Current approaches and new research in modern sciences international scientific-online conference 8 sellar hosil bo‘lishining asosiy qonuniyatlari


CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix30.09.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#150669
1   2   3   4   5   6   7   8
63a48d1d79e75 Samatova

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN 
MODERN SCIENCES
 
International scientific-online conference 

havzasidagi eroziya kabilarning o‘ziga xos belgilarini hisoblash masalasi va 
o‘zandagi oqimning tashuvchi xususiyatlari o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. 
Oqiziqlarning harakat jarayoni allyuvial-prolyuvial qatlamlarning ichki 
ishqalanish burchagi o‘zan qiyaligi burchagidan ancha katta bo‘lganida kechadi. 
Ivishi va zaif ulanishli qatlamlarning qalinlashishi tezliklari yuvib ketish 
tezligidan uncha yuqori bo‘lmagan tuproqlar uchun tashish jarayoni juda kichik 
qiyaliklar holatida ham sodir bo‘laveradi. 
Eroziya-siljituvchi sel oqimi.
 
Jala quyishi, muzlik ichidagi suvlarning yorib 
chiqishi, yoki ko‘llar suvi toshishi oqibatida vujudga kelgan suv oqimi sel 
o‘chog‘iga tushsa va bu o‘choqning qiyaligi siljish jarayonida o‘choqlar qiyaligi va 
eroziya-tashuvchi jarayon o‘zanlari qiyaligi orasidagi holatni egallasa, bu holda u 
loy-toshli oqimni shakllantiradi. Suv oqimi va potensial sel maydonlarining 
o‘zaro ta’sir etish jarayoni, tog‘ jinslarining o‘lchamlariga nisbatan katta va 
xarsang toshlarga yaqin bo‘lgan alohida qismlarning ketma-ket siljib borishida 
namoyon bo‘ladi. Ushbu turdagi sel toshqinlari jarayonining davomiyligi 
boshlang‘ich suv oqimining ta’siri muddati bilan aniqlanadi. 
Siljituvchi sel jarayoni.
 
Ushbu turdagi jarayon tufayli hosil bo‘ladigan sel 
oqimlarining shakllanish imkoniyati potensial sel maydonining suv bosqini va 
siljishi sharoitlari bilan bog‘liq. Ushbu ta’rif qoya tubi sel o‘choqlarida yig‘iluvchi 
yumshoq-chaqiq qatlamlarga taalluqlidir. Muzlagan morenalarda filtrlovchi 
toshqin ta’sirida ivib qolgan tog‘ jinsi bo‘lagi massivi potensial sel maydoni 
bo‘ladi. Agar potensial sel maydonida loy zarrachalari katta miqdorda mujassam 
bo‘lsa, u plastik xususiyatlarni namoyon qiladi. 
Siljituvchi jarayon yumshoq-chaqiq jinsning ichki ishqalanish burchagi soylik 
yoki kuluarning qiyalik burchagidan unchalik katta bo‘lmagan holda, 
shuningdek, potensial sel maydonining suv toshqini natijasida siljituvchi kuchlar 
ushlab qoluvchi kuchlardan ustun kelganda rivojlanib boradi. Potensial sel 
maydonining siljishi va keyinchalik suv bilan birga harakatlanishi natijasida sel 
massasi hosil bo‘ladi, loyli va loy-toshli oqimning shaklllanishi ro‘y beradi. 
Sel o‘choqlarini o‘rganish va hisoblashda qulaylik yaratish maqsadida ularni 
lokal va yoyma sel hosil bo‘lish o‘choqlariga ajratish lozim. Ikkala tur sel 
o‘choqlaridagi jarayon fizikasi bir xil. Unda ham, bunda ham sel hosil bo‘lishi 
yumshoq-chaqiq jinsning siljishi va keyinchalik yoppasiga xarakatlanishi bilan 
izohlanadi. Lokal va yoyma sel hosil bo‘lish o‘choqlari o‘rtasidagi farq ko‘proq 
miqdoriydir, bu yerda miqdoriy holatlar sifat jihatidan ko‘rib chiqishga turtki 
bo‘lishini kuzatish mumkin. Birinchi holda biz potensial sel maydonini yaxlit, 
individual ob’ekt sifatida ko‘rib chiqsak, ikkinchisida esa sel hosil bo‘lishining 



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin