Current approaches and new research in modern sciences international scientific-online conference 8 sellar hosil bo‘lishining asosiy qonuniyatlari


CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix30.09.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#150669
1   2   3   4   5   6   7   8
63a48d1d79e75 Samatova

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN 
MODERN SCIENCES
 
International scientific-online conference 
10 
lokal mikro-o‘choqlarining katta miqdori joylashgan maydoni haqida so‘z 
yuritishga to‘g‘ri keladi. 
Sochilgan sel hosil bo‘lish o‘chog‘i oson parchalanuvchi, sellar orasidagi vaqtda 
qattiq materiallar bilan tez to‘lib qoluvchi yirik va kichik egatlar tarmog‘iga ega 
tikka yalang tog‘ jinslari ko‘rinishida bo‘ladi. Bu yerda sel materialining yig‘ilish 
imkoniyatlari cheklangan, uning yig‘ilish tezligi egatlar to‘lib borgan sari 
kamayadi. Bunday yalang jinslarning qiyalik burchagi quruq yumshoq-chaqiq 
materialning tabiiy tiklik burchagiga yaqindir (35-55
0
). Suv toshqini holatlarida, 
agar oqim hosil bo‘lish tezligi ma’lum bir minimal o‘lchamdan oshsa (odatda 
0,005-0,015 mm/min), yumshoq-chaqiq jinsning ivishi, yomg‘ir suvining yuza 
qismidan va filtratsiya tarzida egatlarga oqib kelishi yuz beradi va natijada yer 
qatlami sel mikrooqimlari ko‘rinishida oqa boshlaydi, keyinchalik bular yagona 
sel o‘zaniga birlashadilar. Yomg‘ir tezlashgan sari “ishlovchi” egatlar hosil bo‘lish 
jarayoni va tezligi ko‘payadi. Yoyma sel hosil bo‘lish o‘choqlarida shakllangan sel 
oqimlari nisbatan kam quvvatli va bir yilda bir necha bor takrorlanishi mumkin. 
Lokal sel o‘choqlari orasida 3 ta asosiy turlarni ajratish lozim: sel o‘yiqlari, sel 
o‘nqir-cho‘nqirlari va qoyali o‘choqlar. Ular ayrim geomorfologik xususiyatlari 
bilan o‘zaro farqlanadi. 
Sel o‘yiqlari - asosan qoyalarning qirrali joylarida uchraydi, ayniqsa qadimgi 
morenalarda ular tog‘ jinslari qatlamlarini yorib kirgan ancha keng va chuqur 
morfologik hosilalardir. Bunday yoriqlarning yon devorlari potensial sel 
maydonini bo‘lakli materiallar bilan ta’minlovchi zonalar vazifalarini bajarib, 
kesilib tushgan yoki juda katta qiyalikka ega bo‘ladilar. Sel o‘yiqlari uzunligi 
ba’zan 2 km va undan ko‘proq ham bo‘ladi; kengligi, chuqurligi va uzunligi 
o‘rtasidagi mutanosiblik 1:1:10 ga yaqin; qiyaligi 15°-25° orasida bo‘ladi. 
Bunday yoriqlarda potensial sel maydonidan “foydalanish” hissasi sel o‘chog‘iga 
kelib tushuvchi suv oqimi ta‘sirining o‘lchami va davomiyligi bilan belgilanadi. 
Sel o‘nqir-cho‘nqirlari - ko‘p jihatlariga ko‘ra sel o‘yiqlariga o‘xshaydi, biroq 
ularning o‘lchamlari nisbatan kichikroq, mazkur hol esa ularning rivojlanish 
imkoniyatlari cheklangani bilan bog‘liq, ayniqsa chuqurligiga ko‘ra. Bunday 
chuqurliklar kam hollardagina 10 m dan ortadi. 
Sel o‘nqir-cho‘nqirlari va o‘yiqlari bir necha yuz yilliklar davomida paydo bo‘lish, 
rivojlanish, yetishish va so‘nish kabi pog‘onalardan o‘tadilar. Ushbu turdagi 
o‘choqlarning paydo bo‘lishi qulash, bir chiziq bo‘yicha kechadigan halokatli 
eroziyalar bilan bog‘liq. Ko‘pincha ular sel oqimlarining shakllanish 
jarayonidayoq hosil bo‘ladi: bunda, odatda, birinchi oqim keyingilaridan yirikroq 
o‘lchamda sodir bo‘ladi. 



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin