Farmatsevtikada kadrlar boshqaruvi dorixona muassasalarida kadrlar boshqaruvi asoslari


Liberal raxbarlik uslubida rahbar



Yüklə 469,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/40
tarix25.06.2023
ölçüsü469,63 Kb.
#135019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Liberal raxbarlik uslubida rahbar: 
• irodasiz, tashabbussiz bo‘ladi; 
• o‘z zimmasiga ma’suliyat olishni yoqtirmaydi; 
• ishni o‘z xoliga tashlab qo‘yadi; 
• aybdorga nisbatan qat’iy bo‘lishdan xayiqadi; 
• o‘zini xaddan tashqari extiyot qiladi; 
talabchan emas, sust nazorat qiladi; 
• suiste’molliklarga bevosita yo‘l qo‘ymasa ham, o‘zini bilmaslikka soladi. 
Demokratik rahbarlik uslubida rahbar: 
• boshqaruv funksiyalarini jamoa fikri bilan maslahatlashib amalga oshiradi; 
• xodimlarning bildirgan fikriga quloq soladi, ijobiy tomonlarini inobatga oladi; 
• buyruq berish yo‘li bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi. 
Bunday rahbarlik uslubi bo‘ysunuvchilarning shaxsiy faoliyatini rivojlantiradi, jamoada 
do‘stona va ishchan muhitni yaratadi. 
Boshqaruvchiga qo‘yiladigan talablar 
Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi keskin raqobat, ishlab chiqarishdagi yuksak 
texnologiyalar personalni, ayniqsa ko‘p ming kishilik mehnat jamoasini boshqarish 
mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladigan rahbarning amaliy va shaxsiy sifatlariga juda katta 


talablar qo‘yadi. O‘zbekistonda rahbar kadrlar tayyorlash texnologiyasini tizim shaklida 
zamonaviy asoslash va amalga oshirish aniqlik, ilmiylik, ob’ektiaaik va amaliyotga 
qaratilganligi bilan muayyan afzalliklarga ega. 
Bu esa, o‘z navbatida, rahbarlik lavozimlariga fidoyi, ishbilarmon mutaxassislar, zamonaviy 
rahbarlar kelishi uchun zamin hozirlaydi. Bunda rahbar kadrlar tayyorlash texnologiyasi 
bosqichlari uzviy holda olib boriladi. Ushbu texnologik tizimni taklif etayotgan 
mutaxassislar fikriga ko‘ra, har bir bosqich o‘ziga xos faoliyat doirasiga ega bo‘lib, ularni 
quyidagicha sharhlash mumkin: 
Birinchi bosqich — keyingi bosqichlar uchun belgilovchi, g‘oyaviystrategik manba 
vazifasini o‘taydi. Zero, har bir mamlakat o‘z taraqqiyotining ma’lum bir davri uchun 
muayyan maqsadni hamda unga erishish yo‘lila bajarilpshi kerak bo‘lgap vazifalarni 
belgilab oladi va ularning qay darajada bajarilishi rahbar kadrlarning xislatlari, ijrochilik 
mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. 

Yüklə 469,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin