Farmatsevtikada kadrlar boshqaruvi dorixona muassasalarida kadrlar boshqaruvi asoslari



Yüklə 469,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/40
tarix25.06.2023
ölçüsü469,63 Kb.
#135019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Ikkinchi bosqich. Zamonaviy rahbar modeli ilmiy-amaliy jihatlardan asoslangach. uning 
hayot bilan yaqinligi. birligini ta’minlash taqozo etiladi. Buning uchun “maqsad — natija”, 
“ideal rahbar — real rahbar” orasidagi farq izchil o‘rganiladi. Ideal va real rahbar modellari 
orasidagi farq, nomuganosiblikning sabablari anikdanadi, ularni bartaraf qilish choralari 
belgilanali. Uzluksiz tachlim tizimi, yosh mutaxassislar, rahbarlar faoliyati, ularni tanlash, 
tarbiyalash, joy-joyiga qo‘yish, attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlaridagi yutuqva 
kamchiliklar chuqur o‘rganilib,umumlashtirilib, eng maqbul uslub va vositalar aniqlanadi. 
Bunda milliy va xorijiy rahbar-shunoslik fani yutuqlaridan foydalanish rahbar kadrlar 
tayyorlash texnologiyasining ustuvor tamoyiliga aylanishi zarur. 
Uchilchi bosqich. Rahbar kadrlar tayyorlash davlat tomonidan amalga 
oshiriluvchi uzluksiz jarayondir. Shu sababli ham bu jarayon istiqbolni ko‘zda tutgan holda 
tashkil qilinadi. 
To‘rtinchi bosqich. Oliy o‘quv yurtlarini muvaffaqiyatli bitirib, boshqaruv organlarida 
faoliyat ko‘rsatayotgan va o‘zlaridagi rahbarlik, tashkilotchilik qobiliyatini namoyon 
qilayotgan yosh yigit-qizlar rahbar kadrlarning davlat zaxirasini shakllantiruvchi asosiy 
manba hisoblanadi. 
Beshinchi bosqich. Respublikamizning viloyat, tuman, mahalliy boshqaruv tarmoqlaridagi 
rahbarlar faoliyatini o‘rganish va baholash hokimiyatning ijro intizomini mustahkamlash 
hamda islohotlar sifati va sur’atini yuksaltirish shartlaridan biridir. 
Oltinchi bosqich. O‘zbekistonda rahbar kadrlar tayyorlashning texnologik tizimi natijalari 
bir yilda bir marta muhokama qilinishi mumkin. 
Yettinchi bosqich. Kadrlar siyosati kundalik hayotda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga 
hamohang ravishda rivojlanib boradi. Qolaversa, mamlakat iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy 
hayotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni chuqur tahlil qilgan holda ularni tezkorlik bilan 
hayotga joriy qilish vazifasi ham, avvalo, rahbarlarning zimmasiga 
tushadi. 

Yüklə 469,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin