Bir ulushini olib



Yüklə 35,7 Kb.
səhifə4/14
tarix11.12.2022
ölçüsü35,7 Kb.
#73847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Audit

Auditor o'z kasb malakasidan foydalanib, audit davomida xo'jalik yurituvchi sub'ektning nazorat tizimini, nazorat muhitini va alohida nazorat vositalarini baholashi shart.
Nazorat vositalari riskini baholash uchun auditor nazorat vositalarini test sinovidan o'tkazishi kerak.
Nazorat vositalarini test sinovidan o'tkazish quyidagilardan iborat:
Nazorat vositalarini test sinovidan o'tkazish quyidagilardan iborat:
1. Moliya-xo'jalik operatsiyalarini o'tkazishni aks ettiradigan hujjatlarni tekshirish va shu munosabat bilan auditorlik dalillarini olish nazorat vositalarining yetarli tarzda faoliyat ko'rsatganligini aniqlash.
2. To'g'ridan-to'g'ri hujjatlar bilan tasdig'ini olish imkoni bo'lmagan hollarda, nazorat vositalarining faoliyat ko'rsatishiga oid auditorlik dalillarini olish maqsadida operatsiyalarni rasmiylashtirish ustidan kuzatuvlar va so'rovnomalar o'tkazish.
3. Nazorat vositalarining ish qobiliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni olish uchun boshqa auditorlik tartib-taomillarining natijalaridan foydalanish.

  • Nazorat riskini baholashda auditor, o'tgan yillar auditining materiallaridan foydalanishi mumkin,bunda u ana shu tegishli nazorat vositalari uchun o'tgan yillarda baholangan riskning tekshirilayotgan yil uchun ham to'g'riligiga ishonch hosil qilishi kerak.

  • Nazorat riskini baholash natijalarini auditor auditning umumiy rejasida aks ettirishi kerak.

Aniqlamaslik riski

  • Aniqlamaslik riski auditor tomonidan sub'ektiv ravishda aniqlanadigan ehtimollik bo'lib, auditor tekshiruv davomida qo'llaydigan auditorlik tartib-taomillari buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda haqiqatda mavjud bo'lgan, alohida olinganda yoki umumiy holatda muhim xarakterga ega bo'lgan xatolar va buzilishlarni aniqlash imkonini bermasligini ifodalaydi.

  • Aniqlamaslik riski auditor ishi sifatining ko'rsatkichi bo'lib, auditor malakasiga va o'tkazilayotgan auditorlik tekshiruvining xususiyatlariga bog'liqdir.

  • Auditor, ajralmas va nazorat risklarini baholash asosida o'z ishida yo'l qo'yiladigan aniqlamaslik riskini aniqlashi va aniqlamaslik riskini iloji boricha kamaytirishni hisobga olgan holda tegishli auditorlik tartib-taomillarini rejalashtirishi shart.


Yüklə 35,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin