Current approaches and new research in modern sciences international scientific-online conference 8 sellar hosil bo‘lishining asosiy qonuniyatlari


CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix30.09.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#150669
1   2   3   4   5   6   7   8
63a48d1d79e75 Samatova

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN 
MODERN SCIENCES
 
International scientific-online conference 
11 
Qoyali sel kuluarlari va Kuluarlar. Kuluar (fransuzcha couloir — oʻtish, yoʻlak) — 
togʻ yonbagʻridagi (odatda qoyalar va qoyali yoriqlar orasida) suv oqimi 
chizigʻidan pastga yoʻnalgan chuqurlik. Ular tog‘ jinslarining jadal parchalanishi 
jarayonida yuz bergan va potensial sel maydoni uchun to‘yinish maydoni rolini 
o‘ynayotgan ulkan qoyali tog‘lar va massivlar orasida joylashadi. Alohida 
kuluarlar uzunligi kam hollarda 1000-1500 m dan ortadi. Kengligi 15-20 m, 
o‘rtacha qalinligi bir necha metr, qiyaliklari odatda 35-45
0
oralig‘ida o‘zgarib 
turadi. Bunday o‘choqlardan oqiziqlar chiqish hajmi, odatda, o‘nlab, kam 
hollarda yuzlab ming m
3
larda o‘lchanadi. Biroq qoya tubi sel o‘choqlari ma’lum 
maydonda harakatlanib, ayni vaqtda kuchli sel oqimlarini hosil qilishi ham 
mumkin. 
Qoya tubi sel o‘choqlari orasida ba’zan juda yirik gigantlari ham uchraydi. 
Odatda, bu tor va chuqur daralar, hamda glyatsial suv toshqiniga ega katta 
potensial sel maydoni kanonlardir. Qoyali o‘choq harakatlari ko‘proq uni hosil 
qilgan tog‘ jinslarininig petrografik tarkibi bilan belgilanadi. Ushbu tarkib ta’siri 
ikki asosiy yo‘nalishlarga, aniqrog‘i, yumshoq-chaqiq qatlamlarning kelib 
qo‘shilish tezligiga va mazkur materiallarning fizik-mexanik xususiyatlariga 
bog‘liq. Ushbu ikki jihatda loy qorishmalarining qanchalik faolligi ma’lumdir. 
Umuman olganda sel hodisalarida turli xil tog‘ jinslari egallagan maydonlarning 
ishtirok etishi to‘g‘risida ko‘plab misollar keltirish mumkin. Ular granitli
duaritli, ohaktoshli, marmarli, turli slaneslar, qum, vulqon tuflari egallagan 
maydonlar bo‘lishi mumkin. 
Ta’kidlash joizki, sel oqimini alohida loyli yoki loy-toshli deb tasniflash hollari 
juda kam uchraydi. Oqimlarning “bosh” qismi yoki alohida to‘lqinlari ko‘pincha 
loy-toshli bo‘lsa, ayni damda asosiy qismlari loydan iborat bo‘ladi. Shuningdek, 
loyli yoki loy-toshli oqimdan avval suv-cho‘kindi oqimi o‘z izlarini qoldirib 
o‘tishini har doim e’tiborga olmoq darkor va oqimning umumiy turini, hamda 
xususiyatlarini aniqlaganda bu izlardan birdaniga yakunlovchi xulosa chiqarish 
to‘g‘ri emas. 
Potensial sel maydonini suv bilan ta’minlash usullari haqida so‘z borganda
quyidagi 3 ta asosiy turni farqlash joiz: jala, glyatsial va ko‘l toshqinlari. Oxirgi 
holatda muzlikdan to‘yinuvchi ko‘llar to‘g‘onlarining buzilishi oqibatida kelib 
chiqadigan sel toshqinlari nazarda tutilmoqda. 
Glyatsial sellar, muzlikdan to‘yinuvchi ko‘llar va muzlik ichida to‘plangan 
suvlarning ularni ushlab turgan to‘g‘onlarni yorib chiqishi natijasida, 
shuningdek, potensial sel maydonilarning morenalarda erigan filtratsion suvlar 
bilan namlanganligi sababli hosil bo‘ladi. Bunday erigan muzlik suvlarining 



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin