Bir ulushini olib



Yüklə 35,7 Kb.
səhifə7/14
tarix11.12.2022
ölçüsü35,7 Kb.
#73847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Audit

Uzoq muddatli aktivlar. Subyekt faoliyatida uzoq muddatli asosda foydalaniladigan aktivlar, jumladan subyektning mulki, binolari va uskunalari, moddiy aktivlari, taraqqiyot va gudvillga xarajatlari. Investitsiyalash maqsadida saqlab turilgan va hisobot kunidan boshlab, 12 oy davomida sotilishi mumkin bo`lmagan aktivlar.
Uzoq muddatli aktivlar quyidagi ijobiy xususiyatlar bilan tasniflanadi:
a) ular inflatsiya bilan bog`liq yo`qotishlardan kam zarar ko`radi va undan yaxshi himoyalangan;
b) korxonaning operatsiya faoliyati jarayonida ular tijorat tavakkalchiligi bilan bog`liq yo`qotishlardan kamroq zarar ko`radi;
v) bu aktivlar tovar bozorlaridagi konyunktura holatiga mos ravishda turli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlab, foydani o`stirishga sharoit tug`diradi;
g) tovar-moddiy zaxiralarni saqlash orqali ularni yo`qotishlardan himoyalashga imkon yaratadi;
d) tovar bozorlari konyunkturasida ijobiy o`zgarishlar yuz berganda ular operatsiya faoliyatni kengaytirish zaxiralariga ega.
Shu bilan birga uzoq muddatli aktivlarga xos bo`lgan bir qator salbiy xususiyatlar ham mavjud:
a) ularga xos ma’naviy eskirish ta’sirida, ishlab chiqarish jarayonidan chiqarilmasdan turib o`z bozor qiymatini yo`qotishi va zamon talablariga mos kelmay qolishi mumkin;
b) bu aktivlarni qisqa muddatli oraliqda operativ boshqarish samaradorligi pastdir, bozor konyunkturasidaga salbiy o`zgarishlar ta’sirida bu aktivlarni tezda o`zgartirish va yangi mahsulot ishlab chiqarishga moslashtirish imkoni cheklangan;
v) bu aktivlarning ko`p qismi past likvidli aktivlar sirasiga kiritiladi va zarur paytlarda korxona majburiyatlari bo`yicha to`lovlar uchun pul mablag`lariga aylantirish tezligi pastdir.
Ularga quyidagilar kiradi:

Asosiy vositalar — ishlab chiqarish jarayonida bir yildan ortiq muddatda ishlatiladigan, har bir donasining narxi sotib olish paytida eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuqori bo`lgan, kelgusida korxona iqtisodiy naf keltiradigan aktivlar kiradi. Ishlab chiqarish jarayonida ular asta-sekin eskirib boradi.
Asosiy vositalarga yer, yerni obodonlashtirish, bino va inshootlar, asbob va uskunalar, hisoblash texnikasi, ofis mebeli, transport vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar va boshqalar kiradi.

Yüklə 35,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin