Farmatsevtikada kadrlar boshqaruvi dorixona muassasalarida kadrlar boshqaruvi asoslari


Yetakchilik uslublari va ularning qo‘llanilishi



Yüklə 469,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/40
tarix25.06.2023
ölçüsü469,63 Kb.
#135019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
Yetakchilik uslublari va ularning qo‘llanilishi 
Yetakchilik nazariyasiga binoan yetakchi asosiy e’tiborini qaysi masalan: mehnat 
faoliyatiga yoki insonga yo‘naltirishiga qarab farqlash qabul qilingan. Bu yondashuv 
muallifi D. Mak Gregor hisoblanib, uning “X” va “U” nazariyalari mavjuddir. 
“X” nazariyasiga binoan: 
- odamlar mehnat qilishni yoqtirmaydi va imkoniyat bo‘lishi bilanoq ishdan o‘zlarini olib 
qochadilar; 
- odamlar o‘zlarini mas’uliyatdan olib qochadilar, buning o‘rniga ular o‘zlariga rahbarlik 
qilishni ma’qul ko‘radilar; 
- odamlar, eng avvalo, muhofazada bo‘lishni va shu sababli, guruhda mehnat qilishni 
yoqtiradilar; 
- odamlarni mehnat qilishga majbur etish uchun zo‘rlash va jazolash choralarini qo‘llash 
kerak. 
“X” nazariyasiga binoan diqqat — e’tibori ishga qaratilgan, guruhga aniq topshiriqlar 
beradigan, buysunuvchi xodimlar ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadigan va ularga psixologik 
bosim o‘tkazadigan avtokratlar eng yaxshi rahbar hisoblanadilar. 
“U” nazariyasiga ko‘ra esa — asosiy e’tibori insonga qaratilgan inson munosabatlari 
nazariyasini amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llay oladigan demokratik rahbar eng yaxshi 
rahbar hisoblanadi. Bu yondashuvga muvofiq: 
mehnat — tabiiy jarayon, insonlar nafaqat mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishga qodirlar, 
balki bunga o‘zlari intiladilar; 
“Likert tizimi” uslubi ham to‘rt turga bo‘linadi: 
„X” nazariyasiga mansub xodimlarga mo‘ljallangan avtoritar uslubda yetakchi asosan 
xodimlarni jazolash va mehnat bilan shug‘ullanishga majbur qilish yo‘lini tutadi. Bu uslub 
“xo‘jayin — tobe” munosabatlarini ifoda etadi; 


“boshliq — bo‘ysunuvchi xodim” munosabatlari ustuvor bo‘lgan moyillik-avtoritar uslubda 
xodimlarning qaror qabul qilishdagi ishtiroki iloji boricha cheklangan bo‘ladi.
maslahatli-demokratik uslubda rahbarlar xodimlarga to‘la emas, balki qisman ishonadi.
demokratik uslub “yetakchi-izdosh” munosabatlariga asoslangan bo‘lib, bu holda 
xodimlarning aksariyati „V” nazariyasiga taalluqliligi bilan ajralib turadi. 
Rag‘batlantirish va jazolashga asoslangan uslub quyidagilarni ko‘zda tutadi: 
- topshiriq bajarilmasligi (ishning barbod bo‘lishi, belgilangan sifat, 
muddat va boshqa ko‘rsatmalarga rioya qilmaslik) uchun jazoning muqarrarligi; 
- ish sifati uchun yetakchida e’tiroz bo‘lgan taqtsirdagina, ya’ni yuzaga kelgan vaziyatga 
muvofiq jazolash; 
Yuksak sifat uchun rag‘batlantirish. Bu uslub jamoaning boshqa a’zolariga ibrat bo‘ladigan 
darajada ishni yuqori sifatli bajargan xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida qo‘llaniladi. 
Xodimlar mehnat faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga e’tiborli bo‘lishga asoslangan 
yetakchilik. 
Ishlab chiqarish va insonlar munosabatiga asoslangan uslub (Bleyk va Mouton boshqaruv) 
turi. Mazkur tur yetakchilikning ikki kesishmasi: gorizontal o‘kda — ishga munosabat
vertikal o‘kda — insonlarga munosabat ko‘rini-shidadir 

Yüklə 469,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin