Farmatsevtikada kadrlar boshqaruvi dorixona muassasalarida kadrlar boshqaruvi asoslari



Yüklə 469,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/40
tarix25.06.2023
ölçüsü469,63 Kb.
#135019
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
Xodimlarni boshqarish tizimi 
Xodimlarni boshqarish bu - korxonada band bo‘lgan ishchilar salohiyatini rivojlantirish 
va undan samarali foydalanish, ularning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy shart-
sharoit yaratish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlar 
tizimidir. 
Xodimlarni boshqarish tizimi quyidagi yo‘nalishlardan iborat: 
• Xodimlar bilan ishlash siyosati (kadrlar siyosati); 
• Xodimlarni tanlash; 
Xodimlarni baholash
• Xodimlarni joy-joyiga qo‘yish; 
• Xodimlarni o‘qitish. 
Bu yo‘nalishlarning o‘zaro bog‘liqligi quyidagi muhim xujjatlarda aks ettiririlgan: korxona 
nizomi, korxona falsafasi, ichki mehnat tartibi qoidalari, xodimlar bilan tuzilgan shartnoma, 
korxona shtatining jadvali, mehnatga haq to‘lash va mukofotlash to‘g‘risida nizom, 
bo‘linmalar to‘g‘risida nizom, lavozim yo‘riqnomalari. 
Korxona falsafasi - korxonaning muvaffaqiyatli faoliyatiga yo‘naltirilgan xodimlar o‘zaro 
munosabatlarining ma’naviy va ma’muriy meyyorlari va qoidalarining majmuasi. 
Korxona falsafasi quyidagi bo‘limlardan iborat: korxona maqsadi va vazifalari; boshqarish 
faoliyatida kadrlar bilan ishlash yo‘nalishlari; xodimlar xuquqining deklaratsiyasi
xodimlarning ma’naviy sifatlari va qobiliyatlari; mehnat uchun yaratilgan sharoitlar, ish 
joyi; mehnatning baholanishi va mehnat uchun xaq to‘lash; ijtimoiy kafolatlar. 
Ichki mehnat tartibi qoidalari quyidagi bo‘limlardan iborat: 
• Umumiy nizom; 
• Xodimni ishga qabul qilish va bo‘shatish tartibi; 
Ish va dam olish vaqtlari
• Ma’muriyatning asosiy burchlari; 
• Xizmat va tijorat sirlari; 
• Rag‘batlantirish va jazolash chora-tadbirlari. 
Xodimlarni boshqarish tizimining ob’ekti sifatida farmasevtik tashkilotning 
xodimlari va ularning tasniflanishi 
Farmasevtik korxonada faoliyat yurituvchi barcha xodimlarni ularning bajaradigan 
vazifalariga asosan quyidagicha toiflash mumkin - ma’muriy, ishlab chiqarish va savdo 
xodimlari. 
Ma’muriy xodimlar korxona faoliyatini bevosita boshqarish jarayonida ishtirok etadilar va 
ular ikki asosiy – rahbariyatva mutaxassis menejerlar guruxiga bo‘linadi. Boshqaruvchilar 
boshqaruv qarorlarini qabul qilish huquqiga va o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlariga ega 
bo‘lishi bilan mutaxassis-menejerlardan farq qiladi.
Rahbariyatyuqori (korxona rahbari va o‘rinbosarlari), o‘rta (bo‘lim va sex boshliqlari) va 
quyi bo‘g‘in (masterlar) rahbarlariga bo‘linadi. 



Yüklə 469,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin