Farmatsevtikada kadrlar boshqaruvi dorixona muassasalarida kadrlar boshqaruvi asoslari



Yüklə 469,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/40
tarix25.06.2023
ölçüsü469,63 Kb.
#135019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Sakkizinchi bosqich. Islohotlarni amalga oshirish jarayonida rahbarlar zimmasiga 
yuklatiladigan vazifalar turli yillarda bir-biridan farq qiladi. Tabiiyki, bu rahbarlardan yangi 
vazifalarni hal qilish uchun chuqur bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lib borishni talab 
qiladi. 
4. 
Farmasevtik tashkilotlar boshqaruvida liderlik 


Personalni boshqarishda yetakchilik muhim ahamiyatga ega. Iqtisodchi olimlar ta’rifiga 
ko‘ra: “Yetakchilik alohida shaxslar va insonlar guruhiga maqsadga erishish uchun ularni 
mehnat qilishga safarbar eta olish qobiliyatidir. 
Boshqaruvda yetakchilikning quyidagi turlari farqlanadi: 
Samarasiz yetakchilik. “Xo‘jayin — tobe” shaklidagi munosabatlar asosiga qurilgan bo‘lib, 
bunda yetakchi — “xo‘jayin” hokimiyati mutlaqdir. 
Avtoritar boshqaruv. “Boshliq — bo‘ysunuvchi xodim”, an’anaviy munosabatlar asosiga 
qurilgan bo‘lib, bu usulda yetakchi — “boshliq” hokimiyati ma’muriy tizimni me’yoriy 
hujjatlar (nizom qarorlar, qoidalar, 
yo‘riqnomalar, buyruqlar) orqali ta’minlaydi. 
Samarali yetakchilik o‘zaro munosabatlarning yangicha “yetakchi izdosh” shakli asosiga 
quriladi. Bu usulda yetakchi hokimiyatni uning qobiliyatini e’tirof etgan izdoshlaridan oladi. 
Demokratik boshqaruv “saylab qo‘yilgan rahbar — bo‘ysunuvchi xodimlar” munosabati 
asosiga qo‘yilgan. Bunday jamoada o‘z-o‘zini boshqarish yuqori darajada bo‘lib, mazkur 
jamoa yetakchini o‘zi saylaydi. Boshqaruv mehnat jamoasiga ularning ishlab chiqarishdagi 
faoliyatini samarali muvofiqlashtirish uchun ta’sir ko‘rsatish jarayonidir. 
Yetakchilik — xodimlarni belgilangan maqsadlarga erishish uchun mehnat qilishga safarbar 
eta olish qobiliyatidir. Menejer xodimlar mohiyat faoliyatini yo‘naltirib turadigan va bu 
faoliyat natijalari uchun mas’ul boshqaruvchidir. Yetakchi izdoshlarini belgilangan 
maqsadlarga erishish uchun kuchg‘ayratlari, bilim va tajribalarini safarbar eta oladigan
izdoshlari 
tomonidan xuddi shu vazifalarni uddasidan chiqishga qodir deb e’tirof 
etiladigan shaxsdir. 

Yüklə 469,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin