Farmatsevtikada kadrlar boshqaruvi dorixona muassasalarida kadrlar boshqaruvi asoslari


Boshqaruv madaniyati va rahbarlik uslublarini mohiyati



Yüklə 469,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/40
tarix25.06.2023
ölçüsü469,63 Kb.
#135019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Boshqaruv madaniyati va rahbarlik uslublarini mohiyati 
Menejer – maxsus tayyorgarlik ko‘rgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biluvchi 
malakali mutaxassisdir. 
Boshqaruv pog‘onasiga qarab menejerlar ham uch toifaga bo‘linadilar: 
1. Yuqori bo‘g‘in menejerlari – firma istiqbolini belgilash, uning kelajagi uchun 
ahamiyatli chora-tadbirlarni ishlabchiqish bilan shug‘ullanadi. 


2. O‘rta bo‘g‘in menejerlari –firma faoliyatining ayrim tomonlarini, ya’ni ishlab 
chiqarish, tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati kabilarni boshqarish 
bilan shug‘ullanadi. 
3. Quyi bo‘g‘in menejerlari – korxonaning birlamchi bo‘g‘inlarida, masalan sex, 
bo‘lim, brigada doirasida ishni tashkil etish, kunlik, xaftalik, oylik ish 
topshiriqlarining bajarilishini boshqarib boradi
2

Raxbarlik uslubi – bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalalarni hal qilishida uning o‘ziga 
xos yondashuvidir. Raxbar qaror qabul qilganida, uning bajarilishini tashkil qilganda va qo‘l 
ostidagi xodimlar ishini nazorat qilganida o‘z vazifasiga muvofiq ish yuritadi. Biroq bunda 
har bir rahbar o‘ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o‘zi uchun mos bo‘lgan, o‘z 
rahbarlik uslubini belgilaydigan uslublarni qo‘llaydi.Uslub rahbarning intellektual 
salohiyati, sifatlari, uning individual xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Avtokratik raxbarlik uslubida rahbar:
• buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki rag‘batlantirishda 
jamoa fikrini inobatga olmaydi; 
• o‘zini jamoadan uzoq tutadi; 
• jamoa a’zolarini bevosita muloqotda bo‘lishini chegaralab qo‘yadi; 
• o‘zining noo‘rin harakatlarining tanqid qilinishini ko‘tarmaydi; 
muttasil buyruq berishga, hammani o‘z istaklariga so‘zsiz bo‘ysundirishga intiladi; 
• ko‘p gapirishni yoqtirmaydi, qo‘l ostidagi xodimlar bilan muomalada uning 
rahbarlik g‘ururi balandligi, salobati sezilib turadi; 
• qo‘l ostidagi xodimlar oldida qovog‘i solingan kayfiyatda bo‘ladi. 
Rahbarlikning avtokratik uslubi yordamida operativlik (tezkorlik) va ta’sirning 
markazlashuvi (koordinatsiya)ga oson erishiladi. Jamoadagi bo‘sh intizom, tashkiliy 
jarayonning qoloqligi kabi omillar avtokratik uslub qo‘llanishini oqlaydi. Lekin bu usulda 
xodimlarning tashabbusi yuzaga chiqmaydi.

Yüklə 469,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin