Current approaches and new research in modern sciences international scientific-online conference 8 sellar hosil bo‘lishining asosiy qonuniyatlari


CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix30.09.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#150669
1   2   3   4   5   6   7   8
63a48d1d79e75 Samatova

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN 
MODERN SCIENCES
 
International scientific-online conference 
14 
O‘zbekistonning sel toshqinlari kartasi
O‘zbekistonda sel toshqinlarining kelib chiqish sabablari quyidagi omillar 
ta’sirida bo‘lishi mumkin: 
- jala yomg‘irlar (90 foiz atrofida); 
- uzoq davom etgan yomg‘ir; 
- yomg‘ir va qorning jadal erishi; 
- tog‘ ko‘llari to‘g‘onining buzilishi, qor ko‘chkilari oqibatida daryo o‘zanining 
to‘silib qolishi va boshqalar. 
Kartada O‘zbekiston hududi sel toshqinlarining takrorlanishi bo‘yicha quyidagi 
qismlarga ajratilgan: 1) sel toshqinlari kuzatilmaydigan hududlar; 2) sel 
toshqinlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududlar; 3) sel toshqinlari juda kam
kuzatiladigan hududlar (10 yilda 1 marta); 4) sel toshqinlari kam kuzatiladigan 
hududlar (4-10 yilda 1 marta); 5) sel toshqinlari tez kuzatiladigan hududlar (1-3 


CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN 
MODERN SCIENCES
 
International scientific-online conference 
15 
yilda 1 marta); 6) sel toshqinlari tez-tez kuzatiladigan hududlar (yilda 1 marta 
va undan ko‘p). 
“Sel toshqinlari” kartasida bu hodisaning yil davomida oylar bo‘yicha 
taqsimlanish diagrammasi keltirilgan. Shu bilan birga kartada 1878-2005 yillar 
davomida Chirchiq-Ohangaron havzasida qayd etilgan sel toshqinlari alohida 
diagrammada qayd etilgan. Mazkur diagrammalar “Sellar yilnomasi” 
ma’lumotlarini tahlil etish va umumlashtirish asosida tuzilgan. 
Bu borada yurtimizda chiqarilayorgan qaror va farmonlar oz emas, misol uchun 
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1009-son qarori, daryolar 
o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish 
tartibi to‘g‘risidagi nizomida sel toshqinlarini oldini olish, barqaror va xavfsiz 
o‘tkazilishi chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha izlanishlar va tadqiqotlarni 
majmuaviy olib borish ligi aytilgan. 
12.04.1994 yildagi 201-son hujjat 22.02.2021 sanasi holatiga amaldagi versiyaga 
ko‘ra, toshqin, sel oqimlarini oqizib yuborish va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq 
bo‘lgan halokatli oqibatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublilozimkasi Vazirlar Mahkamasining 
qarori qabul qilingan bo ‘lib, sel, toshqin oqimlarini talofatsiz oqizib yuborish, 
ko‘chki hodisalarining oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish 
maqsadlari bayon etilgan.
Sel toshqinlarining yil davomida oylar bo‘yicha taqsimlanish diagrammasidan 
ko‘rinib turibdiki, mamlakatimiz hududida sel toshqinlarining asosiy qismi 
aprel-iyun oylariga to‘g‘ri keladi. Birgina mana shu xulosaning o‘zi mamlakat 
miqyosida sel toshqinlarining oldini olish, aholi punktlari, suv inshootlari va xalq 
xo‘jaligining boshqa ob‘ektlari muhofazasini ta‘minlash, hamda sel toshqinlari 
keltirishi mumkin bo‘lgan zararni iloji boricha kamaytirishga qaratilgan chora-
tadbirlarni belgilashda katta amaliy ahamiyatga ega. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin