Bir ulushini olib


Auditorlik riski o'z ichiga uchta tarkibiy qismni oladi



Yüklə 35,7 Kb.
səhifə3/14
tarix11.12.2022
ölçüsü35,7 Kb.
#73847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Audit

Auditorlik riski o'z ichiga uchta tarkibiy qismni oladi:
Auditorlik riski o'z ichiga uchta tarkibiy qismni oladi:
1. Ajralmas risk;
2. Nazorat riski;
3. Moliyaviy hisobotdagi xatolar va buzilishlarni aniqlamaslik riski.
Ajralmas risk
Ajralmas risk balans yoki operatsiyalar toifasining moddiy xarakterga ega bo'lgan buzilishlarga moyilligidan iboratdir. Ajralmas riskka buxgalteriya balansi yoki operatsiyalar toifasining xarakteri ta'sir ko'rsatadi.

  • Ajralmas riskni baholash auditorning mijoz faoliyati xususiyatlarini, uning tashkiliy tuzilishini va korxonani boshqarish tavsifnomalarini bilishiga asoslanadi.

  • Auditning umumiy rejasini tayyorlashda, auditor o'z kasbiy malakasidan foydalanib, balans moddalari va moliyaviy hisobot ko'rsatkichlariga nisbatan ajralmas riskni baholashi kerak.

  • Ajralmas riskni baholashda auditor o'tgan yillar auditi materiallaridan foydalanishi mumkin, bunda u ana shu baholangan riskning tekshirilayotgan yil uchun ham to'g'riligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Ajralmas riskka quyidagi omillar ta'sir ko'rsatishi mumkin:
Ajralmas riskka quyidagi omillar ta'sir ko'rsatishi mumkin:
1. Oddiy hisob-kitoblarga qaraganda murakkab hisob-kitoblarda moddiy jihatdan buzib
ko'rsatish ehtimolining darajasi katta bo'ladi.
2. Naqd pullar o'g'irlanishga moyil bo'ladi.
3. Nisbatan barqaror haqiqiy ma'lumotlardan iborat bo'lgan schyotlarga qaraganda smeta taxminlaridan kelib chiqadigan summalardan iborat bo'lgan schyotlar riskning yuqori darajasini yuzaga keltiradi.
4. Texnologik yutuqlar zaxiralarning sezilarli oshishiga sabab bo'lib, har qanday muayyan mahsulotni eskirgan mahsulotga aylantirishi mumkin.
5. Inqiroz holatidagi tarmoqda bo'lgan va biznesda ko'pgina muvaffaqiyatsizliklarga uchragan hamda yetarli darajadagi oborot kapitali ega bo'lmagan mijozning kompaniya rahbariyati moliyaviy hisobotni buzib ko'rsatishga moyilligi bo'ladi.
Nazorat riski
Nazorat riski xo'jalik yurituvchi sub'ektda mavjud bo'lgan va muntazam ravishda qo'llanadigan buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida olingan yoki umumiy holatda jiddiy buzilishlarni o'z vaqtida aniqlamasligi va ularni tuzatmasligi va (yoki) bunday buzilishlarning paydo bo'lishiga to'sqinlik qilaolmaslik ehtimolini ifodalaydi.
Nazorat riski xo'jalik yurituvchi sub'ektning buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimining ishonchlilik darajasini tavsiflaydi.

Yüklə 35,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin