta'sir ko'rsatdi. Birinchi tajriba tarzidagi teleeshittirishlar 20-yillar oxirlarida (birinchilardan biri - Toshkentda) namoyish etildi. 70-yillarga kelib televideniye endi butun dunyoga tarqaldi. Aloqa yo'ldoshlari yangiliklar va boshqa radio va teleeshittirishlarni butun dunyoga sanoqli soniyalarda uzata boshladi. Televideniye odamlar bo'sh vaqtini o'tkazishning hukmron shakliga aylandi. U siyosat va siyosiy targ'ibotga ham ta'sir ko'rsatdi.

Fan va texnikaning rivojlanishi ommaviy ong va madaniyatda haqiqiy inqilob yasadi. Madaniy amaliyot shakllari orasida G'arb mamlakatlarida radio va televi­deniye birinchi o'rinni oldi. Radio va televideniye madaniyat xodimlarining alohida toifasini yaratdi. Maxsus radio va televideniye uchun yozadigan yozuvchilar, prodyuser, aktyor va rassomlar paydo bo'ldi. Ular san'atning maxsus turi - ommaviy iste'molchiga mo'ljallangan telesan'atni yaratishdi.

Radio va televideniye omma­viy madaniyat (yoki "popkultura"ni) yaratdi. Avvalo, Yevropani amerika madaniyati to'ldirib yubordi. G'arb madaniyatini amerikalashtirish qariyb 20 yil: 1945-1965-yilgacha davom etdi. U har narsadan ozod, harakatchan, o'zini erkin tutuvchi, doimo auditoriya bilan aloqada tutuvchi bo'lgani uchun G'arb mamlakatlari aholisi, ayniqsa, yoshlarga katta ta'sir ko'rsatdi. Yevropacha gastrolga kelgan buyuk zamonaviy musiqachilar Dyuk Ellington va Lui Armstrong rahbarligidagi jaz orkestrlari, radio va televideniye orqali butun qit'aga tarqalgan, ularning musiqasi hozirgi zamon ommaviy madaniyatining durdonasiga aylandi. Amerika musiqasi ohangida (40-yillarda - "bugivugi, 50-60-yillarda - rok-n-roll) butun Yevropa, Sharqni ham mustasno etmaganda, raqsga tushdi. Amerika musiqasi Gollivud filmlari bilan to'lib-toshgan edi. Ularning hammasi ham san'at nuqtai nazaridan munosib emas edi, biroq ular kinoteatrlar ekranlarini to'ldirib yubordi, Yevropa madaniyatini amerikalashtirish tomoniga mutlaqo burib yubordi.

Amerikalashtirish va ommaviy madaniyat g'arb mamlakatlarining madaniy rivojlanishiga ulkan zarar yetkazdi. Shu zaminda tijorat madaniyati gullab-yashnadi, uning asosiy mazmun-mohiyati tijorat daromad, foyda bo'ldi. Madaniyat bamisoli ikki darajaga bo'lindi. Hali ham klas-sik (mumtoz) madaniyat - opera, balet, simfonik, klassik musiqa muvaffaqiyat bilan rivojlandi va olqishlarga sazovor bo'ldi. Uning o'choqlari Parijda - "Grand opera", Milanda - "La Skala", Londonda -"Albert-xoll" mayjud. Biroq bu madaniyat badavlat kishilar uchun to'g'ri kelardi.

Ommaviy madaniyat esa keng omma uchun mo'ljallangan edi. Estrada - o'z xonandalari, raqqosalari, ansambllari bilan oddiy va ohangdor qo'shiqlarni kuylab katta-katta auditori yalarni o'ziga jalb etdi.

Ommaviy madaniyat plastinka, kasseta va kompakt-disklarning ommaviy tiraji tufayli juda keng tarqaldi. Ommaviy madaniyat o'z yulduzlarini yaratdi. "ABBA" shved va "Bittlz" ingliz ansambllari shunday yulduzlardan edi. Ommaviy madaniyat tomoshabop tadbirlarning ulkan tijorat majmuini yaratdiki, u amerikacha "shou-biznes" atamasi bilan nomlandi.



2 masala Fan-texnika inqilobi va uning ijtimoiy oqibatlari Yevropa mamlakatlarida tarixiy hayotbaxshlilikni tikladi va jamiyat madaniyatida o'z muhrini qoldirgan bir qator siyosiy aqidalarning paydo bo'lishiga imkon yaratdi. "Farovonlik jamiyati", "texnotron jami­yat", "iste'mol jamiyati" kabi nazariyalar paydo bo'ldiki, ular jamiyatdagi sotsial munosabatlarning haqiqiy manzarasini bezab ko'rsatishga intildi, soxta farovonlik va ijtimoiy mojaro eskirgani haqida uqtirdilar. Ularda gap asosan G'arb mamlakatlari haqida bordi.

Bu adabiyot va san'atda ularning shakl va mazmuni buzilishida aks etdi. Endi g'arbcha jamiyat qadriyatlarini tanqid qilib chiqishga jur'at etmadi - ularni hech kim e'lon ham, reklama ham qilmas edi. To'g'ri, 20- va 30-yillar mumtoz adiblari hali tirik edi (J. Steynbek, M. Remark, E. Xeminguey va boshqalar), biroq ularda ilgarigi keskin tanqidiy kayfiyat jamiyatning axloqiy negizlarini fosh etish to'liq yo'q edi. Buyuk Steynbek esa Vyetnamdagi urushni qo'llab-quvvatladi ham.

30-yillarda G'arbda Ikkinchi jahon urushidan so'ng ustuvor bo'lgan falsafa paydo bo'ldi. Gap ekzistensializm falsafasi haqida borayapti. U ijtimoiy hayotning barcha turlariga kirib bordi va favqulodda mashhur bo'lib ketdiki, bunga asosan fransuz yozuvchisi, faylasufi va publitsisti Jan Pol Sartr (1905-1980) sababchi bo'ldi. G'arbning qariyb butun ommaviy ongi ekzistensializm falsafasiga asoslandi.

Sartr o'zining "Borliq va yo'qlik" (1943) asarida shunday yozadiki, odamlar eng avvalo nima uchun yashayotganining mohiyatini tushunishini xohlashadi, biroq faqat sokin, xudosiz va maqsadsiz dunyoni topishadi, xolos. Shunday qilib, inson mavjudligi "absurd" bo'lib qoladi. Biroq, boshqa tomondan o'z hayotining absurdligini (ma'nosizligini) inson erkinlik bilan to'ldira-di. Hayotda ma'no va mutlaq qoidalar yo'q ekan, odamlarda mohiyat yoki tug'ma xarakteristika yo'q. Ular- "yo'qlik", erkinlikdan foydalangandagina "nimadir"ga aylanishadi. Odamlar bunda qanday xatti-harakat qilishni o'zlari tanlashadi. Shunday qilib, "mavjudlik mohiyatdan oldin yuradi", ya'ni odamlar mohiyatga ega emas ekanlar, ular o'zlarini har kungi mavjudlikda (ekzistense) qaror toptirmoqlari lozim. Sartrning fikricha, to'g'ri odam hayotda faol qatnashuvchi, doimo mashg'ul kishi bo'lishi lozim.

Ekzistensializm bir tomondan, tushkunlikka ega bo'lsada, boshqa jihatdan - odamlarni mas'ul va faol yashashga undaydi. G'arbning ko'pgina yozuvchilari ekzistensializmning katta ta'siri ostida bo'lishdi. Uni ommaboplashtirishda fransuz adibi Albert Kamyn asarlarining ahamiyati katta bo'ldi. U bu oqimning AQSHda keng tarqalishiga imkon yaratdi. Yozuvchining "O'lat" (1947) romanida o'latning shaharga yopirilib kelishining dahshatli manzarasi tasvirlanadi. Hayotning absurdliligi begunoh odamlarning halok bo'layotgani bilan ta'kidlanadi. Biroq, oxir-oqibatda ular yovuzlikka qarshi kurash boshlashadi.

Ekzistensializm g'oyalari kino, teatr va san'atning barcha turlariga kirib bordi. Mashhur italyan rejissyori Federiko Fellini 1960-yilda "Shirin hayot" filmini qo'ydi. Bu filmda oliy jamiyat hayoti - mehr-muhabbati, yaqinlariga mehribonligi yo'q odamlar bir-birlarining yonlarida to'liq yolg'izlikda yashashadi, ayni paytda, boshqalarga mehr-oqibatli va madadkor oddiy kishilar hayoti ham ko'rsatilgan.

Ekzistensializmning asosi bo'lgan absurd hayot zamonaviy amerika yozuvchilarining asarlarida o'z aksini topgan. Kurt Vonnegut va Jozef Xeller kitoblarida urushning absurdligi ko'rsatilganki, ular Vyetnamdagi urush davrida katta muvaffaqiyatga sabab bo'ldi. Bu kitoblar amerika yoshlarining butun avlodini tarbiyalab, ularni urushga qarshi norozilikka chaqirdi, odamlarga hayot yo'lini ko'rsatdi. Urushga qarshi norozilik va amaliy ishlarga chaqiriq g'arbcha fikrlash tarzi demokratizm, liberalizmni rivojlantirish va fundamental inson huquqlarini qaror toptirishga imkon yaratdi.

Falsafiy tafakkurning boshqa muhim yo'nalishi "taraqqiyot doktrinasi" bo'ldi. Unda XX asr varvarlik va g'ayriinsoniylikning beshafqat hodisalarining guvohi bo'lganligi tan olinadi. Shunday bo'lsada, bu ta'limot insoniy baxt-saodat va taraqqiyot amalga oshishiga ishonch bildiradi.

Amerikalik faylasuf Charlz Frenkel "Taraqqiyot dok­trinasi" ning eng yirik mafkurachisi va ifodalovchilaridan biri bo'ldi. Muallif o'zining "Zamonaviy odamning ishi" (1955) va "Demokratik kelajak" (1962) kitoblarida "odamzod taraqqiyoti"ni "modernizatsiya" (yangilanish) inqilobi, ya'ni moddiy va intellektual taraqqiyot hamda axloqiy inqilob natijasi deb hisoblaydi.

Venger psixologi Zigmund Freydning psixoanaliz usuli san'at rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi, inson shaxsi haqidagi tasavvurlarni to'liq o'zgartirib yubordi. Olimning tasdiqlashicha, inson psixikasida ko'plab "yashirin", "noaniq", "notiniq" narsalar borki, ularni oddiy yo'l bilan bilib bo'lmaydi, san'atkorning vazifasi inson qalbidagi bu ichki alg'ov-dalg'ovlikni tasvirlay ola bilishdir.

Nemis fashizmi bilan urush paytida amalga oshinlgan ommaviy yovuzliklardan bu­tun dunyo larzaga keldi. Bunday jinoyatlarni amalga oshirgan kishilar oddiy insoniy qiyofaga ega, o'z bolalarini sevgan, klassik musiqani qadrlagan, vatan va burchga sodiq insonlar bo'lgan. Bu hol san'atkorlarni kishining tashqi ko'rinishi aldamchi ko'rinish va ichki dunyosiga muvofiq kelmasligi haqidagi fikrga olib keldi. Ular real hayotdan qarama-qarshi tomonda bo'lgan ongosti dunyosini izlashga kirishishdi. Realizm g'arb tasviriy san'atida yo'qola bordi, unda "syurrealizm" (realizmning teskari tomonidan) ustunlik qila boshlaydi.

San'atdagi ko'plab oqimlar syurrealizmga tayandi. Abstrakt (mavhum) ekspressionizm katta ta'sirga ega bo'ldiki, uning taniqli namoyandalari Jekson Pollok (1912-1956), V.V.Kandinskiy (1866-1944), Maks Ernest edi. Ular chiziqlar, geometrik figuralar va hajmlardan tartibga solingan konstruksiyalar yaratishdi, shuningdek, rangli dog'lar va hajmlarning tartibsiz, ayqash-uyqash to'pida ijodiy ongsizlik, stixiyalikni ifodalashga intildilar. Syurrealizm asosida kubizm, dadaizm, fovizm, yangi obyektivizm kabi oqimlar rivojlandi.

Kubizmning eng mashhur vakili ispan rassomi Pablo Pikasso (1881-1973) edi. U tabiat va insonni o'z ongida qanday tasavvur etsa shunday, ularning estetik yoki realistik tomonlari haqida qayg'urmasdan tasvirladi. Uning suratlari bitmas-tuganmas mazmunga ega bo'lib, ularning ma'nosi hech qachon topilmaydi.

Syurrealizmning kubistik yo'nalishdagi boshqa taniqli namoyandasi Mark Shagal (1899-1985) edi. U Vitebskda tug'ildi. Sankt-Peterburgda o'qidi, biroq uning butun ongli hayoti Parij va AQSHda kechdi. Uning suratlari chek-chegarasiz tasavvur va yorqin bo'yoqlari bilan ajralib turadi. Bu suratlar realistik san'at ruhida tarbiyalangan kishilar uchun tushunilishi qiyin. Biroq mazmunan ular rus ertaklari va qadimgi yahudiy rivoyatlarini o'zida namoyon etadi.

Syurrealistlar orasida ayniqsa ispan rassomi Salvador Dali (1904-1989) ajralib turadi. Mutaxassislarning fikricha, uning asarlarida gallyutsinatsiyalar (yo'q narsalarning ko'rinishi) va shayton vasvasalari ustivorlik qiladi. Bu mavzular uning san'atida asosiy mazmun bo'ldi va tegishlicha uning tasvirlash shakllari ham reallikdan uzoq edi. Yangi yo'nalishdagi rassomlar ijodida insonparvarlik, ezgulik, demokratiya, ya'ni umuminsoniy qadriyatlar ustun turdi.

3 masala Urush tugagandan so'ng mamlakatda qudratli harbiy kompleks hosil bo'ldiki, u iqtisodiyot va siyosatda o'z hukmronligini nafaqat o'rnatishga intildi, balki madaniy hayotda cheklashlar qilishga ham harakat qildi. Urushdan keyingi dastlabki yillarda davlat xizmatchilari va madaniyat arboblarini "loyallikka tekshirish" faol kompaniyasi boshlandi, zero ularning AQSHdagi ahvolga o'z qarashlari bor edi. Qo'poruvchilik toifasiga kiritilgan yozuvchi yoki madaniyat arboblarining asarlari man etish yoki yo'q qi­lishga duchor etilardi. Bu AQSHning madaniy rivojlanishiga katta zarar yetkazdi.

J.Steynbek romantik samimiyligi bilan ajralib turuvchi yozuvchi bo'lsada, urushdan so'ng o'z iste'dodiga muvofiq keluvchi asarlarni yaratmadi. Biroq, u urushdan keyingi 23 yillik hayoti mobaynida oddiy odamlar dunyosidagi ezgulik va go'zallikka bag'ishlangan 22 kitobni e'lon qildi. Ular orasida eng muhimlari 27 marta nashr qilingan "Bizning xavotirlarimiz qishi" (1961) va 39 marta chop etilgan "Charli bilan sayohatlar" (1962) asarlaridir. Agar "Bizning xavotirlarimiz qishi" murakkab axloqiy va psixologik muammolari bo'lgan istehzoli roman bo'lsa, "Charli bilan sayohatlar"da yozuvchi oddiy amerikaliklar hayotiga yana qaytadi. U mamlakat bo'ylab o'z sayohatida o'rtacha amerikalikning ongini qamrab olgan jangovar militaristik ruhga duch keladi. Kitob do'konlari yengil-yelpi mavzular, ko'ngilni ozdiradigan, badiiylikdan mahrum bo'lgan romanlar bilan to'lib-toshgan. Asar qahramoni bo'lgan eng yomon narsa, mamlakatda o'z ildizlarini saqlab qolgan irqchilik bo'ldi.

1962-yili Steynbek Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi, uni butun dunyo bildi, faqat Amerika bilmadi. Rasmiy Amerika uni "bir shingil qahr-g'azab" uchun kechira olmadi va u to 1954-yilgacha o'z mamlakatida kitob nashr etishga imkon topmadi. Bu vaqtda u atigi bir necha maqola va hikoyalarini turli gazetalarda e'lon qila oldi, xolos.

Amerika klassik adabiyotining boshqa vakillaridan E.Xeminguey "Qo'ng'iroq kimga bong uradi" romani nashr etilgandan so'ng qariyb 10 yil yirik asar yozmadi.

1950-yilda u "Daryo ortidagi daraxtlar soyasida" romanini e'lon qildi, bu asar o'tgan urush haqidagi xotiralar va urushdan keyingi dunyo haqidagi o'ylarga bag'ishlandi. Kitobda aks ettirilgan g'oyalar qo'poruv­chilik toifasiga mansub deb topildi va muallif dissidentlar qatoriga qo'shildi. Shunda u vatanini tark etishga qaror qildi. U Kuba inqilobi arafasida bu orolga ko'chib o'tdi.

1952-yilda E.Xeminguey o'zining so'nggi yirik asari bo'lgan "Choi va dengiz"ni yozdi. Bu asar inson g'ururi haqida: odam hatto qariganda ham yengib bo'lmasdir va u oxirigacha kurashmog'i lozim. 1954-yilda "Chol va dengiz" romani uchun unga Nobel mukofoti berildi. 1961-yil E.Xeminguey Kubada o'z uyida o'z joniga qasd qildi. Hozirga qadar bu fojia sirini hech kim topmay kelayotir.

Makkartizmga qarshi norozilik sifatida AQSHda "bitniklar" adabiy oqimi paydo bo'ldi. Ularning eng ko'zga ko'ringani "Yo'lda" (1957), "Yerosti odamlari" (1958) va "Dharma daydilari" (1959) romanlari muallifi Jek Keruak (1922-1969) edi. Ular Amerikaning butun hukmron sinfini qamrab olgan ikkiyuzlamachi manfaatparastlik axloqiga qarshi isyon ko'tardi. Bu isyon oligarxiya xususiyatiga ega bo'lib, sekin-asta pasayib bordi. Uning o'rniga nigilistik "xippi" oqimi keldi.

Urushdan keyingi Amerika adabiyotida radiopyesalar muhim o'rin tutdi, ular ommaviy televideniye paydo bo'lgungacha ko'plab iste'dodli yozuvchilarni o'ziga jalb etdi. Rey Bredberi - bu yo'nalishdagi eng yaxshi yozuvchilardan biri. U "Farengeyt bo'yicha 451", "Mars xronikalari", "Qoqi o'tlardan musallas" qissalarini e'lon qildi. "Yaylov" radiopyesasi 1947-yilning 2-yanvarida ra­dio orqali eshittirildi va Amerikaning eng yaxshi radiopye­sasi deb e'lon qilindi. Markazi AQSH bo'lgan fan-texnika inqilobi adabiyotga katta ta'sir ko'rsatdi. Bu yerda ajoyib ilmiy-fantastik romanlar nashr etildi, ular o'z davridan o'zib, kashfiyotlarni oldindan bashorat etdi. Bu kashfiyotlar keyinchalik hayotda ro'yobga chiqarildi. Fantast yozuvchilar orasida Ayzek Azimov (1920-yilda tug'ilgan) va Mitchell Uilson "Chaqmoqlar orasida yasha" (1949-yil) eng ommaboplari bo'ldi. O'qigan sohasi bo'yicha biokimyogar olim bo'lgan Ayzek Azimov "Koinot" nomli butun bir kitoblar turkumi yaratdi, unda "yulduzli urushlar va kosmosdagi janglar"ni oldindan bashorat qildi.

AQSHda XX asr so'nggi choragida o'qishli badiiy adabiyot namunalari ko'paydi. Bunga sabab - shu davr Amerika turmush tarzidagi tezkor o'zgarishlarni aks ettiruvchi yozuvchilarning yangi to'lqini adabiyotga kirib keldi. Ular uslubning soddaligi, hayotga yaqinlik, realizmni olib kirdilar va oddiy insoniy munosabatlar iliqligini saqladilar. Ular orasida Kurt Vonnegut, Syui Myuller va Domenik Dann alohida o'rin tutadi.

Angliya yuqori intellektual madamyat, o'chogi sifatida jahon sivilizatsiyasi rivojlanishiga barcha G'arbiy Yevropa mamlakatlari orasida eng katta ulush qo'shdi. XX asrning ikkinchi yarmi Angliya uchun yangi adabiy ko'tarinkilik davri bo'ldi.Angliya uchun imperiya va mustamlakalarni yo'qotish mustamlakachilik va imperiyachilik da'volarini tugatish va uning ma'naviy kuchlarini oshirishga olib keldi. Ingliz adabiyotining farqlanib turuvchi xususiyati insonparvarlik, erkinlik va demokratiyada bo'ldi. XX asr ikkinchi yarmida bularga yana bir sifat- yangi dunyoni falsafiy idrok etishga intilish qo'shildi.

Urushdan keyingi ingliz adabiyotining eng yirik vakili Somerset Moem (1874-1965) edi. Uning ilk romani "Lambetlik Liza" romani Britaniya imperiyasi gullab-yashnagan paytda, eng so'nggisi - "O'tmishga nigoh" romani esa 1962-yilda nashr etildi. U 91 yoshda hayotdan ko'z yumib, butun bir ulkan davrni boshdan kechirdi. Biroq hamma uchun sevimli va doimo o'qiladigan asarlar muallifi bo'lib qoldi. Yozuvchining uslubi har qanday savodli odam uchun oddiy va juda tushunarli. Uning "Yozuvchining yon daftari" (1949), "O'n romanchi va ularning romanlari" (1948), "Nuqtai nazar" (1958), "O'tmishga nigoh" (1962) kitoblari va o'nlab boshqa asarlari nafaqat Angliyada, balki butun dunyoda o'z muxlislariga ega bo'ldi. Tanqidiy realizm tarafdori bo'lgan adib ko'p jihatdan ingliz jamiyati illatlarini chuqur ochib bergan J.Golsuorsiga ko'p jihatdan o'xshash edi. S.Moem ingliz jamiyatining tor manfaat­parastlik va o'zini oliy madaniyatli hisoblovchi xudbinligini o'tkir tanqid ostiga oldi.

Grem Grin (1904-1991) urushdan keyingi ingliz adabiyotida alohida o'rin tutadi. Yozuvchining barcha asarlari dramatik bo'lib, Angliyada ham, dunyoda ham yuz berayotgan siyosiy voqealar bilan yaqindan bog'liq. "Yuvvosh amerikalik" (1955), "Vyetnam, Gavanadagi bizning kishi" (1958) - Kuba voqealariga, "Komediantlar" (1966) - Gaitidagi murakkab siyosiy kurashga bag'ishlangan. G.Grin o'z siyosiy romanlari syujetlarini deyarli detektiv shakliga kiritadiki, bu hoi o'quvchi diqqatini butunlay qamrab oladi.

Angliyada urushdan keyingi davrda Jeyms Oldrij (1918-yilda tug'ilgan) kabi iste'dodli va o'ziga xos yozuvchi adabiy maydonga chiqdi. U urush ishtirokchisi bo'lib, inson hayoti qimmatini fashizmga qarshi janglarda bildi. Adibning qahramonlari frontda mardlarcha kurashadi. Ular butun dunyo kishilari hayoti va g'ururi uchun kurashadi. J.Oldrij o'z ijodida ingliz adabiyotining msonparvarlik an'analarini namoyon etdi. J.Oldrij "Diplomat" (1949), "Ovchi" (1950), "Sahro ufqlan qahramonlari" (1954), "U o'lishini xohlamayman (1957), "So'nggi quvg'inlik" (1961), "Begona zamin farzandi" (1968) kabi romanlar bilan mashhur

Urushdan keyingi adabiyotda tarixiy mavzuda XX asr lkkinchi yarmi ingliz yozuvchilari orasida J.Lindsey eng mashhurlaridan bin bo'ldi. Uning "Ulug' eman 1549-yil haqida hikoya" (1957) kitobida 1549-yilgi dehqonlar qo zg olonimng tarixi aniq va badiiy yorqin manzarasi tasvirlanadi. Adibning "To'lqin ko'tarilmoqda" (1953) ya "Tanlash soati" (1955) romanlari ingliz ishchilarining hayoti va kurashiga bag'ishlangan.

Ingliz adabiyotida detektiv romanlar alohida o'rin tutadi. Bu yo'nalishning eng yorqin namoyandalari 85 roman muallifi Agata Kristi (1891-1976) va Jon Pristli (1894-1984) bo'ldi. Ularning kitoblari o'zining o'tkir syujetlari bilan e'tiborni tortadi, biroq ayni paytda ularda zamonaviy ingliz byurokratiyasi, jamiyatning oliy tabaqalan axloqini namoyish etuvchi ijtimoiy yo'naleanlik yorqin ifodalab berilgan.

Boshqa yozuvchilar orasidan Shon O'Keysi (1884-1964), Dorris Lessing (1919-1981), U.Golding (1911-yilda tug'ilgan) kabilarni alohida ko'rsatish mumkin.



4 masala Ikki qismga bo’lingan va tor-mor etilgan Germaniyada adabiyot turli yp'nalishlarda rivojlandi, biroq ikki muammo, ya'ni fashizmni g'ayriinsoniy mafkura sifatida qoralash va fosh etish hamda harbiy xavf-xatarga qarshi kurash umumiy bo'lib keldi. Urushdan keyingi Germaniyaning eng ko'zga ko'ringan yozuvchisi S.Byoll (1917-yilda tug'ilgan). Uning ijodida urushga qarshi kurash asosiy mavzu bo'lib keldi. G.Byoll "Adam, sen qayerda eding?" (1951) satirik romanida fashistlar jinoyatlari uchun aybni zo'ravonlikka qarshi norozilik bildirmagan nemis xalqiga ham yukladi.

Yozuvchi "Erta yillar noni" (1955) romanida nemis burjuaziyasi xudbinligi va nemis ziyolilarining fashizm bilan sherikchiligini qoralaydi. Biroq yozuvchi individualizmni qoralasa ham qahramonini yolg'iz qochoq qilib tasvirlaydi. G.Byoll 1974-yilgi Nobel mukofoti laureati.

E.Remark urushdan keyingi davrda jahon adabiyotini yangi buyuk asarlar - "G'alaba arki" (1946), "Yashash vaqti va o'lim vaqti" (1954) va "Qarzga olingan hayot" (1956) bilan boyitdi. Bu asarlarning ma'no va mazmuni shaxs va yashashdan maqsaddir. Uning asarlarida qahramonlarning nozik psixologiyasi va ular faoliyatining ijtimoiy mohiyati atroflicha ochib berilgan.

Mamlakatning ikkala qismidagi nemis yozuvchilari va madaniyat arboblari achchiq tajribadan xulosa chiqarib, butun insoniyat taqdrrining bo'lkrmasligi konsepsiyasini shakllantirib, hammadan ajralgan holda, xudbinona yashashning vaqti o'tganligi g'oyasini uqtirdilar.

GFR adabiyoti rivojlanishiga Zigfrid Lens ("Maxfiy iltijo"-1967-yil, "Nemischa dars"-1968-yil), German Kazak ("Daryo ortidagi shahar"-1947-yil) kabi taniqli yozuvchilar hissa qo'shdi. Leongard Frank (1882-1961) asarlari Germaniyada demokratik kuchlar g'alabasiga ishonch ruhi bilan yo'g'rilgan. U o'zining "Isoning o'quvchilari" (1947) romani va "Chapda, yurak tomonda" (1952) aytobiografik kitobida yangi Germaniyada shaxsning tarkib topishi evolyutsiyasini ko'rsatadi. Uning qahramonlari yolg'iz kishilarning estetik isyonidan demokratiya va adolat uchun kurashga birlashish zaruriyatiga bo'lgan yo'lni bosib o'tadi.

Germaniyaning sharqiy qismida yangi nemis adabiyoti shakllandi va ulug' nemis madaniyati an'analarini davom ettirdi, biroq u ayni paytda fashizm va militarizmning mafkuraviy ildizlarini tugatish bilan bog'liq bo'lgan yangi tendensiyalarai rivojlantirdi. GDR ma'naviy hayoti rivojlanishining asosiy yo'nalishini Bertold Brext (1898-1956) va Iogannes Bexer (1891-1958) belgilab berdi. Brext 1947-yilda GDRga nemis teatri va adabiyotini davolash va qayta tiklash vazifasi bilan keldi. U "Berlin ansambli" teatr truppasini tuzdi, unga Ispaniyadagi urush va gitlerchilar konslagerlarini ko'rgan antifashist madaniyat arboblari kirdi. Ular nemis va xorijiy klassika, A.Ostrovskiy, M.Gorkiy, B.Brext, I.Bexer pyesalarini qo'yishdi. Teatrning chet el gastrollaridagi ulkan muvaffaqiyati uni eng yaxshi zamonaviy teatrlar safiga qo'shdi. I.Bexer ijodi 1914-yildayoq boshlanib taniqli shoir, novator ham edi. Fashizm tor-mor etilgandan so'ng I.Bexer GDRda yashadi va o'zini yangi Germaniya tiklanishiga bag'ishladi.

Shoir o'zining "Vatanga qaytish" (1946), "Uzoqdagi baxtlar yaqinda yarqiradi" (1951), "Nemis sonetlari" (1952), "Asr o'rtasidagi qadam" (1958) nomli to'plamlarida o'z ona o'lkasi va xalqiga muhabbat hislarini uyg'otgan yangi xalq san'ati va adabiyotini yoqlab chiqdi, nigihzm va pessimizmni qoraladi.

Yangi Germaniya qurilishi uchun kurashga antifashist yozuvchilar Villi Bredel (1901-1964) va Anna Zegers (1900-1983) muhim hissa qo'shdi. Ular Germaniyada irqchilik, zo'ravonlik, insonga nafrat bilan qarash, milliy xudbinlikdan ozod bo'lgan yangi tafakkurni shakllantirish uchun kurashdilar. 1990-yilda GDR yo'q bo'ldi, GFR bilan bir davlatga birlashdi, biroq GDR madaniyati arboblari ijodi o'z rolini o'ynadi.

Urushdan keyingi fransuz adabiyoti vatanparvarhk to'lqinida voyaga yetdi. Fransuz yozuvchilarining katta qismi Qarshilik Harakatining faol ishtirokchilari bo'ldi. Ular oldida azobli savol turar edi: Fransiya nega urushning birinchi bosqichida mag'lubiyatga uchradi, nima uchun uning yo'lboshchilari 1940-yil iyunda taslim bo'hshga bordi? Bu milliy obro'-e'tibor va milliy tiklanish uchun berilgan savol edi.

Elza Triole (1896-1970) asarlarida bu savolga eng yorqin javoblar jarangladi. 1945-yilda u Qarshilik Harakati haqidagi "Movutni yirtganlik uchun jarima ikki yuz frank" nomli hikoyalar to'plamini e'lon qildi. 1959-1963-yillarda bu mavzu "Neylon asri" ijtimoiy-psixologik romanlar turkumida davom ettirildi.

Yirik fransuz yozuvchisi va shoiri Lui Aragon (1897- 1982) urushdan keyingi milhy adabiyotning yo'Iboshchisi edi. Uning "Ehtirosh hafta" (1958), "Jiddiy halokat" (1965), "Blansh yoki unutihsh" (1967), "Anri Matiss" (1971), "Teatr - roman" (1974) romanlari Fransiyaning oddiy kishilari va ularning yengil bo'lmagan hayotiga bag'ishlandi.

Sartrga qarama-qarshi ravishda L.Aragon ijobiy qahramon, ya'ni yovuzlik, xusumatga faol qarama-qarshi turadigan, tushkunlikni rad etuvchi dunyoni takomillashtirish yo'lida kurashuvchi shaxs timsoUni shakllantirdi. Uning izdoshlari bu g'oyaviy yo'lni davom ettirishdi va Fransiya uchun yangi tipdagi adabiyotni yaratishdi, u fransuz xalqining ko'pchilik qismi uchun ijtimoiy-siyosiy murabbiyga aylandi. Jan Laffit (1910-yilda tug'ilgan) yozuvchining yaqin safdoshi edi. Uning "Tiriklar kurashadi" (1947), "Biz hali binafsha uchun qaytamiz" (1948), "Roz-Frans" (1950), "Komandir Marso" (1953) kitoblari Qarshilik ishtirokchilari haqida mard, axloqiy sof, vatani va ozodlikka cheksiz sodiq kishilar sifatida hikoya qiladi.

L.Aragon va J.Laffit ijodiyoti ruhiga yaqin bo'lgan Andre Stil (1921-yilda tug'ilgan) va Jan-Pyer Shabrol (1925-yilda tug'ilgan) E.Zolyadan so'ng mehnatkash qahramonlar, ularning egihnas irodasi haqida kuyladi.

Ijtimoiy adolat, tinchlik uchun kurash mavzusi zamonaviy fransuz adabiyotida markaziy mavzulardan biriga aylandi. Mazkur mavzuni ishlab chiqqan va rivojlantirgan yirik yozuvchilar orasida R.Vayyan, A.Vyunnser, P.Kurtad, P.Gamarra, K.Remark bor edi.

50-yillar o'rtalarida "yangi roman" deb nomlangan oqim paydo bo'ladi. Rob-Griye, Natali Sarrot va Mishel Byutorlar uning eng ko'zga ko'ringan vakillaridan edi. Ular an'anaviy roman janrini inkor etib, o'z umrini yashab bo'ldi deyishdi. Ularning asosiy tamoyili san'at "degumanizatsiyasi" bo'lib, insonni shaxs sifatida tasvirlashdan voz kechish va adabiyotni buyumlarni tasvirlashga aylantirishni taklif etdi. Shu bois bu oqimni ba'zan "shozizm" (ya'ni "buyumlarni tasvirlash") deb atashadi. Mazkur oqim yozuvchilari ekzistensializmga ham, real-izmga ham birdek qarshi chiqishdi. Ularning asarlari naturalizm bilan farqlanib, ko'pincha turli ma'nosizliklarga olib keldi. Ular uchun o'z olamini yo'qlikdan yaratuvchi yozuvchi fantaziyasi adabiy ijodning asosi edi.

"Yangi roman" 60-yillarda undan ham "yangi roman" bilan almashdi. U realizmdan yanada uzoqlashib ketdi.

Urushdan so'ng fransuzlar she'riyatining ilg'or vakillaridan biri Jak Prever (1900-1977) sanaladi. U lirik shoir va ayni paytda fransuz siyosati hamda davlat arboblarining axloqsizligi va ijtimoiy adolatsizlikka qarshi jasur kurashchi edi. She'rlarida yumor, satira, lirika, ijti­moiy norozilik ohanglari birday kuchli jaranglaydi.

U shuningdek, rejissyor M. Karncning "Maroqli drama", "Tumanli sohil bo'ylari", "Kun boshlanadi", "Oqshomgi mijozlar" kabi filmlariga ssenariylar yozgan. Ushbu filmlar fransuz kinematografiyasining oltin fondidan joy olgan.

Urushdan so'ng Fransiya adabiyotida tarixiy romanlar janri rivojlandi. Bu yo'nalishdagi adiblar ichida Andre Morua (1885-1967) yetakchi o'rinni egallaydi. U "Jahonning qudratli kishilari" (1948), "O'lik jonlar talvasasi" (1950), "Do'zaxdagi uchrashuv" (1951) - ijti­moiy trilogiyasini, shuningdek, "La'natlangan qirollar" (1955-1960) degan umumiy nomdagi tarixiy romanlar seriyasini yozdi. Bu asarlarda fransuz qirollari sirlari, fitna, fisqu fasod, makru hiylalari orqali XVII-XVIII asr Fransiya tarixi ko'rsatib berilgan.

1980-yilda e'lon qilingan "Uch Dyuma" va "Adabiy portretlar" asarlari esa A.Moruaga yanada mashhurlik keltirdi. "Adabiy portretlar"da adib Volterdan tortib Anatol Fransgacha bo'lgan 14 nafar ulug' fransuz yozuvchilarining hayot faoliyatini tasvirlab bergan.



5 masala Partiya organlarining "Zvezda" va "Leningrad" jurnallari to'g'risida"gi 1946-yil 14-avgust hamda "Dramatik janrlar repertuari va uni yaxshilash to'g'risida"gi 1946-yil 26-avgust qarorlari sovet madaniyati rivojining partiyaviy-ma'muriy qonunlarini belgilab berdi. Ularning birinchisida "Zvezda" va "Leningrad" jurnallari "sovet adabiyotiga yot" asarlarni chop etganlikda ayblanadi. M.Zoshenko asarlari "tuturuqsiz va tuhmaf'dan iborat, A.Axmatova she'rlari esa "bema'ni va siyosatga qarshi" deb baholandi.

Har ikki jurnalga "zamonaviy burjua madaniyatiga ta'zim qilish ruhini" targ'ib qiluvchi asarlar chop etmoqda, degan ayb qo'yildi. "Leningrad" jurnali yopildi, "Zvezda" jurnali muharriri ishdan bo'shatildi. Ikkinchi qaror dramatik teatrlarni ayovsiz tanqid qilishga qaratilgan edi. Yozuvchilar uyushmasi, jurnallar tahririyatlari, nashriyotlardagi "tozalashlar" davom etib asarlarini matbuotda chop etish taqiqlangan yozuvchilarning "qora ro'yxati" tuzib chiqildi.

1947-yilda "G'arbga sig'inish" deb ta'riflangan "kosmopolitizm" bilan keng va uzoq davom etgan kurash kompaniyasi boshlandi. G'arb madaniyati qattiq tanqid qilinib sovetlarning fan, texnika va tarixdagi ustunligi qayta-qayta ta'kidlanar edi. Chet mamlakatlar bilan imkon qadar kam aloqa qilishga undardi. G'arb radiostansiyalari ovozi "bo'g'ib" qo'yildi. Bu xuddi 1937-1938-yillardagi kabi yangi "jodugarni ovlash" edi. Yangidan qama-qama, ishdan bo'shatishlar davom etaverdi.

Shunday kampaniya orqali totalitar tuzum Sovet Ittifoqida mustahkam g'oyaviy va siyosiy poydevor qurish, insonlarning barcha turmush sohalari ustidan nazorat o'rnatishga urinar edi.

Shunday bo'lsada, o'ta qattiq partiyaviy nazorat sharoitida ham yuqori saviyadagi asarlar yaratildi. So'z ustalari urush, lirika, vatanparvarlik, tabiat go'zalligi, insonparvarlik kabi mavzu va muammolarga suyangan holda adabiy senzura hamda partiya nazoratini chetlab o'tishga harakat qilar edi. Bu davrda milliy respublikalar yozuvchilari katta rol o'ynadi. Ular "sotsialistik realizm" doktrinasiga milliy mazmun kiritdilar. "Shaklan milliy, mazmunan sotsiahstik" tamoyili shu tariqa qaror topdi. Sovet adiblari totalitar rejimni tanqid qilish uchun hajviy asarlardan foydalanishar edi.

1946-yildan 1953-yilgacha bo'lgan davrda sovet adabiyotida yuksak badiiy asarlar yuzaga keldi. Jumladan, A.Fadeyevning "Yosh gvardiya" (1945), B.PoIevoyning "Chin inson qissasi" (1946), V.Kaverinning "Ikki kapitan" (1944), "Hamrohlar" (1946), V.Ajayevning "Moskvadan olisda" (1946) asarlari o'tkir syujetli psixologik holatlarni, ijtimoiy-axloqiy nizolarni aks ettiradi. To'g'ri, bu asarlarga "partiya rahbarligi", "Stalinga sodiqlik" aks ettirilgan mazmunidagi baholar berilgan edi. Ammo ulardagi asosiy g'oya - chin insonlar hayoti, xarakterini ko'rsatish edi.

Urushdan so'nggi ilk davrlarda tinchlik, muhabbat va insoniylik sovet adabiyotining eng asosiy mavzulari bo'lib qoldi. Em.Kazakevichning (1913-1962) "Oderda bahor", V.Katayevning (1897-1986) "Polk o'g'li", L.Sobolevaning (1898-1971) "Dengiz qalbi", "Yashil nur" kabi asarlari ushbu davr adabiyotining yorqin namunalari bo'lib qoldi.

Sovet adabiyotini g'arb mamlakatlarining modernistik, falsafiy va ijtimoiy ta'limoti chetlab o'tolmadi. "Temir parda" sovet yozuvchilari bilan xorijiy hamkasblari o'rtasidagi aloqani cheklab qo'ydi. Bu holat yozuvchilar uslubida konservatizm va turg'unlikni keltirib chiqardi. Sovet hukumati tomonidan qattiq nazorat ostiga olingan she'riyatga ayniqsa bu katta salbiy ta'sir ko'rsatdi.

Shunday vaziyatda ham sovet poeziyasida yuksak badiiy asarlar paydo bo'ldi (S.Mixalkov, S.Marshak, I.Selvinskiy, A.Tvardovskiy, N.Tixonov, A.Barto, K.Chukovskiy). Sovet adabiyoti ko'pmillatli edi. Milliy adabiyotlarda yozuvchi va shoirlarning yangi avlodi yuzaga keldi. O'zbekistonda Oybek (1904-1968), G'aftir G'ulom (1903-1966), Abdulla Qahhor (1907-1968)lar talanti yorqin namoyon bo'ldi. Tojikistonda Sadriddin Ayniy (1878-1954) ajoyib badiiy asarlar yaratdi.

1956-yilda Sovet Ittifoqining madaniy hayotida tub o'zgarishlar ro'y berdi. Madaniy siyosatning qisman liberallashuvi, "iliqlik davri" nomini oldi.

Poeziya eng ommaviy janrga aylandi. R. Rojdestvenskiy, A.Voznesenskiy, Y.Yevtushenko, B.Okudjava, Y.Smelyakov, B.Slutskiyning she'rlarini deyarli butun mamlakat bilar edi. Ular o'z samimiyligi, Vatan, yer va xalqqa nisbatan yangicha falsafiy qarashlari bilan el nazariga tushdi. B.Axmadullina, Y.Morits, N.Matveyeva kabi shoira ayollar avlodi yuzaga keldi. A.Axmatova va M.Svetayevalar she'rlari yana e'lon qilina boshlandi.

Poeziya milliy respublikalarda ham yuksala bordi. O'zbekistonda milliy g'urur, ona Vatan, ozodlik haqida yangicha asarlar bitgan yosh shoirlar paydo bo'ldi. Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Jamaniyoz Jabborov, E'tibor Oxunova milliy taraqqiyotga yangicha nigoh bilan qarab ijod etdilar. Milliy respublikalar shoirlari o'z vatanlari, tarixi bilan g'ururlanish lozimligini ta'kidlashar edi.

Dissidentlar harakati va adabiyoti jadal rivojlana boshladi. 1958-yilda B.Pasternak (1860-1960) xorijda "Doktor Jivago" romanini e'lon qildi. Unda 1917-yil to'ntarishining salbiy oqibatlari to'la-to'kis ochib berildi. 1959-yilda unga Nobel mukofoti berildi, biroq bu muko-fotdan voz kechdi.

1963-yilda "Noviy mir" jurnalida A.Soljenitsin qalamiga mansub "Ivan Danilovichning bir kuni" nomli hikoyasi e'lon qilindi. Unda surgun qilinganlar lagerlari hayoti bayon qilingan. Sovet xalqlari birinchi bor GULAG haqida bor haqiqatni bilib oldi.

Mamlakatda norasmiy nashriyotlar ("samizdat") paydo bo'lib, ularda taqiqlangan asarlar chop etilar edi. Aynan shu yerda ilk bor V.Visotskiyning sovet kishilarining asl hayoti haqidagi she'rlari bosilib chiqdi. Ular ommaviy nusxada chop etilib qo'lma-qo'l o'qilar edi.

Dissidentlar harakati siyosatni liberallashtirishga erishgan va xalqqa sovet davlatining tarixi haqidagi bor haqiqatni yetkazishga harakat qilgan butun madaniyat arboblarini birlashtirdi.

Bunday harakat yetakchisi A.Soljenitsin edi. Uning "Birinchilar qatorida" (1964), "Saratonga chalingan vujud", "1914-yil, avgust" (1968) nomli kitoblari xorij­da e'lon qilindi. Birinchi ikki roman terror va repressiya tizimini fosh etdi. 1970-yilda A.Soljenitsinga Nobel mukofoti berildi. Bu sovet tashviqotini g'azabga keltirib, uni xoinlikda aybladi. Quvg'inlarga qaramay 1973-yilda Soljenitsin G'arbda "GULAG Arxipelagi" asarini e'lon qildi. Unda sovet lagerlariga surgun qilingan mahbuslarning dahshatli hayoti aks ettirildi. Soljenitsinning obro'si jahon miqyosida juda yuqoriligi bois hukumat uni yana qayta lagerga jo'natishga jur'at eta olmadi va 1974-yilda u SSSRdan chiqarib yuborildi. 1975-yilda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo'yicha hujjatning imzolanishi G'arb va SSSR o'rtasida madaniy aloqalarning rivojlanishi uchun keng yo'l ochib berdi. Bu rasmiy sovet targ'ibotiga ishonchsizlikni yanada kuchaytirdi. Mamlakatda M.Gorbachev tomonidan boshlab berilgan qayta qurish partiya targ'ibot mashinasining so'nggi vazifasini tugatdi. Sovet Ittifoqining qulashi kommunistik ideologiyadan butunlay voz kechishga olib keldi.

Urushdan keyin milliy-ozodlik harakatining kuchayishi va mustamlakachilik tizimining yo'q bo'lishi Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida madaniy jarayonlarning jadal rivojlanishiga sabab bo'ldi.

Ayniqsa, Lotin Amerikasida ko'pgina badiiy asarlar yaratildi. Avvaliga ispan va portugal mustamlakachilariga, so'ngra amerika monopoliyasi hukmronligiga qarshi kurashdan ruhlangan holda ushbu qit'aning madaniyat arboblari o'z milliy madaniyatlari rivojlanishiga katta hissa qo'shdilar.

Lotin Amerikasi adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri kubalik shoir Nikolas Gilen (1902-1989) o'z xalqining qahramonlik qirralarini she'rlari orqali ochib berdi. Uning uslubi xalq folkloriga yaqin bo'lib antifashist va antimilitar mazmunga ega.

Chililik shoir Pablo Neruda (1904-1973) o'z asarlarida xalq og'zaki ijodi - afsona va rivoyatlardan keng foydalanib Amerika tabiatining go'zalligini tarannum etdi. P.Nerudani jahonga tanitgan "Umumxalq qo'shiq" nomli poemaepopeyasi hayot va kurash haqida teran falsatiy fikrlarni bayon etadi.

Lotin Amerikasi madaniyati va san'atiga katta ta'sir ko'rsatgan adiblardan biri braziliyalik yozuvchi Jorji Amadu (1912-yilda tug'ilgan) sanaladi. U Lotin Amerikasi xalqlarining og'ir hayoti aks etgan ko'plab roman, hikoya, qissalar yozgan. "Yashirin ozodlik" (1954) romani yozuvchi ijodidagi tub burilish bo'ldi. Asarning asosiy g'oyasi - fashizmga qarshi kurash. "Gabriel" romanida (1958) J.Amadu burjua axloqiga qarshi chiqadi. Bunda Braziliya xarobalarida yashovchi oddiy odamlar - hunarmandlar, baliqchilar, daydilar hayotini ochib bergan.

Osiyoning yangi adabiyotida g'arb adabiyotining zamonaviy oqimidan farqli ravishda tanqidiy realizm kuchaydi. Osiyo yozuvchilari o'z mamlakatlaridagi kundalik hayot haqidagi chin haqiqatni hikoya qilishga urindilar.

Xitoyda g'alaba qozongan inqilob mamlakat madaniyatining keskin rivojlanishiga sabab bo'ldi. Konfutsiy an'analari va yangi realistik yo'nalish uyg'unlashgan xitoylar madaniyatining asoschisi buyuk Lu Sin (1881-1936) edi.

Xitoylik yozuvchilardan Mao Dun (1896-1981), Ba Szin ("So'nggi quyosh", "O'ychanlik"), dramaturglardan Lao She, Sao Yuya, Sa Yanlar ko'plab asarlari orqali tanildi. "Madaniy inqilob" Xitoyda mamlakat madaniyatiga ulkan bo'hron olib keldi. Biroq 80-yillarda xitoylik yozuvchilarning faolligi kuchaydi. Keyingi yillarda qahramonlarning boy ruhiy holatlari aks etgan ko'plab asarlar yaratildi. Ular qatorida Chjan Szening "Og'ir qanotlar", Ke Yunluning "Tun va kun", Li Sun Baoning "Tog'lar orasidagi o'n to'qqiz mozor" kabi asarlarini sanab o'tish joiz. Ushbu asarlar ko'plab xorijiy tillarga tarjima qilingan bo'lib keng jahon jamoatchiligiga zamonaviy Xitoy madaniyatini targ'ib qilishga yordam berdi.

Mamlakatdagi taniqli shoirlar qatorida avvalo Ay Sin, Ven Sze, Go Syaoguan, Xe Szinjilar nomini qayd etib o'tish lozim. XXRda hozirda yiliga 560 dan ortiq nomdagi badiiy-adabiy jurnallar, 100 ga yaqin roman, o'n minglab hikoya va qissalar chop etiladi. Davriy adabiyotlar soni 250 milliondan ortiq. Adabiyot Xitoyda ommaviylashib juda ulkan o'quvchilar auditoriyasini qamrab olgan.

Hindiston mustaqillikka erishgach, mamlakat yozuv­chilari yangi muammolarni tadqiq etishni boshladi. Mamlakat ikki ming yillik traditsiyalarga ega ikki mingga yaqin til, ko'plab din va ko'p ukladli iqtisodga ega.

Yozuvchilar asosan o'z asarlarini ikkita muammoga qaratgan: o'ta kambag'allik va inson shaxsini xo'rlovchi tabaqalanish tizimi. Hindistonning ilg'or yozuvchilari o'z asarlarida diniy, tabaqalanish ijtimoiy nizolarni bartaraf etishga chaqiradi.

Hind tilida ijod qilgan Yashpal (1903-1976) o'zining eng yaxshi asarlarini milliy-ozodlik harakati va ijtimoiy adolat uchun kurashga bag'ishladi. "Divya" (1945) va "Yolg'on haqiqat" (1960) asarlari unga katta shuhrat keltirdi. Hind va ingliz tillarida ijod qiluvchi Xo'ja Ahmad

Abbos (1914 yilda tug'ilgan) kino ssenariy muallifi va kinorejissyor sifatida ham mashhur. Uning "Daydi" (1951), "Janob 420" (1955) va "Ganga" (1953) filmlarini butun dunyo biladi. Ingliz tilida ijod qilgan Mulk Raj Anand (1905-1997) ruhiy kechinmalarga boy asarlarini o'tmish sarqitlariga qarshi kurashga bag'ishladi.

Turk yozuvchilari - Nozim Hikmat va Aziz Nesin, arab adiblari - Yusef es-Sibai, Abdurahim al-Xamisi Najib Moxruz, Taxa Huseyn, eronlik Xusrav Shaxani, Feridun Tankaboniylar chuqur milliy ruhiyatga boy asarlar yaratdilarki, ularda o'tkir ijtimoiy muammolar ko'tarildi. Ularning barchasi jamoat va davlat arboblari bo'lib ayni paytda adabiy ijod orqali milliy mustaqillik hamda taraqqiyot uchun kurashganlar.

Afrika ozodlikka erishgach, yozuvchilari va madaniyat arboblarining bosh vazifasi "ruhiy mustamlakadan ozod bo'lish"ga qaratildi. Bu Afrika xalqlarining butunlay savodsizligi, mahalliy tillarning rivojlanmaganligi tufayli murakkab jarayonga aylandi. Bundan tashqari, o'qimishli afrikaliklarning aksariyati Yevropa mamlakatlarida ta'lim olishgan edi. Shu tufayli ko'pgina afrikalik yozuvchilar ingliz va fransuz tillarida ijod qilishgan (L.Sengor, A. Kanime) va ularning asarlarini keng xalq ommasi o'qiy olmas edi. Inqilobiy ruhda ijod qilgan adiblar (Agostinyu Neto - Angola, Amilkar Kobrol - Gvineya-Bissau) afrika xalqlarining ma'naviy merosini rivojlantirish yo'lida ma'rifiy konsepsiyani ilgari surdi. Biroq bosma adabiyot ommaviy o'quvchilarga ega bo'lolmadi, badiiy asarlarni targ'ib etuvchi eng qulay vosita radio bo'lib qoldi.

Afrika yozuvchilari ichida ingliz tilida ijod qiluvchi JARlik Piter Abraxams (1919-yilda tug'ilgan) dunyoga tanildi. "Momoqaldiroq so'qmog'i bo'ylab" (1948), "Maykl Udamoga supurgi" (1956) va "Tun hukmronligida" (1965) romanlarida u irqchilikni qoralab chiqdi.

1958-yil oktabrda Toshkentda Osiyo va Afrika yozuvchilarining konferensiyasi bo'lib o'tdi. Bu voqea jahon miqyosida san'at, adabiyot va madaniyat sohasidagi jarayonlar integrallashuvini boshlab berdi. Konferensiyada g'arb adabiyotining taniqli vakillari ishtirok etib, konferensiyaning asosiy g'oyasini qo'llab-quvvatladilar hamda turli qit'a madaniyat arboblarining tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun kurashda birlashish muammolari bo'yicha bahslarda faol ishtirok etdilar.



Tayanch konspekt
30-yillarda xalqaro munosabatlarga xos yana bir xususiyat shu ediki, jahon jamoatchiligining katta qismi urushni xohlamas, urushga faqat ba’zi davlatlargina intilmoqda edi.

Birinchidan, G’arb davlatlari jahon iqtisodiy inqirozining oqibatlarini bartaraf yetish bilan band bo’lib qoldilar. Natijada, bu omil G’arbning urush xavfiga jamoa bo’lib kurashish qobiliyatini pasaytirib yubordi.

Ikkinchidan, jamoaviy xavfsizlik tizimi kuch ishlatishni inkor yetmas edi. Binobarin, tinchlikni saqlab qolish jasoratni, har qanday qurbonlarga tayyor turishni, irodani talab yetardi. Biroq yaqindagina tugagan birinchi jahon uru­shining qonli oqibatlari kishilarni dahshatga solib qo’ygan edi. Shuning uchun ham jamoatchilik fikri bunday yangi qurbonlar berishga tayyor emas edi.

Bu holat, o’z navbatida, yangi urushning oldini olishga qodir davlatlar (Buyuk Britaniya, Fransiya) siyosatida passivlik, yehtiyotkorlik va noizchillikni yuzaga keltirdi. AQShda esa aralashmaslik kayfiyati kuchli edi. Shuning uchun ham urush xavfi kundan-kunga kuchayib borayotgan bir sharoitda AQSh hukmron doiralari o’z qobiqlariga o’ralib olishni lozim topdilar. Bu esa yangi urush olovini yoqishga intilayotganlarga juda qo’l keldi.



Uchinchidan, G’arb Gitlerning hokimiyat tepasiga kelganligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligiga o’z vaqtida to’g’ri baho bera olmadi. Buyuk Britaniya va Fransiya «tinchlantirish» siyosatini yuritdi.

To’rtinchidan, bir tomondan, Buyuk Britaniya va Fransiya o’z xavfsiz-liklarini Germaniya agressiyasini Sharqqa, Moskvaga qarshi burib yuborish yo’li bilan saqlab qolishga intilgan bo’lsalar, Sovet davlati, o’z navbatida, xavfsizligini har qanday vositalar bilan bo’lsa-da, saqlab qolishga intildi. Binobarin, yangi jahon urushining oldi olinmay qolishida ularning mas’uliyati bab-baravar edi.1934-yilda Fransiya va Sovet davlati jamoaviy xavfsizlik to’g’risidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqqanlarida Buyuk Britaniya uni qabul qilmaganligiga ajablanmasa ham bo’ladi. Ikki tomonlama yoki uch tomonlama shartnomalar imzolash yo’li bilan ham jamoaviy xavfsizlik tizimini vujudga keltirish mumkin edi,Shu maqsadda Fransiya va Sovet davlati 1935-yilda o’zaro yordam to’g’risida shartnoma imzoladilar. Bunday shartnoma ikkala davlat tomonidan Chexoslovakiya bilan ham imzolandi.

Bu orada Gitlerning ishtahasi kun sayin o’sib bordi. 1938-yilda u Chexoslovakiyaning Sudet viloyatini talab qildi. Bu masala 1938-yilning 29-sentabrida Myunxenda Yevropa buyuk davlatlari rahbarlari o’rtasida muhokama yetilib, Sudetni Germaniyaga berishga qaror qilindi.

Gitler 1939-yilning 15-martida Chexoslovakiyani to’la bosib oldi. 1939-yilning 21-martida Polshadan Gdansk shahrini talab qildi. 22-martda Litvaga qarashli Klaypedani yegalladi.

Aprel oyida Italiya armiyasi Albaniyaga bostirib kirdi. Shu tariqa, tinchlantirish siyosati butunlay halokatga uchradi. Fashist davlatlarining bejazo g’olibona harakatlari jamoatchilikda bundan buyon agressiyaga yon bosish mumkin emasligi fikrini keltirib chiqardi. Sovet rahbariyati Germa-niya va Yaponiya solayotgan xavfdan cho’chiy boshladi 1939-yilning mart oyida Buyuk Britaniya Sovet davlatiga Fransiya va Polsha bilan o’zaro hamkorlik haqida deklarasiya imzolashni taklif etdi. I. Stalin esa o’zaro aniq majburiyatlar qayd yetilgan uch tomonlama shartnoma imzolashni va Germaniyaning bo’lajak agressiyasini qaytarish uchun Polsha va Ruminiya hududiga Sovet armiyasini kiritish huquqi berilishi shartini qo’ydi.

Shunday qilib, uch buyuk davlat -Sovet davlati, Buyuk Britaniya va Fransiya -bir-biriga ishonmas edi. Shuning uchun ham 1939-yilning 12-avgustida Moskvada boshlangan ingliz-sovet-fransuz muzokaralari natijasiz tugadi.

Gitlerning asosiy maqsadi Sovet davlati, Buyuk Britaniya va Fransiya o’rtasida shartnoma tuzilishini barbod yetish, Polshaga hujum qilish oldidan sovetlarning betaraf qolishiga yerishish edi. Natijada 1939-yil 23-avgustda Sovet davlati bilan Germaniya o’rtasida o’zaro hujum qilmaslik to’g’risida shartnoma imzolandi. Shartnoma 10 yil muddatga tuzildi. Unda tomonlarning biri boshqa davlat bilan urushga tortilganda, ikkinchi tomon betaraf qolishi yozib qo’yilgan va, ayni paytda, shartnomaga yashirin ahdnomalar ham ilova qilingan edi. Bu yashirin ahdnomalarda Sharqiy Yevropani Sovet davlati va Germaniyaning ta’sir doiralariga bo’lib olish nazarda tutilgan edi.

Gitler Finlyandiya, Latviya, Yestoniya va Bessarabiyani Moskvaning ta’sir doirasida deb, o’z navbatida, I. Stalin Litvani Germaniya ta’sir doirasida deb tan oldilar.

Shuningdek, yashirin ahdnomada kelgusida Polshani ham bo’lib olish ko’zda tutilgan edi. Polshaga hujum qilish haqida uzil-kesil bir qarorga kelgan Germaniya esa 1939-yil 1-sentabr tongida polyak yerlariga bostirib keldi. 3-sentabr kuni Buyuk Britaniya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush e’lon qildilar. Shu tariqa Ikkinchi jahon urushi boshlanib ketdi.




O’qituvchi F. Mirzayeva.


Tayanch konspekt
Tinchlik konferensiyasida 27 davlat vakillari qatnashgan bo’lsa-da, amalda barcha asosiy masalalar «katta uchlik» deb atalgan (AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya) davlat rahbarlari tomonidan hal etildi. Ularning ichida Fransiya Bosh vaziri Jorj Klemanso o’zining jo’shqin nutqlari bilan ajralib turar va o’ta qiziqqonligi tufayli «yo’lbars» degan laqab olgan edi.Konferensiyaga to’rtlar ittifoqi davlatlari hamda Sovet Rossiyasi taklif yetilmadi.Katta uchlik davlatlari garchand To’rtlar ittifoqiga qarshi urushda ittifoqchi bo’lgan bo’lsalar-da, ularning har biri Parij konferensiyasi qarorlari aynan o’zlarining maqsadlariga mos kelishini istar edilar.Xususan, AQSh o’zini dunyoning yetakchi davlati, Yevropa davlatlariga bergan qarzi hamda Birinchi jahon urushining Antanta foydasiga hal bo’lishiga qo’shgan hissasi, shuningdek, Vilson ilgari surgan tinchlik dasturi AQShga jahonni ma’naviy idora qilish huquqini beradi, deb hisoblar edi.

AQSh Buyuk Britaniya va Fransiya Yevropa siyosatini belgilovchi davlatlar bo’lib qolishini istamas, shuning uchun Germaniya butunlay kuchsizlan-tirilgan holatga tushirib qo’yilishiga qarshi edi.Buyuk Britaniya Germaniyaning dengiz va iqtisodiy qudratini sindirgan-ligini o’zining katta yutug’i deb hisoblardi. Germaniyaning sobiq mustamlakalarini o’z imperiyasi tarkibiga qo’shib olishga intilardi. Ayni paytda Fransiyaning Germaniya hisobiga kuchayishini ham istamas edi. Shuning uchun Fransiya Bosh vaziri J. Klemansoning Buyuk Britaniya Bosh vaziri D. Lloyd-Jorjga: «G’alabadan keyin darhol Britaniya bizning dushmanimiz bo’lib qoldi»,-deb ta’na qilganligi bejiz emas. Bunga javo-ban Lloyd-Jorj Klemansoga qarab kulib turib: «Britaniyaning siyosati shunday emasmi?» -deb javob qaytarganligini tarix unutgan emas. Lloyd-Jorj Fransiya kuchayib ketishining hamda bolsheviklar solishi mumkin bo’lgan xavfning oldini olish maqsadida kuchli Germaniyaning saqlanib qolishidan manfaatdor edi.Bundan tashqari, Buyuk Britaniya AQShning jahon siyosatida tutgan o’rni, shuningdek, harbiy-dengiz qudrati tobora oshib borayotganligidan tashvishda edi. Biroq bu jarayonning oldini olishga qodir emas edi. Chunki AQSh Buyuk Britaniyani qarz beruvchi davlatdan qarzdor davlatga aylantirib qo’ygan edi. Buning ustiga iqtisodi tobora kuchsizlanib, moliyasi va savdosi izdan chiqib bormoqda edi.

Fransiya katta uchlik ichida yeng ko’p zarar ko’rgan davlat edi. Chunki urush harakatlari uning hududlarida olib borilgan edi. Ayni paytda u ham qarz beruvchi davlatdan qarzdor davlatga aylanib qoldi. Bu ham yetma-ganidek, Sovet hukumati podsho Rossiyasining chet davlatlardan olgan qarzini to’lashdan bosh tortganligi Fransiya uchun qattiq zarba bo’ldi. Chunki chor Rossiyasi yeng ko’p qarzni Fransiyadan olgan edi.

Shartnomaga ko’ra, Fransiya Yelzas va Lotaringiyani o’ziga qaytarib oldiGermaniyaning Saar viloyati 15 yil muddatga Millatlar Ittifoqi boshqaruviga berildi. 15 yildan so’ng bu viloyat taqdiri plebisey yordamida hal yetiladigan bo’ldi. Uning ko’mir havzasi shaxtalari Fransiyaning mulki bo’lib qoldi. Reyn daryosining chap sohilini 15 yil muddatga Antanta okkupasiya qildi. Reyndan sharqqa qarab 50 km hudud to’la demilitarizasiyalashtirildi. Germaniya Polsha va Chexoslovakiyaning mustaqilligini tan oldi.



Bir paytlar Prussiya bosib olgan hududlar, Sharqiy Pomore Polshaga berildi. Buning natijasida Polsha Boltiq dengiziga chiqish imkoniga yega bo’ldi. Yeypen, Malmediva Morelle okruglarida plebisey o’tkazildi, natijada bu okruglar Belgiyaga o’tdi. Klaypeda esa Litvaga o’tkazildi. Shlezvigning shimoliy qismi Daniyaga, Sileziyaning bir qismi Chexoslovakiyaga berildi.

Gdansk shahri esa Millatlar Ittifoqi boshqaruvidagi «yerkin shahar» deb tan olindi. Shu tariqa Germaniya 1914-yilning 1-avgustiga qadar bo’lgan o’z hududining 1/8 qismini yo’qotdi. Germaniya Avstriyaga bo’lgan da’volaridan voz kechishga majbur etildi.Avstriyaning mustaqilligi Antanta davlatlari tomonidan kafolatlanadigan bo’ldi. Bundan tashqari, Germaniya dunyodagi barcha mustamlakalaridan mahrum etildi va ular g’oliblar o’rtasida taqsimlandi. Chunonchi, Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari Togo va Kamerun Buyuk Britaniya va Fransiyaga o’tdi. Shuningdek, Buyuk Britaniyaga Tanganika (Germaniya Sharqiy Afrikasi); Belgiyaga Ruanda va Urundi; Janubiy Afrika Ittifoqiga -Janubi-g’arbiy Afrika (Namibiya); Yaponiyaga Tinch okeanidagi Marshall, Marian va Karolina orollari, Xitoyning Szyaochjou viloyati, Shandun yarim oroli berildi. Germaniyaga Antanta davlatlari foydasiga katta miqdorda repa-rasiya to’lovi majburiyati yuklandi.Komissiya reparasiya miqdorini 1921-yilning 1-mayigacha belgilaydi-gan, Germaniya esa ungacha Antantaga 20 mlrd markani oltin, mahsulotlar, kemalar va qimmatbaho qog’ozlar bilan to’lashi zarur edi. Reparasiya muammosi 1921-yilning aprel -may oylarida London konferensiyasida hal etildi. Unga ko’ra, reparasiya 132 mlrd oltin marka miqdorida belgilanadi. Uning 52 foizi Fransiyaga; 22 foizi Buyuk Britaniyaga; 10 foizi Italiyaga; 8 foizi Belgiyaga; Gresiya, Ruminiya va Yugoslaviyaga birgalikda 6,5 foizi; 0,75 foizi Yaponiyaga to’lanishi kerak edi. Shunday bo’lsa-da, Germaniyaga 100 ming kishilik qo’shinga yega bo’lish (bu qo’shin faqat ko’ngillilar asosidagina tashkil yetilishi mumkin edi) huquqi berildi. Vudro Vilsonning fikricha, bu qo’shin Germaniyaga ichki tartibni saqlash va bolshevizm xavfiga qarshi turish uchun zarur edi.Millatlar Ittifoqi (Millatlar Ligasi ham deyisha-di) -bu, dunyo davlatlarining xalqaro tashkiloti edi. Tashkilotning asosiy vazifasi -tinchlikni vaxalqaro xavfsizlikni ta’minlashdan iborat bo’lishi kerak edi. Bunday tashkilotni tuzish tashabbusi bilan AQSh Prezidenti V. Vilson chiqdi va bu uning 14 moddali tinchlik dasturida o’z ifodasini topgan edi. Antantaning yetakchi davlatlari (Buyuk Britaniya va Fransiya) bu tashabbusni qo’llab-quvvatladi. 1919-yilning 14-fevral kuni dunyoning 44 davlati tashkilotning Nizomi (4 ustavi)ni tasdiqladilar.



Oqituvchi F. Mirzayeva.
Tayanch konspekt
Kommunizm» so’zi esa 1919-1921-yillarda Sovet Rossiyasida mark-sizm-leninizm ta’limoti tasavvuridagi kommunizmga xos quyidagixususiyatlar amal qilganligini anglatadi: savdoning tugatilganligi; pulning bekor qilinganligi, binobarin, mehnat uchun pul to’lanmasligi; aholiga iste’mol mollarini taqsimlab berishning amal qilishi; barcha xizmat turlarining tekinligi.

To’rtlar ittifoqining yengilishi Antantaga Sovet Rossiyasi hududiga kiritilgan qo’shinlarining sonini ko’paytirishga imkon berdi. Chunonchi,1919-yilning fevral oyida Antantaning Rossiya janubiy hududiga tashlan-gan qo’shinining soni 130 ming, Uzoq Sharq va Sibirdagi qo’shini esa 20 ming kishiga yetkazildi. Ayni paytda, Antanta oq gvardiyachilarni qo’llab-quvvatlay boshladi.1918-yilning 18-noyabrida Sibirda hokimiyat oq gvardiyachi admiral A. V. Kolchak qo’liga o’tdi. U o’zini Rossiyaning Oliy hukmdori deb e’lon qildi. 1919-yilning yanvarida Shimolda general Ye. K. Miller, shimoli-g’arbda general N. N. Yudenich, janubida A. I. Denikin diktaturasi o’rnatildi.

Biroq Antanta o’z niyatiga yerisha olmadi. Uning qo’shinlari mahalliy aholi, qizil armiya qismlarining qattiq qarshiligiga duch keldi. Bundan tashqari, ularga bolsheviklarning tinimsiz tashviqotlari ham qattiq ta’sir ko’rsatdi. Natijada ular Sovet hokimiyatiga qarshi kurashdan bosh torta boshladilar. Ish hatto ularning o’z hukumatlari intervensiya siyosatiga qarshi isyon ko’tarishlarigacha borib etdi. Isyonning yeng yirigi Odessa va Sevas­topol shaharlari portlarida turgan fransuz harbiy kemalarida yuz berdi. Jang-chilarning to’la bolsheviklashuvidan xavfsirab qolgan Antanta Oliy kengashi 1919-yilning aprelidan boshlab o’z qo’shinlarini Sovet Rossiyasi hududidan olib chiqib ketdi.1919-yilning yozida Janubiy frontda hal qiluvchi janglar boshlandi. 3-iyul kuni general A. I. Denikin armiyasi hujum boshladi. Biroq u ham maqsadiga yerisha olmadi. A. I. Yegorov qo’mondonligidagi Janubiy front qo’shinlari oktabr oyida A. I. Denikin armiyasining asosiy qismini tor-mor etdi. Uning qolgan qismiga qo’mondonlik qilish 1920-yilning aprel oyida general P. N. Vrangel qo’liga o’tdi va ular Qrimda mustahkamlanib oldilar. 1920-yilning iyun oyida P.N. Vrangel armiyasi hujumga o’tdi. Biroq M. V. Frunze qo’mondonligidagi Janubiy front qo’shinlari uning hujumini to’xtatdi. 28-oktabrda esa qarshi hujumga o’tib, Qrimni to’la yegalladi. Oq gvardiyachilarning qolgan-qutganlari va ularga tarafdor fuqaro qochoqlar kemalarda chet yellarga jo’nab ketdilar.

Fransiyaning mablag’iga qurollantirilgan Polsha armiyasi 1920-yilning 25-aprelida Sovet Ukrai-nasiga hujum qildi va 6-mayda Kiyev shahrini bosib oldi. Polsha hukmron doiralarining maq-sadi Boltiq dengizidan Qora dengizgacha cho’zi-ladigan Buyuk Polsha davlatini vujudga keltirish edi. Biroq bu maqsad amalga oshgani yo’q.



1920-yil 14-may kuni M. N. Tuxachevskiy qo’mon-donligidagi G’arbiy front va A. I. Yegorov qo’mondonligidagi Janubi-G’arbiy front qo’shinlari qarshi hujumga o’tdilar. Iyul oyida Polsha armiyasi mamlakat hududidan surib chiqarildi. Shunday bo’lsa-da, Sovet davlati rahbariyati urush harakatlarini to’xtatmadi.

Hukumat Qizil Armiya oldiga hujumni davom yettirish, Polsha poytaxtini yegallash va Polshada sovet hokimiyatini e’lon qilish uchun barcha zarur harbiy-siyosiy sharoit yaratish vazifasini qo’ydi. Hujum davom yetayotgan bir sharoitda hatto F. Ye. Dzerjinskiy (Butunrossiya favqulodda komissiyasi raisi) boshchiligida bo’lajak Sovet Polshasi hukumati tuzildi. Biroq barcha zarur ta’minotdan ajralib qolgan sovet davlatining G’arbiy front qo’shinlari Varshava shahri ostonalarida mag’lubiyatga uchradi va, shu tariqa, Polsha-ni sovetlashtirish siyosati barbod bo’ldi. 1920-yilning oktabr oyida Polsha-Rossiya yarash bitimi, 1921-yilning mart oyida esa tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga ko’ra, Ukraina va Belorussiyaning g’arbiy qismlari Polshaga o’tdi.

Polshani «sovetlashtirish» siyosati barbod bo’lgan bo’lsa-da, Sovet hukumati bu siyosatni boshqa chekka o’lkalardagi xalqlarning milliy-ozodlik harakatini qonga botirish orqali amalga oshirdi. Chunonchi, 1920-yilning aprel oyida Ozarbayjonda, noyabr oyida esa Armanistonda, 1920-yilning fevral-mart oylarida Gruziyada shunday qilindi,1919-yildan Sovet hokimiyati o’rtahol dehqonlarga nisbatan siyosatni o’zgartirdi. Agar avvalgi yillarda u o’rtahol dehqonlarni betaraf qoldirish siyosatini yuritgan bo’lsa, endi uni o’z tomoniga og’dirish siyosatini yurita boshladi. Ayni paytda Sovet davlati Antanta davlatlari o’rtasidagi ziddiyat-lardan ustalik bilan foydalana oldi. Chunonchi, o’ziga qo’shni davlatlar -Finlandiya, Yestoniya, Latviya va Litva bilan tinchlik shartnomalari, Shvesiya va Daniya bilan o’zaro manfaatli savdo shartnomalari imzolay oldi.Bolsheviklar ilgari surgan kommunistik mafkura Turkiston xalqlari uchun mutlaq yot tushuncha edi. Shuning uchun ham mahalliy aholi bu mafkurani avval boshdanoq o’ziga singdira olmadi. Ikkinchidan, Sovet hukumati o’rnatilgan dastlabki kundanoq unga mahalliy aholi vakillari jalb yetilmadi. Bu bilan bobolarimiz milliy g’ururi va haq-huquqi inkor qilindi. Shu tariqa, Turkis-tonda o’rnatilgan sovet tuzumi podsho Rossiyasi mustamlakachiligining yangi shakli yekanligi dastlabki kunlardanoq oshkor bo’lib qolgan edi. Uchinchidan, Sovet hokimiyati mahalliy xalqning asrlar davomida shakllangan urf-odatlari, milliy qadriyatlarini toptagan, oyoqosti qilgan edi. Shuning uchun ham millatparvar, yerksevar kuchlar 1917-yilda Turkiston Muxtoriyatini tuzdi. Biroq u Sovet hokimiyati tomonidan qonga botiril-ganligi sizga avvalgi darslardan ma’lum.Sanoat ishlab chiqarishi 1920-yilda 1913-yetkazilgan zarar yilga nisbatan 7 baravar, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish esa 3 foizga kamaydi. Urush maydonlarida, shuningdek, ochlik va kasallik, oq va qizil terror natijasida 8 mln kishi halok bo’ldi. 2 mln kishi siyosiy boshpana izlab mamlakatdan chiqib ketdi. Ularning 75 mingdan ortig’i ilg’or va talantli ziyolilar edi.


Oqituvchi F. Mirzayeva.


Tayanch konspekt
Germaniyada demokratik respublika tuzumining qaror topishi va yangi siyosiy tizimning barqaror-lashuvi juda qiyin kechdi. 1919-yildan 1923-yil oxirigacha mamlakatda keskin siyosiy vaziyat saq-

lanib turdi. Buning sababi, bir tomondan, Versal shartnomasi va Veymar Konstitusiyasiga qarshi kuchlarning bosh ko’targanligi edi. Bu kuchlar Versal shartnomasi va Veymar Konstitusiyasini tan olmadilar.

Ayni paytda bu kuchlar mamlakatda monarxiyani qayta tiklash orzusida edilar. Bu kuchlar 1920-yilning 13-mart kuni monarxist V. Kapp va general Ye. Lyudendorf boshchiligida davlat to’ntarishi o’tkazish uchun isyon ko’tardilar. V. Kapp o’zini kansler (bosh vazir) deb e’lon qildi va parlamentni tarqatib yubordi. Qo’rqib ketgan hukumat Berlindan qochib ketdiAna shunday sharoitda Germaniyada 12 mln ishchi va xizmatchi isyonga qarshi norozilik belgisi sifatida ish tashladi. Bu hodisa isyonchilarnichekinishga majbur etdi. 1922-yilda V. Kuno boshchiligidagi hukumat mamlakatda millatchilik g’oyalarini avj oldirdi. Shuningdek, Antanta davlatlariga tovon to’lamaslikni zo’rberib targ’ib yeta boshladi. Bungajavoban Fransiya va Belgiya armiyasi Rur viloyatini ishg’ol etdi. Bu voqyea mamlakatda uningsiz ham og’ir ahvolni yanada og’irlashtirib yubordi. Natijada V. Kuno hukumati iste’fo berishga majbur bo’ldi,1923-yilda Germaniya kommunistik partiyasi Ye. Telman boshchiligida Gamburgda qo’zg’alon ko’tardi. Bu qo’zg’alonni Komintern moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlagan edi. So’llarning bu avantyurasi tezda bostirildi.

Shu yilning 8-dekabr kuni Myunxen shahrida bir guruh fashistlar fashistik diktatura o’rnatish talabi bilan mitingga to’plandilar. A. Gitler boshchiligidagi bu isyon ham bostirildi1924-yilga kelgandagina Germaniyada vaziyat barqarorlasha boshladi. Bu barqarorlikning iqtisodiy asosi «Dauyes rejasi» deb nom olgan reja edi.

«Dauyes rejasi»ning qabul qilinishiga Fransiya rozi bo’lsa, AQSh Fransiyaning qarzlarini kechib yuborish majburiyatini olgan edi. Shuning uchun ham u «Dauyes rejasi»ni qabul qildi va 1925-yilda Rur viloyatidan o’z qo’shinlarini olib chiqib ketdi,Buyuk Britaniya esa Fransiyaning Yevropa qit’asida yetakchi davlat bo’lib qolishini xohlamas edi. Kuchli Germaniyaning mavjud bo’lishi Fransiyani Buyuk Britaniya bilan hisoblashishga majbur yetar edi. Qolaversa, kuchli Germaniya Buyuk Britaniya uchun Sovet davlatiga qarshi turishi ham zarur edi.

1924-1929-yillar oralig’ida chet davlatlarning Germaniyaga bergan qarzlari, kiritgan sarmoyalari 21 mlrd markani tashkil etdi. AQShning o’zi 10 mlrd dollarlik sarmoya kiritdi. Bu qarz o’z samarasini ko’rsatdi. Germaniya iqtisodiy taraqqiyotida katta muvaffaqiyatlarga yerishdi va 1927-1928-yillarga kelib bu davlat sanoat ishlab chiqarish va tashqi savdo hajmi bo’yicha urushdan oldingi darajaga chiqib oldi. 1929-yil esa undan oshib ham ketdi. Sanoat taraqqiyotida u Buyuk Britaniya va Fransiyani orqada qoldirdi. Biroq Germaniyaning sharqiy qo’shnilari bilan mavjud chegaralar buzilmasligi masalasi ochiq qoldi. Buning nima oqibatlarga olib kelganligi avvalgi mavzulardan ma’lum,1926-yilda Germaniya Millatlar Ligasiga qabul qilindi va unga Liga Kengashining doimiy a’zosi maqomi berildi. Bu amalda Germaniyaning buyuk davlat sifatida tan olinishi edi.

1932-yilda reyxstagga o’tkazilgan saylovda A. Gitler partiyasi 33 foiz ovoz olgan bo’lsa, GSDP 20 foiz va GKP 17 foiz -ikkalasi birgalikda 37 foiz ovoz olgan.



Bu ikki so’l partiya ittifoq tuza olganda, fashistlarning hokimiyat tepasiga kelishining oldi olingan bo’lardi. Afsuski, ular birlasha olmadilar. Bunga, birinchidan, Komintern ko’rsatmasi bilan (sosial-demokratlar bilan ham-korlik qilmaslik to’g’risidagi) ular o’rtasida paydo bo’lgan dushmanlik munosabati sabab bo’ldi. Ikkinchidan esa, ular fashizm xavfini yetarlicha baholay olmadilar.

1932-yil 6-noyabrdagi saylovdan so’ng yirik monopoliyalar, bankirlar va generallar uzil-kesil fashistlar tomoniga o’tdilar. Ular so’l kuchlarning ittifoqi tuzilib qolishidan cho’chib, Gindenburgga maxsus xat jo’natganlar. Xatda Gitlerni darhol reyxkansler (imperiya bosh vaziri) yetib tayinlash ta-lab yetilgan edi.

O’qituvchi F. Mirzayeva.


Tayanch konspekt
Fransiyaning Yevropada o’z gegemonligini butun choralar bilan qaror toptirishga urinishi uning Buyuk Britaniya va AQSh bilan munosabatlarini sovuqlashtirdi. Buyuk Britaniya Yevropada Fransiyaning gegemon bo’lishini aslo istamas, aksincha, bu mavqyega o’zi da’vogarlik qilardi.

Xalqaro maydonda gegemonlikka da’vogar AQSh ham Fransiyaning yanada kuchayib ketishini xohlamas edi. Shuning uchun Buyuk Britaniya va AQSh Germaniya Fransiyaga to’lashi lozim bo’lgan tovon miqdorini mumkin qadar kamaytirishga intilganlar. Buning ustiga, Germaniya tovonni hamisha ham vaqtida va belgilangan miqdorda to’lash qobiliyatiga yega bo’lmagan. Germaniya tovonning bir qismini ko’mir bilan to’lash majburiyatini ham olgan edi. 1922-yilda Rur viloyatidan Fransiyaga ko’mir yuborishni to’xtatdi.

Bu hodisa Fransiya metallurgiya sanoati rivojiga katta salbiy ta’sir ko’rsatdi. Buning oldini olish maqsadida «Milliy blok» hukumati (bu vaqtda uni ashaddiy militarist va shovinist R. Puankare boshqarar edi) 1923-yil yanvarda Rur viloyatiga qo’shin kiritdi va uni bosib oldi. Biroq Fransiya o’z maqsadiga yerisha olmadi. Rur ko’mir konlari ishchilari (nemislar) Germaniya hukumatining chaqirig’i bilan ko’mir qazib chiqarish va uni vagonlarga ortishdan bosh tortdilar. Natijada Fransiyaning o’nlab metal­lurgiya zavodlarida ish to’xtab qoldi. Ayni paytda istilochi qo’shinni saqlab turish hukumatni ma’nosiz katta xarajat qilishga majbur etdi. Bu xarajat soliqlarni yanada oshirish yevaziga amalga oshirildi. Mamlakatda pul qadrsizlandi. Bu esa Fransiyada ichki siyosiy vaziyatni keskinlashtirib yubordi. Rur istilosi xalqaro munosabatlarda tanglik yuz berishiga olib keldi. Buyuk Britaniya Germaniyaning yonini ola boshladi. AQSh va Buyuk Britaniya Fransiyaning Yevropa qit’asida gegemonlik o’rnatish xomxayolini butunlay chippakka chiqarish yo’llarini qidira boshladilar. Bu yo’lni topdilar ham. Bu yo’l Germaniya iqtisodiyotini tiklash va bu bilan Germaniyaning Yevropa siyosiy hayotidagi rolini oshirishga xizmat qiluvchi Dauyes rejasini hayotga tatbiq yetish edi.

Buning ustiga bu hukumat Fransiya mustamlakalarida (Marokash va Suriyada) boshlangan milliy-ozodlik harakatlarini qonga botirdi. Germaniya masalasida hukumat AQSh va Buyuk Britaniya oldida to’la taslimchilik yo’lini tutdi. Ye. Yerrio hukumatini «Dauyes rejasi»ni qo’llab-quvvatlashga majbur etdilar. Bu Fransiyaning Yevropada gegemon bo’lish orzusiga xotima berilganligini anglatar edi. Bu ham yetmagandek, Fransiya 1925-yilda Lokarno shartnomasini imzoladi. Bu shartnomaning imzolanishi aslida Fransiyaning o’z ittifoqchilari bo’lgan Polsha va Chexoslovakiyaga nisbatan xiyonati edi. Chunki mazkur shartnomada bu ikki davlatning Germaniya bilan chegaralari buzilmasligiga xalqaro kafolat berish ko’zda tutilmagan edi. Bunday riyokorona shartnomaning imzolanishiga Fransiyaning Germaniyaning bo’lajak agressiyasi tig’ini Sharqqa burib yuborishdek mash’um niyati sabab bo’ldi. Bu omillarning bari o’ng kuchlarga so’llarni Fransiya manfaatiga xiyonat qilishda ayblashlariga imkoniyat tug’dirdi. Ayni paytda Fransiyada moliyaviy inqiroz kuchayib bordi. Moliya-sanoat doiralari frankni barqarorlashtirish uchun favqulodda soliqlar joriy yetish rejasini ilgari surdilar. Biroq Sosialistik partiya bu rejani qo’llab-quvvatlamadi. Natijada 1926-yilning iyun oyida «So’l blok» barham topdi.



1935-yil 14-iyulda sosialistlar, kommunistlar va radikallar partiyasi birgalikda katta namoyish o’tkazdilar. Shu tariqa Fransiyada «Xalq fronti» vujudga keldi. 1936-yil aprel-may oylarida o’tkazilgan parlament saylovlarida xalq fronti g’alaba qozondi. U parlamentda umumiy o’rinning deyarli uchdan ikki qismini yegalladi. Sosialist Leon Blyum boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Bu hukumat ish haqini oshirish, 40 soatli ish haftasi, korxonalarda jamoa shartnomalari tuzish, kasaba uyushmalari huquqini himoya qilish, haq to’lanadigan ta’til berish kabi qator qarorlar qabul qildi.

Parlament fashistik tashkilotlar faoliyatini taqiqlash haqida muhim qonun qabul qildi. Biroq bu qonun fashistlarga qonuniy faoliyat yurituvchi partiya tuzishga ruxsat yetgan. Shunday qilib, Fransiyada fashizm hoki-miyatni yegallay olmadi. Bunga Fransiyada fashizmning ijtimoiy tayanchi yo’qligi hamda so’l kuchlarning xalq fronti tuzishga yerishganligi sabab bo’ldi va mamlakatni fashizm diktaturasidan saqlab qolishda Xalq fronti hal qiluvchi rol o’ynadi.

Biroq tez orada «Xalq fronti» ichida kelishmovchilik yuzaga keldi. Buning sababi xalqaro va ichki siyosatda yagona fikrga kela olmaganlikda edi. 1936-yil iyul oyida Ispaniyada boshlangan Franko isyoni Fransiya uchun fashist davlatlari qurshovida qolish xavfini vujudga keltirdi. Shunday sharoitda hukumat Buyuk Britaniya qistovi bilan Ispaniya ishlariga «aralashmaslik» siyosatini yurita boshladi. Kommunistlar bu siyosatga qarshi chiqdilar. Bundan tashqari, mamlakatda fashistlar partiyasining faoliyati man yetilma-ganligi hukumat bilan so’l kuchlar o’rtasida o’zaro kelishmovchilikni yanada kuchaytirdi.

Ayni paytda hukumat budjet tanqisligini bartaraf yetolmaganligi ham munosabatlarni yanada sovutdi. Bularning bari 1938-yil aprel oyida L. Blyum hukumatini iste’fo berishga majbur etdi. Radikallar partiyasi rahbari Ye. Daladye yangi hukumat tuzdi. Uning 30-sentabrda Myunxen shartno-masini imzolashi Xalq frontida qattiq tanqidga sabab bo’ldi. Myunxen shartnomasiga ko’ra, Chexoslovakiyaning Sudet viloyati Germaniyaga olib berilgan edi. Bu shartnoma tez orada Gitlerga Chexoslovakiyani to’la bosib olish uchun yo’l ochgandi. Natijada Radikallar partiyasi noyabr oyida «Xalq fronti» tarkibidan chiqdi. Shu tariqa Xalq fronti tarqab ketdi. Ye. Daladye o’ng partiyalarga tayanib faoliyat yurita boshladi. 1938-yil 6-dekabrda Fransiya Germaniya bilan o’zaro hujum qilmaslik to’g’risidagi bitimdan hyech farq qilmaydigan qo’shma deklarasiyani imzoladi va shu oyda Italiyaning Yefiopiyani bosib olganligini ham tan oldi.

Oqituvchi F. Mirzayeva.
Tayanch konspekt
Buyuk Britaniya hukmron doiralari butun choralar bilan mavjud ahvolni o’zgartirishga harakat qildi. 1918-yilning oxirida mamlakatda iqtisodiy o’sish boshlandi. Bu 1920-yilning o’rtalarigacha davom

Bu o’sish tashqi savdo o’sishida yaqqol namoyon bo’ldi. Chunonchi, shu davr oralig’ida yeksport 38,1 foiz o’sdi. Biroq bu o’sish uzoqqa cho’zilmadi. 1920-yilning kuzidayoq mamlakat iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini qamrab olgan iqtisodiy tanglik boshlandi. 1921-yilda sanoat ishlab chiqarishi uchdan birga qisqardi va u urushdan oldingi darajaning 68 foizini tashkil etdi. Ko’mir qazib chiqarish 30 foiz, tashqi savdo hajmi esa urushdan oldingi darajadan 2 baravarga kamaydi.Ishlab chiqarishning keskin kamayishi ishsizlar sonining o’sishiga sabab bo’ldi. Masalan, ishsiz sifatida ro’yxatga olinganlar soni 1920-yilda 375 ming nafarni tashkil yetgan bo’lsa, 1921-yil o’rtalarida bu ko’rsatkich 2,2 mln ga yaqin kishini tashkil etdi. 1922-1923-yil mobaynida mamlakat iqtisodiyotida turg’unlik saqlanib qoldi.



1924-1929-yillar davlatlar iqtisodiyotida qisman barqarorlashuvning qaror topishi davri bo’ldi. Biroq Buyuk Britaniya iqtisodiyoti amalda bir joyda depsinib turdi. Masalan, 1929-yilda sanoat ishlab chiqarishi hajmi 1913-yil darajasiga arang etdi. Faqat sanoatning yangi turlari (mashinasozlik, kimyo, samolyosozlik va avtomobil) hisobigagina bunga yerishildi.

Buyuk Britaniyaning iqtisodiy jihatdan tobora orqada qolayotganligi-ning asosiy sababi kapitalni yangilashga kam mablag’ sarflanayotgani, investisiya ko’proq «dengiz orti davlatlari»ga qo’yilayotgani va sanoatda ishlatilayotgan texnika sifat jihatidan raqobatbardosh emasligi edi. Angliya hukmron doiralari bu omillar ahamiyatini o’z vaqtida va to’g’ri anglay olmadilar. Texnika jihatidan qoloqligi tufayli Buyuk Britaniya jahon bozorida birin-ketin o’z mavqyeyini boy bera boshladi. Yeksport tobora qisqara bordi. Tashqi savdo hajmi urushdan oldingi darajaning 87 foizini tashkil etdi, xolos. Bu davrda mamlakat hayotini uchta partiya -Liberallar, Konservativ va Leyboristlar partiyalari o’rtasidagi kurash belgilar edi. Birinchi jahon urushi yillarida hokimiyat tepasida turgan Liberal partiya yuqorida qaydetilgan omillar ta’siri ostida tobora o’z mavqyeyini yo’qotib bordi. Liberal partiya rahbari, mamlakat bosh vaziri D. Lloyd-Jorj (1863-1945) o’z partiyasining mavqyeyini saqlab qolish niyatida 1918-yil dekabr oyida parlament saylovini o’tkazdi. Birinchi jahon urushida yerishilgan g’alabaga qo’shgan hissasi tufayli Liberal partiya harbiylar orasida salmoqli mavqyega yega bo’ldi. Liberallar va Konservatorlar partiyasi saylovda birgalikda ishti-rok etdilar.

Buyuk Britaniya hukumatining Sovet Rossiyasiga qarshi kurashi muvaffaqiyasiz yakunlandi. Buning ustiga u 1921-yilning 16-martida Rossiya bilan savdo shartnomasini imzolashga majbur bo’ldi. Bu shartnoma amalda Sovet Rossiyasining tan olinganligini ham anglatar edi.

1926-yil aprelda kon yegalari konchi ishchilar oldiga ultimatum qo’ydilar. Unda ishchilardan ish haqining pasaytirilishiga, ish kuni bir soatga oshirilishiga hamda shaxta yegalari bilan tred-yunionlar o’rtasida mamlakat miqyosida jamoaviy shartnomalar imzolanishining bekor qilinishiga rozi bo’lish talab yetilgan edi. Ayni paytda, agar ishchilar bu talabni rad yesalar, lokaut e’lon qilinishi bilan dag’dag’a qildilar. Ultimatum mamlakatda keskin norozilikka sabab bo’ldi. Shunga qaramay, kon yegalari 1926-yilning 1-may kuni ish haqi kamaytirilishini e’lon qildilar.

Bunga javoban 4-may kuni Buyuk Britaniyada ishchilarning umumiy ish tashlashi boshlandi. Unda jami 6 mln ishchi qatnashdi. Tred-yunionlar umumiy ish tashlash sof iqtisodiy talablar ostida o’tishini istar edi. Biroq ish tashlashlar iqtisodiy doiradan chiqib, siyosiy nizoga aylanishi xavfi tug’ildi,Chet davlatlar ishchilari Buyuk Britaniya ishchilari bilan birdam yekanliklarini bildirdilar. Ular Buyuk Britaniyaga jo’natilishi mo’ljallangan yuklarni ortishni to’xtatib qo’ydilar. Ish tashlaganlarga moddiy yordam ko’rsatish maqsadida mablag’ to’plab, Buyuk Britaniya ishchilariga jo’natdilar.

Siyosiy nizo kelib chiqishidan cho’chigan tred-yunionlar Bosh kenga-shi 12-may kuni umumiy ish tashlashni to’xtatish haqida qaror qabul qildi. Ayni paytda hukumat bilan muzokaraga kirishildi. Ishchilar o’zlari xohlamasalar-da, tred-yunionlar Bosh kengashi qaroriga bo’ysunishga majbur bo’ldilar. Konchilar esa kurashni dekabr oyigacha davom yettirdilar va oxir-oqibatda ular ham ish tashlashni to’xtatishga majbur bo’ldilar. Shunday qilib, 1926-yilgi umumiy ish tashlash mag’lubiyatga uchradi.

Tred-yunionlar rahbariyati Buyuk Britaniyadagi mavjud ijtimoiy-siyosiy tizimni saqlab qolish tarafdori yekanligi tufayli shunday bo’ldi. Hukmron doiralar o’z mavqyelarini yanada mustahkamlashga qaror qildilar. Chunon-chi, ish tashlashni taqiqlovchi qonun qabul qilindi. Bunga ko’ra, ish tashlash ayrim olingan bir korxona yoki sanoatning ayrim olingan bir tarmog’idagina o’tkazilishi mumkin ed,Tashqi savdo hajmi keskin kamaydi. Buyuk Britaniyani an’anaviy bozorlardan siqib chiqarish jarayoni kuchaydi. Shunday sharoitda ham hukumat qator va’dalarni bajardi. Chunonchi, ko’mir konlarida 7 soatlik ish kuni joriy etildi. Ishsizlik bo’yicha, sug’urta to’g’risida yangi qonun qabul qilindi. Ishsizlik bo’yicha nafaqa olish muddati 3 oydan bir yilga uzaytirildi.Ishsizlikka qarshi kurash bo’yicha yangi vazirlik va ishsizlar uchun ish qidirish bo’yicha maxsus qo’mita tashkil etildi. Bu tadbirlar ishsizlarning ahvolini ma’lum darajada yaxshilashga xizmat qildi. Biroq yirik kapital tazyiqi ostida kun tartibida ish haqini, ishsizlik nafaqalarini kamaytirish, bilvosita soliqlarni oshirish masalasi ko’ndalang bo’lib qoldi. Bu hol Leyboristlar parti

Oqituvchi F. Mirzayeva.

Tayanch konspekt
Italiyaning yirik siyosiy arboblaridan biri Orlando 1917-yilning oktabrida bosh vazir lavozimini yegal-lagan. Orlando hukumati Italiyaning jahon uru-shida qatnashishini davom yettirdi.Antantaning Sovet hukumatini harbiy yo’l bilan bo’g’ib tashlashga urinishi muvaffaqiyasizlikka uchraganligi avvalgi mavzulardan ma’lum. Chunonchi, Italiyaning g’oliblar ichida mag’lub bo’lib qolishi Orlando hukumatining katta yo’qotishi edi va uning obro’sini tushirib yubordi. Chunki Italiya o’zi da’vo qilgan Dalmasiya, Valoniya, Simernadan birortasini ham ololmadi. Buning ustiga, Turkiyaga qarashli Simernani bosib olish uchun 1919-yilning may oyida hujum boshladi va mag’lubiyatga uchradi.

1919-1920-yillar Italiya tarixiga ham «Qizil ikki yillik» nomi bilan kirdi. Bu ibora shuni bildiradiki, shu ikki yil ichida Italiyada ham Sovet Rossiyasida (bolsheviklar qizil deb ham atalardi) amalda

oshirilgan ba’zi tadbirlar amalga oshirildi. Chunonchi, Shimoliy Italiyada ishchilar zavod va fabrikalarni yegallab oldilar va ishlab chiqarish ustidan o’z nazoratlarini o’rnatdilar. Zavod va fabrikalarni qo’riqlash uchun qizil gvardiya tuzdilar.,taliya armiyasi mamlakat ichkarisidagi siyosiy voqyealarga nisbatan o’z betarafligini e’lon qilganligi uchun hukumat ishchilarning bunday «o’zboshimcha»ligini bostirish uchun armiyani yubora olmadi. Natijada hukumat va korxona yegalari yon berishga majbur bo’ldilar. Xususan, 8 soatlik ish vaqti belgilandi. Narxlar o’sishining aholiga ko’rsatadigan oqibatini pasaytirish maqsadida ish haqiga qo’shimcha to’lov (kompensasiya) to’lanishi e’lon qilindi.

Mussolini fikricha: «Italiyada yangi tartib -milliy sosializm» hukmron bo’lishi kerak edi. Bunday sosializmda davlat har qanday sinfiy manfaatdan ustun turadi. Va u nihoyatda kuchli bo’ladi hamda mehnat bilan sarmoyaning hamkorligini ta’minlaydiAyni paytda davlat mehnat va sarmoya yagona hamkorligi birlashmasi (korporasiya) ni tashkil yetadi. Binobarin, Italiya yagona korporasiyaga, ya’ni butun Italiya jamiyati manfaatlarini himoya qiluvchi birlashmaga aylanadi.

1920-yildan boshlab fashistlar yanada faollashdilar va ular o’zlarining harbiy otryadlarini tuza boshladilar. Italiya Sosialistik partiyasi va Umumiy Mehnat Konfederasiyasi fashizmga qarshi kurash o’rniga, 1921-yilning 3-avgustida Mussolini bilan «totuvlik pakti»ni imzoladilar. Ishchilar tashkilot-larining bunday yo’l tutishi fashizmni yanada kuchaytirdi va u yetakchi siyosiy kuchga aylana bordi.



1922-yilgi parlament saylovlarida ular 35 o’ringa yegabo’lsalar-da, mahalliy saylovlarda katta muvaffaqiyatga yerishdilar. 1922-yil oktabr oyida ular bir necha vazirlik lavozimlarini talab qilib Rimga yurish uyushtirdilar. Bu amalda mavjud Konstitusiyaviy tuzumga qarshi isyon edi. Hukumat isyonni bostirish chorasini ko’rmadi. Buning sababi -yirik sarmoyadorlar asosiy ko’pchiligining hukumatga tazyiq o’tkazganligi edi. Yirik sarmoyadorlar hokimiyatni Mus-soliniga topshirish tarafdori edilar.

Ispaniya urush harakatlarida qatnashmagan bo’l­sa-da, urush mamlakat aholisi turmush darajasini og’ir ahvolga solib qo’ydi. Chunonchi, oziq-ovqat



mahsulotlarining narxi 65 foizga ortdi. Inflasiya kuchaydi va real ish haqi kamaydi. Buning oqibatida 1917-yil 13-avgustda mamlakatda yalpi siyosiy ish tashlash ro’y berdi. Namoyishchilar monarxiyani tugatishni, Ta’sis Maj-lisi chaqirishni va Respublika hukumatini tuzishni talab qildilar. Ish tashlash shiddatli ko’cha janglariga aylanib ketdi. Hukumat mamlakatda qamal e’lon qildi va armiyaning kuchi bilan tartib o’rnatdi.

1918-1920-yillarda Ispaniyada inqilobiy harakat to’lqini yanada kuchaydi. Bu hol hukmron doiralarni sarosimaga solib qo’ydi. Shu yillar davomida hukumat 8 marta almashdi. Hukumat yetilgan dolzarb ijtimoiy muammolarni hal yetishga ojizlik qildi. Vujudga kelgan bu ahvol mamlakat-da harbiy diktatura o’rnatilishi xavfini tug’dirdi.Hukumat ijtimoiy harakatni bostirish uchun qanchalik harakat qilmasin, baribir, qator talablarni bajarishga majbur bo’ldi. Chunonchi, 1920-yilning aprel oyidan boshlab 8 soatlik ish kuni joriy etildi. Ish haqi oshirildi, bolalar mehnati taqiqlandi. Qarilik va nogironlik sug’urtalari joriy etildi.

Ayni paytda hukmron doiralarning qo’llab-quvvatlashi natijasida ispan fashistlari o’z qurolli tashkilotlarini tuza boshladilar. Ularning asosiy vazifasi xalq harakatini bostirish edi. Hukumatning shafqasiz terrori tufayli 1921-yilga kelib ijtimoiy harakatning pasayishiga yerishildi. Biroq bu hol ko’pga cho’zilmadi. Mustamlakalarda ham harakat kuchaydi. 1921-yilning iyunida hukumat Ispaniyaning mustamlakasi -Marokashda boshlangan milliy-ozodlik harakatini bostirish uchun armiya yubordi. Biroq Ispaniya armiyasi tor-mor etildi hamda 25000 jangchi asirga tushib qoldi. Bu mag’lubiyat mamlakatda urushga qarshi harakat boshlanishiga turtki bo’ldi. Norozilik hatto armiya ayrim qismlarida ham ro’y berdi.

Iqtisodiy inqiroz bu muammolarni yanada chuqurlashtirib yubordi. Mamlakatda ish tashlash harakati yangi kuch bilan quloch yoydi. 1930-yilda bu tadbirda 1 mln dan ortiq ishchi qatnashdi. Bunday sharoitda, hatto yirik sarmoyadorlar ham, 1876-yilgi Konstitusiyani qayta ko’rib chiqish tarafdori bo’ldilar. Ularning maqsadi kortes (parlament)ning huquqi oshirilishiga yerishish edi. Sarmoyadorlar o’z mavqyelarini saqlab qolishning yo’li monarxiyaga barham berish yekanligini tobora chuqur angladilar. Mamlakatda respublikachilik harakati kuchaydi.1936-yil sentabrda isyonchi fashistlar mamlakat poytaxti Madridga hujum boshladilar. Fashistlar harbiy aslaha sifati va miqdori jihatidan kattaustunlikka yega edi. Respublikachilar ularga qarshi mardonavor jang qildilar. Biroq kuchlar teng emas edi. Fashizm g’alaba qozondi. 1939-yil 28-martda Madrid yegallandi. G’arb davlatlari F. Franko hukumatini darhol tan oldilar.

O’qituvchi F. Mirzayeva.
Tayanch konspekt
1920-yilda o’zgacha fikrlashda shubha qilinganlikda ayblanib, 10 mingga yaqin taraqqiyparvar arboblar hibsga olindi. Kasaba uyushmalari ichida Amerika Mehnat Federasiyasi (AMF) faollari va rasmiy rahbariyatning siyosatiga qarshi chiquvchilar ham quvg’in ostiga olindi. Jumladan, 1920-yilda kasaba uyushmalari harakatining faollari, italiyalik muhojirlar Sakko va Vansetti bankini talash va polisiyachini o’ldirishda ayblanib qamoqqa olindilar. Sud ularni o’lim jazosiga hukm qildi va 1927-yilda ular yelektr stulga o’tqazilib qatl etildi. Bu mudhish voqyeaning atayin uyushtirilganligi faqat Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyoga ma’lum bo’ldi.

Shu tariqa AQShda 20-yillarning 2-yarmida o’zgacha fikrlovchi va so’l tashkilotlar tugatildi. AMF 1923-yilda ishchi tashkilotlar «Baltimor-Ogayo»



deb nomlangan rejani qabul qilishlariga yerishdi. Unga ko’ra, mulkdorlar ishchilar maoshini oshirish majburiyatini oldilar. Amerika ishchilar harakatida ish tashlash 1926-yilda barham topdiKasaba uyushmalari esa, o’z navbatida, korxona yegalari bilan kelishib, ish tashlashlarga yo’l qo’ymaslik, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ish kunini uzaytirishga rozilik berish majburiyatini oldilar1922-yilning oxirida AQSh iqtisodiyotida yangi yuksalish boshlandi. 1928-1929-yillarga kelib AQSh sanoati Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiya sanoati birgalikda ishlab chiqargandan ko’p mahsulot ishlab chiqardi. Chetga sarmoya chiqarish 1929-yilda 4 baravar ortdi. 1919-1929-yillar davomida AQShning chet davlatlarga bergan qarzi boshqa barcha rivojlangan davlatlar bergan qarzdan ko’p bo’ldi. Bu qarzlar yevaziga AQSh 1922-1932-yillar davomida 9,2 mlrd dollar foyda oldi. AQSh sudxo’r davlatga aylandi.AQShda iqtisodiy yuksalish yangi texnikaviy asosda yeng yangi texnika uskunalarini qo’llash, konveyer tizimi, standartlashtirish va modernizasiyalash kabi usullarni keng tatbiq yetish yo’li bilan amalga oshirildi. Buning natijasi o’laroq, birgina avtomobilsozlik sanoatida 1927-yilda 7 mln dona avtomobil ishlab chiqarildi. Shu tariqa ishlab chiqarish Amerika jamiyati taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchga aylandi.

Ishlab chiqarishning tinimsiz o’sishi orqali katta boylik yaratilishi rejalashtirildi va bu boylikning bir qismi qashshoqlikka barham berishga sarflanishi lozim edi. Shu tariqa, jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal yetishning Yevropa yo’lidan farq qiluvchi Amerika yo’li vujudga keldi.

Yevropa yo’li -ijtimoiy muammolarni ijtimoiy islohotlar yo’li bilan hal yetish yo’li. Amerika yo’li esa tadbirkorlik faoliyatini yanada o’stirish orqali mulkdorlarni yanada boyitish va bu boylikning bir qismini ijtimoiy muam­molarni hal yetishga sarflash yo’li edi. Bu hodisa tarixda «yangi ijtimoiy falsafa», deb nom olgan.

AQShda yangi ijtimoiy falsafa hayotda ma’lum darajada o’z ifodasini topdi. 20-yillar oxirida avtomobillar soni 28 mln ni tashkil etdi. Bu -Amerika deyarli har bir oila avtomobilga yegalik qilishi imkoniyatini qo’lga kiritdi, degani edi. Boshqa iste’mol tovarlari ham ko’plab ishlab chiqarildi. Tovarlarni kreditga sotish keng yo’lga qo’yildi. Bu esa ishlab chiqarishning yanada o’sishiga olib keldi. Mamlakat to’la telefonlashtirildi.

Biroq bu aytilganlar Amerika jamiyatida muammolar tugatildi, degani emas edi. Xususan, 1928-yilda jamiyatda ishsizlar soni 3 mln kishini tashkil etdi. Qishloq xo’jaligi og’ir ahvolda qoldi. 1920-1930-yillarda fermer xo’jaliklari soni kamaydi. Ularning qarzi 15 mlrd dollarga etdi. Buning asosiy sababi mamlakatda qishloq xo’jalik mahsulotlari asosan chet davlatlardan keltirilishi edi.AQShdek qudratli rivojlangan davlat ham iqtiso­diy inqirozni chetlab o’ta olmadi. 1929-yilning kuzida AQShda iqtisodiy inqiroz boshlandi. Bu inqiroz boshqa davlatlarga ham keng yoyildi va u jahon iqtisodiy inqiroziga aylandi. Inqirozga ortiqcha ishlab chiqarish sabab bo’ldi. Iqtisodiy inqiroz AQSh uchun yeng ko’p talafot keltirdi. Shuning uchun ham u «Buyuk dep-ressiya» deb nom oldi. Chunonchi, inqiroz tufayli AQShda sanoat ishlab chiqarishi deyarli 50 foizga qisqardi. 10 ming bank sindi. 130 mingga yaqin savdo va sanoat firmalari bankrot bo’ldi. Ishlab chiqarilgan tovarlar sotilmay qoldi. Natijada ular yo’q qilina boshlandi.

Ishchilarga to’lab kelinayotgan yillik ish haqining umumiy summasi 15 mlrd dollardan 6 mlrd dollarga tushib qoldi. 1933-yilning boshida mamlakatda ishsizlar soni 17 mln kishini tashkil etdi. Bu AQSh tarixida yeng yuqori ko’rsatkich edi. Mamlakatda ishsizlikni sug’urtalash haqida qonun yo’q edi. Natijada ochdan o’lish hollari ham yuz berdi. Inqiroz AQSh qishloq xo’jaligi uchun ham ayanchli bo’ldi. Xarid narxining pasayishi fermer xo’jaliklarini halokat yoqasiga olib keldi.

Prezident Guver (1928-1932) hukumat korxonalari sinishining oldini olish maqsadida 3,5 mlrd dollarlik kapitalga yega bo’lgan moliyaviy qayta qurish korporasiyasini tashkil etdi. Hukumat Federal fermer kengashiga 500 mln dollar mablag’ ajratdi. Uning maqsadi tovarlarning bozordagi nar-xini tushirmasdan saqlashni ta’minlash edi. Biroq bu tadbirlar yetarli samara bermadi.



«Buyuk depressiya» ommaviy stachka harakatining boshlanishiga sabab bo’ldi. Ishsizlar Vashington shahriga yurish boshladilar. Bu yurishlar «ochlar yurishlari» deb nom oldi. Hukumat ommaviy harakatlarni shafqasizlik bilan bostirdi.

1927-yilning mart oyida AQSh harbiy-dengiz kuchlari Xitoyga qarshi harbiy intervensiyada ishtirok etdi va shu yilning aprelida Chan Kayshi amalga oshirgan davlat to’ntarishini qo’llab-quvvatladi. 1932-yilda AQShda bo’lib o’tgan prezidentlik saylovida Demokratlar partiyasi nomzodi Franklin Delano Ruzvelt g’alaba qozondi.



O’qituvchi F. Mirzayeva.
Tayanch konspekt

20-yillarda jahon bozorida Lotin Amerikasi tovarlariga qulay narx-navo saqlanib turdi. Bu, o’z navbatida, iqtisodiyotning taraqqiyotiga xizmat qildi. Biroq bu iqtisodiy taraqqiyot asosan yekstensiv omillar hisobiga ta’minlana bordi.

Agar 20-yillarga qadar Lotin Amerikasiga sarmoya joylashtirishda Buyuk Britaniya birinchi o’rinda turgan bo’lsa, 20-yillarning oxiriga kelib vaziyat tubdan o’zgardi. Yendi AQSh bu borada Buyuk Britaniyani ortda qoldirdi. 30-yillarning oxiriga kelib esa AQShning yirik kompaniyalari bu yerda o’z hukmronlik mavqyeyini o’rnatdilar. Xususan, yelektr stansiyalar, temir yo’llar, pochta-telegraf, port va tog’ sanoati AQSh sarmoyasiga qaram bo’lib qoldi.

Lotin Amerikasi davlatlarida siyosiy hayot turlicha edi. Iqtisodiy jihatdan qoloq davlatlarda rasman respublika tuzumi e’lon qilingan bo’lsa-da, amalda ularda avtoritar va diktatorlik tartiblari o’rnatilgan edi. Ayrim davlatlar kon-stitusiyasida hokimiyatning oliy vakillik organi huquqlari kafolatlanishi qayd yetilgan bo’lsa-da, hokimiyat u yoki bu soha oligarxiyasi qo’lida to’plangan edi. Masalan, Braziliyada butun hokimiyatni amalda qahva oligarxiyasi qo’lga olgan edi,Iqtisodiy jihatdan nisbatan taraqqiy yetgan davlatlarda (Argentina, Chili va Urugvay) urushdan keyin konservativ-oligarxiya tartibi o’z o’rnini liberal-demokratik kuchlarga bo’shatib berishga majbur bo’ldi. Ular mamlakatda liberal islohotlarni amalga oshirdilar. Bu islohotlar Lotin Amerikasi tarixida yangi hodisa edi. O’z mazmuniga ko’ra Yevropa islohotiga yaqin bo’lgan bu islohotlar natijasida qator ijtimoiy muammolar bartaraf etildi.

Bu o’rinda Argentinada prezident I. Irigoyen davrida 1928-1930-yillarda amalga oshirilgan islohotlar, ayniqsa, diqqatga sazovor. U davlat vositachiligi yo’li bilan sarmoya va mehnat o’rtasida hamkorlikni ta’minlay oldi. Bu mamlakatda 8 soatlik ish kuni, yakshanbada dam olish, ijtimoiy sug’urta kabi ijtimoiy muammolar ijobiy hal etildiJahon iqtisodiy inqirozi (1929-1933) Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiyotiga katta salbiy ta’sir ko’rsatdi. Bunga bu davlatlar iqtisodiy taraqqiyoti chet yel bozoriga bog’liq bo’lib qol-ganligi, shuningdek, xorijiy kapitalga qaramligi sabab bo’ldi,Inqiroz tufayli Lotin Amerikasi davlatlari yeksporti keskin darajada pasaydi. Natijada minglab zavod va fabrikalar, plantasiyalar to’la ishlamay qo’ydi. O’z xaridorini topa olmagan millionlab tonna kofe, don va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlari yo’q qilindi. Ishsizlar soni ko’paydi.

Bular, o’z navbatida, davlatlarning ichki siyosiy barqarorligini izdan chiqardi va keskin siyosiy o’zgarishlar yuz berishga olib keldi. Bu o’zgarishlar, bir tomondan, ba’zi davlatlarda hokimiyat tepasida turgan liberal islohotchilarni, ikkinchi tomondan esa, ba’zi davlatlarda hokimiyat tepasida turgan avtoritar va diktatorlik tartiblarini qulatganligi bilan ajralib turadi.

Masalan, 1930-yilda Argentinada harbiy to’ntarish o’tkazilib, islohotchi prezident I. Irigoyen hukumati ag’darilgan bo’lsa, Braziliyada qahva oligarxiyasi tartibi hokimiyati quladi. Chili va Kubada ham diktatorlik boshqaruvi barham topdi. Kolumbiyada 1930-



I. Irigoyen hukumati o’tkazgan islohotlarda izchillik ta’minlanmagan bo’lsa-da, islohotlar ko’lami va mazmuni hukmron tabaqalarni tashvishga solib qo’ydi. Ular mamlakat armiyasi orasida hukumatga qarshi tashviqotni kuchaytirdilar.

Meksika hukumatining neft sohasidagi siyosatiga javoban AQSh Meksikaga nisbatan iqtisodiy taqiq siyosatini qo’lladi. Ichki yirik sarmoya-dorlarning ham qarshiligi kuchaydi. Bu hol Konstitusiya qoidalarini hayotga tatbiq yetish vazifasini nihoyatda qiyinlashtirdi. Hukumat yon berishga majbur bo’ldi. Faqat reaksiyaning qattiq qarshiligini yengish hisobiga qator jiddiy o’zgarishlar amalga oshirildi. Chunonchi, 1934-yilda «Agrar kodeks» kuchga kiritildi.

L. Kardenas (1934-1940) hukumati davrida latifundiyachilar va chet yel kompaniyalariga qarashli 18 mln ga yer yekspropriasiya qilindi va dehqonlarga berildi, ungacha bo’lgan 17 yillik davrda dehqonlarga 8 mln ga yer berilgan edi, xolos. Hukumat dehqonlarga yordam ko’rsatish maqsadida 1935-yilda maxsus bank tashkil etdi.

Chet yel kompaniyalarining Meksika qonunlarini oyoqosti qilishlariga qarshi hukumat 1938-yilning mart oyida neft sanoatini milliylashtirish haqida qaror qabul qildi. AQSh, Buyuk Britaniya va Gollandiya sar-moyadorlariga qarashli 17 ta neft kompaniyasi yekspropriasiya qilindi. Bunga qarshi ular Meksika neftini boykot qilish siyosatini qo’llay boshla-dilar. Natijada Meksika nefti yeksporti 1938-yilda ikki baravar kamaydi. Bu ham yetmagandek, AQSh hukumati Meksika kumushiga yembargo joriy etdiBuyuk Britaniya Meksika hukumatiga keskin ruhdagi notalar jo’natdi. Bunga javoban Meksika 1938-yilning may oyida Buyuk Britaniya bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Yendi ichki va tashqi reaksiya L. Kardanes hukumatini ag’darishni rejalashtira boshladi. 1938-yilning may oyida ichki kuchlar hukumatga qarshi isyon ko’tardilar. Ularni chet yellik reaksiya kuchlari qo’llab-quvvatladi. Biroq isyonchilar yengildi.

1934-yilning 14-yanvarida F. Batista S. Martindan iste’fo berishni talab etdi. 18-yanvar kuni polkovnik Mendteta Kubaning vaqtinchalik prezidenti deb e’lon qilindi. AQSh 26-yanvar kuni yangi prezident va uning hukumatini tan oldi. Yangi hukumat S. Martin amalga oshirgan tadbirlarning barini bekor qildi. Shu tariqa, mamlakatda AQSh manfaatiga xizmat qiluvchi F. Batista diktaturasi to’la qaror topdi.


Oqituvchi F. Mirzayeva.

Tayanch konspekt

1921-yilda Sun Yasen mamlakat prezidenti lavozimiga saylandi. Biroq buyuk davlatlar bu saylovni va Sun Yasen hukumatini tan olmadilar. Sun Yasen «Xitoyni qutqarish» dasturini ilgari surdi. Bu dasturni chet davlatlarning yordamisiz amalga oshirib bo’lmas edi. Buyuk davlatlar esa yordam berishdan voz kechdilar. Vashington konferensiyasida qabul qilingan «9 davlat kelishuvi» bo’yicha, Xitoyda o’z hukmronliklarini o’rnatdilar.

Shunday sharoitda Sun Yasen moddiy va harbiy yordam so’rab Sovet Rossiyasiga murojaat qildi va muzokara uchun general Chan Kayshini Moskvaga jo’natdi. 1923-yilda Sun Yasen Xitoy Kommunistik partiyasi bilan hamkorlik yo’liga o’tdi. Shunday qilinganda Sovet Rossiyasidan yordam olish oson kechishini u yaxshi bilardi. 1924-yil yanvarda Gomindan va XKP umummilliy birlashgan inqilobiy front tuzdilar.

Frontning maqsadi Xitoyning shimolida joylashib olib, xorijiy bosqinchi davlatlar bilan hamkorlik yo’lini tutayotgan ichki kuchlarga hamda Xitoyni yarim mustamlaka holatiga tushirgan imperiyachi buyuk davlatlar ta’siriga qarshi kurash edi. Bunda Sun Yasenning uch tamoyili: «milliylik, demok-ratiya va xalq farovonligi» katta rol o’ynadi.

1925-yil bahorida Shanxay shahrida talabalar namoyishga chiqdilar. Biroq ingliz polisiyasi bunamoyishni o’qqa tutdi. Bu hodisa Xitoyda xorijiy bosqinchi davlatlarga qarshi kuchli harakat boshlanishiga turtki bo’ldi. Bu harakat Xitoy tarixiga «30-may harakati» nomi bilan kirgan.

Shu tariqa Xitoyda chet yel bosqinchilariga qarshi milliy inqilob boshlandi. Ularning asosiy shiorlari -Xitoy suverenitetini tiklash, mustamlakachi davlatlar bilan hamkorlik qilayotgan militaristik katta yer yegalari hukmronligini ag’darish va Xitoyning demokratik milliy harakat hokimiyati ostida siyosiy butunligini ta’minlash edi.

Inqilob rahbarligi Gomindan qo’lida edi. 1925-yilda Sun Yasen vafot yetgach, bu partiya rahbarligi Chan Kayshi qo’liga o’tdi. Inqilobda Xitoy jamiyatining barcha tabaqalari ishtirok etdi. 1925-yilning oktabr-dekabr oylarida Chan Kayshi hukumati mamlakat shimoliy qismining Guandun provinsiyasida joylashgan militaristlar hukumatiga qarshi harbiy yurish boshladi. Shu tariqa Xitoyda fuqarolar urushi boshlandi. 1926-yilda 7 ta provinsiya yegallab olindi. 1927-yil martda Angliya va AQSh Chan Kayshiga yordam berish uchun Xitoyga qurolli kuch yubordi. 18-aprelda Nankinda Chan Kayshi hukumati to’la qaror topdi.

Yurishning birinchi bosqichi 1928-yilda yakunlandi. Buning oqibatida shimoldagi militaristik kuchlarga qattiq zarba berildi. Jumladan, Shanxay



va Nankin shaharlari bosib olindi. Chan Kayshi hukumati qarorgohi Nankin shahriga ko’chirildi. Barcha buyuk davlatlar bu hukumatni tan oldilar.

Markaziy hokimiyat qo’lga kiritilgach, inqilobning asosiy yetakchi kuchlari -Gomindan va XKP o’rtasida bo’linish yuz berdi. Bunga Xitoy inqilobiy vazifalariga Gomindan va XKP ning turlicha qarashlari sabab bo’ldi. Chunonchi, Gomindan markaziy hokimiyat yegallanishi bilan inqilob o’z vazifasini bajardi, deb hisobladi. Yendigi vazifa mo’tadil islohotni zo’ravonliksiz o’tkazishdan iboratligini e’lon qildi.

XKP esa inqilobni davom yettirish, hali Xitoyda kam sonli bo’lgan proletariat gegemonligini o’rnatish, agrar inqilobni avj oldirish, mulkdor-larning mulkini musodara qilish, barcha banklarni, konlarni, temir yo’llarni, yirik korxonalarni milliylashtirishni talab etdi.

Bu ikki siyosiy kuch o’rtasidagi nizo 20 yil davom yetgan fuqarolar urushini (1949-yilgacha) keltirib chiqardi va shu tariqa birlashgan umummilliy inqilobiy front barham topdi.

Milliy buyuk inqilob natijasida Gomindanning yakka partiyaviy hokimiyati qaror topdi. Gomin­dan Xitoyda iqtisodiyot bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat qurish tarafdori edi. Shuning

uchun ham Gomindan hukumati xususiy mulkni himoya qildi va bunday mulkni tugatishni targ’ib yetuvchi XKP ga qarshi kurashdi. Milliy bozor rivojiga g’ov bo’layotgan ichki boj to’siqlari bekor qilindi. Chet yel sarmo-yadorlariga ijaraga berilgan 33 ta korxonadan 20 tasi qaytarib olindi.

Gomindan markaziy hokimiyatni kuchaytirishga urindi, iqtisodiyotga davlat aralashuvini joriy etdi. Iqtisodiyotda davlat sektorini vujudga keltirdi. Bundan tashqari, ichki siyosiy barqarorlikka yerishish maqsadida qator ijtimoiy islohotlar o’tkazildi. Mehnat to’g’risida qabul qilingan ijobiy ruhdagi qonun kam sonli ishchilar sinfining ahvoli yaxshilanishiga xizmat qildi. Biroq agrar masala hal yetilmadi. Qishloqda yirik yer yegalari hukmronligi saqlanib qola berdi. Tashqi siyosatda esa Xitoyning chet davlatlar bilan imzolangan noteng shartnomalarini bekor qilish yo’li tutildi. 1928-yilda chet yel tovarlari uchun boj to’lovi tartibi tiklandi. Bu bilan ichki bozor ham himoya qilindi.

1931-yilning sentabrida Yaponiya armiyasi Xi-toyga hujum qildi. Bu hujum Chan Kayshining Xitoyni birlashtirish yo’lidagi harakatini to’xtatib



qo’ydi. Uch oy ichida Yaponiya Xitoyning shimoli-sharqida 1 mln kv km maydonni yegalladi va u yerda 1932-yil 1-martda Man’chjou-Go deb atalgan davlat tuzdi. Uni manjurlar sulolasining so’nggi imperatori Pu I boshchiligidagi qo’g’irchoq hukumat boshqarardi (manjurlar sulolasi hukmronligi 1912-yil Sun Yasen boshchiligidagi inqilob natijasida ag’darilgan edi). 30 mln aholi, 37 foiz temir ruda zaxirasi, 95 foiz neft, 4 foiz savdo va temir yo’l yaponlar qo’liga o’tdi.

Oqituvchi F. Mirzayeva.


Tayanch konspekt
Eron xalqining 1919-1922-yillardagi milliy-ozodlik harakati izsiz ketgani yo’q. Buning natijasida Buyuk Britaniya Erondan o’z armiyasini olib ketishga majbur bo’ldi. Eron armiyasi va moliya tizimida ingliz maslahatchilarining ishlashi taqiqlandi. Biroq inglizlar o’z ta’sirini saqlab qolaverdi. Lekin 1922-yildan boshlab Eron AQSh bilan yaqinlasha boshladi. 5 ta viloyatda neft qazish ishlarini ijaraga berdi. Lekin ko’p o’tmay bekor qilindi. Chunki ingliz-yeron neft kompaniyasida ularning ta’siri kuchli edi.

1920-1922-yillarda mamlakatda markaziy hokimiyatni kuchaytirish borasida jiddiy o’zgarishlar amalga oshirildi. Chunonchi, separatchi kuchlar qarshiligi bostirildi. Turli ko’rinishdagi qurolli kuchlar yagona armiyaga birlashtirildi. Bu o’zgarishlar Rizoxon nomi bilan bog’liq edi. 1923-yil oktabrida u bosh vazir lavozimini yegalladi.

1929-1933-yilgi jahon iqtisodiy inqirozi davrida ishlab chiqarish 30-40 foizga tushdi, gilam narxi 75 foizga arzonlashdi. Mamlakatda qator islohotlar o’tkazildi. «Xolisa» yerlarni sotishga ruxsat etildi. Pul solig’i joriy etildi. Davlat yerlari ijaraga beriladigan bo’ldi. Dunyoviy maktablar ham ochildi. 1934-yilda Tehron universiteti ochildi. 1935-yilda ayollarning paranjisiz yurishi haqida qonun chiqarildi. Yevropacha turmush tarziga ruxsat etildi. Ayni paytda shoh hokimiyati tobora kuchayib bordi. Parlament huquqi cheklandi.

1933-yilda ingliz-yeron neft kompaniyasi bilan yangi shartnoma imzolandi. Unga ko’ra, kompaniyaning davlatga to’laydigan to’lovi miqdori oshirildi. Buning yevaziga Kompaniya ijara muddatini 1993-yilgacha uzaytirib oldi.

Rizoxon Sovet davlati bilan munosabatlarni tobora cheklab qo’yish siyosatini yuritdi. 30-yillar oxirida Eron va Sovet davlati o’rtasidagi savdo munosabatlari to’xtab qoldi. Ayni paytda Germaniya bilan yaqinlashuv kengaya bordi. Eron tashqi savdosining 40-45 foizi Germaniyaga to’g’ri keldi. Eron strategik jihatdan Germaniya uchun nihoyatda zarur edi.

Birinchi jahon urushi oxirida Afg’oniston mustaqil davlat hisoblansa-da, amalda Buyuk Britaniyaga qaram davlat edi. Mamlakat hukmdori amir Habibullaxon inglizlar tayanchi edi. Mamlakatda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tartiblarga qarshi kuchlar ham vujudga keldi. Bu kuch «Yosh afg’onlar harakati» deb atalgan. Ularning maqsadi davlat mustaqilligiga yerishish va yerkin tadbirkorlik munosabatlarini qaror toptirish edi. Ana shunday sharoitda, 1919-yilning fevralida saroy fitnasi uyushtirildi. Uning natijasida amir Habibullaxon o’ldirildi. Taxtni Habibullaxonning o’g’li Omo-nullaxon yegalladi. U yosh afg’onlar harakati bilan mahkam bog’langan edi. 1919-yilning 28-fevralida Omonullaxon Afg’onistonni mustaqil davlat deb e’lon qildi.

Buyuk Britaniya Afg’oniston davlatining mustaqil siyosat yuritishiga aslo chiday olmadi. Afg’onistonni itoatkor davlatga aylantirish maqsadida 1919-yilning 3-mayida unga hujum qildi, shu tariqa uchinchi ingliz-afg’on urushi boshlandi. Inglizlar 300 ming qo’shin bilan hujum boshladi. Afg’on armiyasi 60 ming kishi edi. Lekin 200 mingdan ortiq jangchisi bo’lgan afg’on qabilalari chegara bo’ylab joylashgan edi. Shu sababli ingliz armiyasining hujumi

muvaffaqiyasiz yakunlandi. 8-avgust kuni Ravalpindi shahrida ingliz-afg’on shartnomasi imzolandi. Bu voqyea mustaqil Afg’on davlatining tan olinishini ham anglatar edi. Lekin 3 mln aholini o’z ichiga olgan afg’on qabilalari hamon Hindiston hisobida qoldi. Omonullaxon markaziy hokimiyatni mustahkamladi. Bu o’rinda 1923-yilda qabul qilingan Afg’oniston davlatining birinchi Konstitusiyasi muhim rol o’ynadi. Qabila boshliqlari hokimiyati cheklab qo’yildi va ular davlat soliqlarini yig’ish huquqidan mahrum etildi. Ruhoniylarning sud va ta’lim tizimidagi mavqyei ma’lum darajada cheklab qo’yildi. Yosh afg’onlar hukumati milliy sanoatni rivojlantirishga alohida e’tibor berdi. Chet yel mollariga boj ko’paytirildi.

1923-yilda yerga xususiy mulkchilikni joriy yetish to’g’risida qonun qabul qilindi. Dunyoviy o’quv yurtlari kengaytirildi. Xotin-qizlar gimnaziyasi ochildi. Nikoh haqida qonun qabul qilindi. Ko’p xotinlilik cheklandi. Yer solig’i natural emas, pul bilan olinadigan bo’ldi. Bu ijobiy o’zgarishlar, tabiiyki, aholi kambag’al qismining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko’rsat-di. Natijada aholining bu qatlami orasida hukumat siyosatidan norozilik vujudga keldi.

Yosh afg’onlar hukumatiga qarshi hukmron tabaqalar bundan o’z maq-sadlari yo’lida foydalandilar. 1924-yilda Xostda reaksion g’alayon ko’tarildi. Podshohni «dindan qaytgan» deb e’lon qilindi. Xotin-qizlar gimnaziyasi yopildi. 1927-yilda Omonullaxon chet yel safarida bo’ldi. Misr parlamentiga afg’on qilichini taqdim qilar yekan «mustaqillik jangda qo’lga kiritiladi, sadaqa qilinmaydi», -dedi. 1928-yilda safardan qaytgan Omonullaxon umumiy majburiy xizmat joriy etdi. Feodal nishonlarini bekor qildi. Qirolicha Su-rayyo ochiq yuz bilan delegatlar oldiga chiqdi. Natijada feodallar 1928-yilning kuzida yosh afg’onlar hukumatiga qarshi qo’zg’alon uyushtirishga yerishdilar. Buning oqibatida 1929-yilning yanvarida Omonullaxon hukumati ag’darildi. Amirlik taxtini reaksiya tayanchi Bachai Sako yegalladi. Yangi hukumat yosh afg’onlar boshlagan islohotlarni bekor qildi. Bu hol Afg’onistonning burjuacha yo’ldan rivojlanishi tarafdori bo’lgan kuchlarning noroziligiga sabab bo’ldi. Bu kuchlar 1929-yilning oktabr oyida general Muhammad Nodir boshchiligida hokimiyatni yegalladilar. Bachai Sako taxtdan ag’darildi.


Oqituvchi F. Mirzayeva.

Tayanch konspekt
Ular Yaponiyaga Tinch okean akvatoriyasi markaziga chiqish va AQSh ning asosiy harbiy-dengiz bazasi bo’lmish Gavay orolla-riga yaqinlashish imkonini berdi. Ayni paytda Yaponiya Xitoyda o’z mavqyeyini mustahkamladi. Uzoq Sharq va Tinch okean havzasi davlatlari bozorini shitob bilan yegallay boshladi. Bu esa, o’z navbatida, yapon mono-poliyalari (Misui, Misubisi, Yasuda, Sumitomo)ning daromadlarini yanada ko’paytirdi. Urush yillari yapon magnatlari uchun «Oltin davr» bo’ldi. To’qi-machilik 4,5, metallurgiya 6, mashinasozlik 5,5 baravar o’sdi. Biroq mam-lakatda mehnatkashlarning turmush darajasi pasaydi. Bu hodisa 1918-yil-ning 3-avgustida Toyama prefekturasida yuz bergan «sholi isyoni»da o’z ifodasini topdi.

Bu isyon chayqovchilar tomonidan sholining narxini oshirib yuborish natijasida kelib chiqdi. 10-avgustda isyon Kiotoga ham tarqaldi. Och qolgan isyonchilar do’konlarni bosib ola boshladilar. Qisqa muddat ichida «sholi isyoni» butun Yaponiyaning uchdan ikki qismiga tarqaldi. Biroq hukumat isyonni qattiqqo’llik bilan bostirdi. Minglab kishilar hibsga olindi, ko’plari surgun qilindi va umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

1923-yilning oxiriga kelib Yaponiya iqtisodiyotida jonlanish bo ldi. Bunga shu yilning 1-sentabrida yuz bergan yer qimirlashidan so’ng boshlangan tiklash ishlari qulay sharoit yaratdi. Hukumat yirik tadbirkorlar zarar ko’rmasligi uchun barcha zarur choralarni ko’rdi. Chunonchi, ularning barcha to’lovlari muddatini kechiktirdi. Ko’rgan zararlari uchun kompensasiya to’lovini amalga oshir-di. Yapon monopoliyalari katta foyda miqdorini saqlab qolish uchun yeksport tovarlari narxini pasaytirdi. Mamlakatda cho’yan ishlab chiqarish 2 baravar o’sdi va 1 mln 100 ming tonnaga, po’lat ishlab chiqarish 842 ming tonnadan1 mln 720 ming tonnaga o’sdi. Umumiy saylov huquqi haqida qaror qabul qilindi. Saylovchilar 3 mln dan 4,3 mln ga ko’paydi.

1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Yaponiya iqtisodiyotiga yanada katta zarba berdi. Bu yapon va amerika bozorlarining bir-biri bilan juda mustahkam bog’lanib qolganligining, Yaponiya iqtisodiyoti boshqa buyuk davlatlar iqtisodiyotiga nisbatan zaifligining, 1923-yilda yuz bergan yer qimirlashi oqibatlari chuqurligining natijasi edi. Inqiroz, ayniqsa, qishloq xo’jaligida og’ir kechdi. AQShga ipak yeksport qilish hajmi 30 foiz kamaydi. Ipak narxi keskin tushib ketdi. 1931-yilga kelib sanoat mahsulotlari 31, yeksport 65, import 72 foizga qisqardi. Inqiroz yillarida ishsizlar soni 3 mln kishini tashkil etdi. Inqiroz mamlakat ichkarisida ijtimoiy ahvolni keskinlashtirib yubordi. Mamlakatda «Yosh zobitlar va yangi konsernlar ittifoqi» vujudga keldi. Ular mayda va o’rta tadbirkorlar manfaatini ko’zlar edilar. Inqiroz ularning ahvolini yanada og’irlashtirib yuborganligi yosh zobitlarni befarq qoldirmadi. Chunki ular Yaponiya jamiyatida yeng ko’p zarar ko’rgan qatlamning vakillari edi.

Ikkinchidan, Yaponiyaning harbiy-dengiz qudratini cheklovchi turli xalqaro shartnomalar yosh zobitlarda kuchli norozilik uyg’otdi. Biroq Yaponiyada vujudga kelgan yangi ittifoq demokratik kayfiyatdagi kuchlarning ittifoqi emas edi. Aksincha, bu ittifoq Yaponiyada fashizm yo’liga o’ta bordi. Ayni paytda yosh zobitlar imperatorga sodiq edilar. Ular imperator-dan yeski konsernlar hukmronligini cheklashni talab yeta boshladilar. Parlamentga qarshi chiqdilar. Shu tariqa Yaponiya fashistlashib bordi. Ular «panosiyo» va dunyoga hukmronlik g’oyalarini zo’r berib targ’ib yeta bosh­ladilar. Yosh zobitlar yangi konsernlar yegalarining hokimiyatga intilishini qo’llab-quvvatlay boshladilar. Biroq yeski konsernlar katta moliyaviy qud-ratga yega bo’lganliklari uchun ularning mavqyei hali qudratli edi. Yeski va yangi konsernlar yegalarini birlashtiruvchi bir omil mavjud edi. Bu omil -dunyoga hukmron bo’lishga intilish edi.1932-yilning 15-mayida yosh zobitlarning fashistik isyoni ko’tarildi. Buning natijasida, hatto, mamlakat bosh vaziri Inukai o’ldirildi. Isyon bostirilgan bo’lsa-da, mamlakatda harbiylar mavqyei har qachondagidan oshib ketdi. Shu davrdan boshlab 1945-yilgacha hukumatni boshqarish faqat harbiy byurokratiya vakillariga topshirilgani bejiz emas. Shunga qaramay, 1936-yilning 26-fevralida 1500 harbiy qatnashgan ikkinchi fashistik isyon uyushtirildi. Isyon 29-fevral kuni bostirilgan bo’lsa-da, u Yaponiya hukmron doiralarini qattiq tashvishga solib qo’ydi. 17 isyonchi o’ldirildi. Ular mam­lakatda ro’y bergan chuqur ichki siyosiy inqirozni agressiv harbiy harakat-lar boshlash yo’li bilan bartaraf yetishga qaror qildilar.

1927-yilning 25-iyulida imperatorga yuborilgan bu hujjatda Yaponiyaning dunyoga hukmronlik qilishiga ochiqdan-ochiq da’vo qilingan edi. Chunonchi, hujjatda quyidagilar yozilgan edi: «Xitoyni bosib olish uchun avval Manjuriya va Mo’g’ulistonni bosib olishimiz zarur. Dunyoni bosib olish uchun esa avval Xitoyni bosib olishimiz lozim. Agar biz Xitoyni bosib ololsak, Osiyoning barcha kichik davlatlari, Hindiston, shuningdek, janubiy dengiz davlatlari bizdan qo’rqadi va bizning oldimizda taslim bo’ladi. Bizning milliy rivojlanish dasturimizga Mongoliya dalalarida Rossiya bilan qilich urushtirish kiradi... Biz AQSh ni yakson qilishimiz zarur». Yaponiya hukmron doiralari tez orada o’z orzularini amalga oshirishga kirishdilar. 1931-yilning sentabrida Yaponiya armiyasi Xitoyning shimoli-sharqiga -Manjuriyaga hujum qildi va 1932-yilning boshlarida bosib oldi. 1932-yilda Xitoyning boshqa qismlariga bostirib kirdi. 1932-yil martida bo’lib olingan yerlarda Manchjou-Go davlatini tuzdi. 1932-yil yozida Jexe va Xebey viloyatlarini yegalladi.
Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin