Current approaches and new research in modern sciences international scientific-online conference 8 sellar hosil bo‘lishining asosiy qonuniyatlari


CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix30.09.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#150669
1   2   3   4   5   6   7   8
63a48d1d79e75 Samatova

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN 
MODERN SCIENCES
 
International scientific-online conference 
12 
to‘g‘onni yorib chiquvchi toshqinlari, ma’lum ob’ekt uchun kam uchraydigan 
holat, biroq, umuman olganda baland tog‘larda bunday hodisalarning kuzatilishi 
qonuniy va ko‘p uchraydi. Yirik daryolar va qiyaligi kichik bo‘lgan joylarda 
bunday toshqinlar juda ham xatarli emas. Yemirilgan tog‘ jinslari bo‘laklari bilan 
to‘lgan nisbatan kichik va tik tushadigan tog‘ daralari va kuluarilarda to‘g‘onni 
yorib chiquvchi toshqinlar kuchli loy-toshli sel oqimlarini hosil qiladi. Erigan 
muz suvlarining toshqinlari muzliklarning odatdagi va vaqti-vaqti bilan ro‘y 
beradigan siljishlari hamda ulardagi erigan suvlar drenajining buzilishi bilan 
ham bog‘likdir. 
Sel havzasi doirasida quyidagi elementlar ajralib turadi: 
1) sel o‘choqlari; 
2) sel o‘choqlarining suv to‘plash maydoni, ularning tarkibida shu yerga xos
vaqti-vaqti bilan suv toshqinini hosil qilish rejimiga ega elementlar bo‘lishi 
mumkin (muzliklardan to‘yinuvchi, morenalardan iborat to‘g‘onli suv xavzalari); 
3) sel hosil bo‘ladigan maydonlar; 
4) neytral suv to‘plash maydoni. 
Ta’kidlash joizki, sel oqimining atigi bir turi bilan tavsiflanadigan sel havzalari 
ham uchrashi mumkin. Biroq ko‘p hollarda bir o‘zanda barcha sel oqimlari 
turlarining birgalikda yoki navbatma-navbat o‘tishi sodir bo‘ladi. Selning orqa 
kismida tuproq (yer osti) suvlarining paydo bo‘lishini tabiiy holat sifatida qabul 
qilish lozim. Aynan suv oqimlari endigina to‘xtab qolgan loyli va loy-toshli 
uyumlarni yuvib, seldan keyingi o‘zan o‘yiqlarini vujudga keltiradi. 
Sel toshqinlarining geografik tarqalishi 
Sel jarayonlari tog‘li mamlakatlarda 
keng tarqalgan. O‘rta Osiyoning tog‘li sharqiy qismi hamda Qozog‘istonning 
janubiy va janubi-sharqiy qismlari sel jarayonlari faol rivojlanadigan yirik 
hududlar sanaladi. Bu yerlarda katta maydonlarni egallovchi yuzlab sel havzalari 
mavjud. Ularda hosil bo‘ladigan sel oqimlari doimo tabiat boyliklari, xalq xo‘jaligi 
ob’ektlari va turli xil inshootlarga zarar yetkazadi. 
Umuman O‘rta Osiyo xususan, O‘zbekistondagi sel jarayonlari ko‘lamlari haqida 
quyidagi ma’lumotlar ham guvohlik beradi. Birgina Farg‘ona vodiysiga uni o‘rab 
turgan tog‘ yonbag‘rlaridan 300 ga yaqin sel o‘zanlari oqib tushadi. Bu yerlarda 
turli tarkibdagi sel toshqinlarining taqsimlanishida va takrorlanishida ularning 
balandlik mintaqalariga xos qonuniyatlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Xususan, 
tog‘larning yuqori zonalarida loyli va loy-toshli sel oqimlari vujudga keladi, 
Farg‘ona vodiysini (adirlar chizig‘i) bevosita o‘rab olgan past tog‘ etaklarida esa 
o‘ziga xos suv-oqiziqli sel oqimlari (adir sellari) shakllanadi. Ular uzoq vaqt 



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin