Mavzu: Korporativ madaniyatni shakllantirish



Yüklə 0,55 Mb.
tarix22.10.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#159700
1 Mavzu KM

Mavzu:Korporativ madaniyatni shakllantirish

Reja:

  • 1. Korporativ madaniyatni shakllantirishda tashkilot raxbarlarining roli.
  • 2. Korporativ madaniyatni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash usullari.
  • 3. Korporativ madaniyat va ijtimoiy mas'uliyatni rivojlantirish.

Korporativ madaniyatni shakllantirishda tashkilot rahbarlarining roli.


1980-yil boshlarida xorijiy mamlakatlarda korporativ madaniyatga qiziqish paydo bo‘lishining sabablari:

1. Tashkilotlar tashqi muhitida quyidagi o‘zgarishlar ro‘y berdi:


‒ ekologiya muhiti: atrof-muhitning ifloslanishi;
‒ fan-texnika sohasi: ishsizlikning o‘sishi, ovqatlanish va h.k. bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda texnik imkoniyatlar cheklanganligi;
‒ ijtimoiy muhit: motivatsion inqiroz va hayot mazmunning
yo‘qolishi.

2. Tashqi muhitdagi ushbu o‘zgarishlar tashkilotning ichki muhitida ham mos keluvchi o‘zgarishlarga olib keldi:


‒ xodimni tashkilot bilan identifikatsiya qilish yetarli emasligi;
‒ rahbar va qo‘l ostidagi xodimlar o‘rtasida ishonchsizlik sindromi.

Shundan kelib chiqib, boshqaruv uchun quyidagi vazifalar ishlab chiqildi:


jamiyat oldida, jumladan, axloqiy javobgarlik;
jamoada ishlash “biz-hissiyotlar” shakllantirish;
boshqaruvda psixologik tarkibiy qismlarni hisobga olish

Korporativ madaniyatni o‘rganish zarurati quyidagi asosiy sabablarga asoslanadi:


1
    • madaniyat fenomeni real va u butun jamiyat tashkilotlar, guruhlar va hattoki alohida olingan shaxs uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu turdagi ahamiyatga ega bo‘lgan har qanday hodisa o‘rganilishi lozimdir;

2
    • shaxsning va butun bir tashkilotning ishlab chiqarish faoliyati, shuningdek, insonlarning tashkilotga bo‘lgan munosabatini korporativ madaniyatisiz tushunib bo‘lmaydi. Ko’pgina tadqiqotlar bugungi kunda har qanday kompaniyaning faoliyati korporativ madaniyatning turiga yoki kuchiga bog‘liqligini tasdiqlaydi;

3
    • korporativ madaniyat tushunchasini ko‘pincha tashkiliy muhit, mafkura, falsafa, uslub yoki insonlarni boshqarish usuli tushunchlari bilan adashtirishadi. Agar ushbu hodisani jamiyat, inson va tashkilot ravnaqi maqsadida foydalanmoqchi bo‘lsak, uni ushbu o‘xshash tuyulgan tushunchalar qatoridan tashqarisida o‘rganishimiz kerak;

4
    • madaniy ta’sirlar kuchli hisoblanadi, muayyan modellarga rioya qilishni, shuningdek taqlid qilishni va prognozlashni talab etadi.

Korporativ madaniyat konsepsiyasi rivojlanishining quyidagi bosqichlarini shartli ravishda ajratib ko‘rsatish mumkin:


1970-yilgacha bo‘lgan davr, vakillari: M.Sherif, K.Levin, K.Ardjiris, D.Mak-Gregor. Xususiyatlari: tashkilot madaniyati tushunchasi kiritilmagan, lekin bilvosita yodga olib o‘tilgan.
1970-1980-yy. Vakillari: P.Terner, A.Pettigru, K.Gerts. Xususiyatlari: «madaniyat» tushunchasi tashkilotga nisbatan foydalanilgan, antropologiya atamalari tashkiliy tahlilda qanday qo‘llanishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
1980-yillardan boshlab. Vakillari: E.Sheyn, T.Dil va A.Kennedi, L.Smirchich, Dj. Martin va b. Xususiyatlari: korporativ madaniyat konsepsiyasi tashkilot nazariyasi bo‘yicha adabiyotlarda yetakchi o‘rinlardan birini mustahkam egallagan.
O‘zbekistonda korporativ madaniyat konsepsiyasi taxminan 1992-yildan dissertatsiya ishlari, monografiyalar (V.A. Spivak), maqolalar va h.k. paydo bo‘lganda rivojlana boshladi. Korporatsiyalar faoliyatining samaradorligi uchun muhim shartlardan biri, boshqa tashkilotlar kabi, korporativ madaniyat orqali bosh qariladigan ompaniya missiyasiga erishish uchun xodimlarn ing sa’yharakatlarini birlashtirishdir.

Globallashuv belgilari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:


‒ yagona madaniy makonni shakllantirish (yagona axborot maydoni, aloqa uchun umumiy til, turli ijtimoiy standartlarni birlashtirish, ta’limni rivojlantirish, kundalik hayotni tashkil etish, kiyim-kechak, oziqlanish va hokazolarni birlashtirish);
‒ yagona davlatning shakllanishi (milliy chegaralarni loyqalash, Yevropa Ittifoqi (Shengen)ni yaratish, yagona qonunlarni kiritish, yagona valutani joriy qilish (yevro, amero) va boshqalar);
‒ jahon iqtisodiy makonini shakllantirish (umumiy yondashuv lar, kapitalning erkin aylanishi, tovarlar, xizmatlar va h.k.).

Global kompaniyalari tamoyillari asosida yaratilgan birinchi kompaniyalar quyidagilar edi:

  • Gollandiyaning Sharqiy Hindiston kompaniyasi (1600), Britaniya East India Company (1602), Hudson’s Bay Company (1670)

Odatda, quyidagi TMK mezonlari ajratiladi:


‒ faoliyat geografiyasi (kompaniya faoliyat yuritayotgan mamlakatlar soni odatda, ikki yoki undan ortiq);
‒ ko‘p millatli xodimlar aksiyalarning kamida 25%ga egalik qilishi yoki korxonalarni nazorat qilish;
‒ kompaniyaning hajmi (aylanma mablag‘lar, aktivlar, foyda).

Ko‘p millatli kompaniyalarning (KMK) boshqaruv usullari bo‘yicha tasnifi:


‒ etnotsentrik;
‒ ko‘pburchakli;
mintaqaviy;
‒ geosentrik.
Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin