Current approaches and new research in modern sciences international scientific-online conference 8 sellar hosil bo‘lishining asosiy qonuniyatlari


CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix30.09.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#150669
1   2   3   4   5   6   7   8
63a48d1d79e75 Samatova

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN 
MODERN SCIENCES
 
International scientific-online conference 
13 
tinimsiz yoqqan jala yomg‘irlar natijasida paydo bo‘ladi va ba’zi xavzalarda yil 
davomida bir necha bor sel toshqinlari takrorlanishi mumkin. 
Ko‘plab sel jarayonlari G‘arbiy Tyan-Shyan (Chotqol, Qurama, Sandalash, Ugom, 
Piskom, Karjantou tizmalari) daryolari va soylarida o‘ziga xos tarzda kuzatiladi 
va ular jala yomg‘ir yoki qorning jadal erishi natijasida, ba’zan esa har ikki 
omilning birgalikdagi ta’sirida hosil bo‘lishi mumkin. Pomir-Oloy daryolari va 
soylari, shu jumladan, Qashqadaryo va Surxandaryo havzalari ham sel 
oqimlarining faolligi bilan ajralib turadi. 
O‘zbekiston hududida, tog‘ daryolari havzalarida yog‘ingarchilik miqdori 
o‘rtacha yillik normadan katta bo‘lgan yillarda sel toshqinlari xavfi ortadi. Shu 
munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi deyarli har yili 
fevralning oxiri yoki mart oyining boshlarida maxsus qaror qabul qiladi. Ushbu 
qarorlarning asosiy maqsadi mamlakatimizda sel oqimlari tufayli yuzaga kelishi 
mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning og‘ir oqibatlarining oldini olish
moddiy zararni bartaraf etish va hech bo‘lmaganda uning harajatlarini 
kamaytirishdan iboratdir. 
Tog‘li hududlardagi daryolarda, jumladan O‘zbekiston daryolari va soylarida, 
yuqorida qayd etilaganidek, havo haroratining keskin ko‘tarilishi natijasida qor 
yoki muzliklarning jadal erishi hisobiga ham sel toshqinlari kuzatilishi mumkin. 
O‘zMU quruqlik gidrologiyasi kafedrasi mutaxassislari tomonidan ishlab 
chiqilgan “Sel toshqinlari” kartasida (1-rasm) muammoni ilmiy va amaliy nuqtai 
nazardan yoritishda asosiy e’tibor quyidagi ikki holatga qaratilgan: 
1. Sel toshqinlarini keltirib chiqaruvchi sabablarni o‘rganish; 
2. Sel toshqinlarining hudud bo‘yicha taqsimlanishini va takrorlanishini 
o‘rganish. 
Kartani tayyorlashda birlamchi manba sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi fondida 
saqalanayotgan “Sellar yilnomasi” to‘plamida qayd etilgan ma’lumotlar asos qilib 
olingan. 



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin