Bir ulushini olib



Yüklə 35,7 Kb.
səhifə2/14
tarix11.12.2022
ölçüsü35,7 Kb.
#73847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Audit

Muhimlilik tushunchasi
Auditda xo'jalik yurituvchi sub'ekt moliyaviy hisobotining ishonchliligiga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan holatlar muhim holatlar deb tan olinadi.

  • Barcha muhim munosabatlarda moliyaviy hisobotning ishonchliligi deganda, moliyaviy hisobot ko'rsatkichlari aniqligining shunday bir darajasi tushuniladiki, bunda ushbu hisobotdan malakali foydalanuvchi bu asosida to'g'ri xulosalar chiqarishga va to'g'ri qarorlar qabul qilishga qodir bo'ladi. Axborotning muhimliligi — bu uning xususiyati bo'lib, u mazkur axborotdan oqilona foydalanuvchining qarorlariga ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladi.

  • Muhimlilik darajasi deganda, moliyaviy hisobot buzilishining chegaraviy belgisi tushuniladi, undan boshlab ushbu hisobotning malakali foydalanuvchisi uning asosida to'g'ri xulosalar chiqarish va to'g'ri qarorlar qabul qilishga qodir bo'lmay qoladi.

Muhimlilik darajasining mutlaq ahamiyatini aniqlaganda, auditor xo'jalik yurituvchi sub'ektning audit qilinadigan hisobotining ishonchliligini tavsiflaydigan eng muhim ko'rsatkichlarni asos sifatida qabul qilishi kerak, bundan keyin ular moliyaviy hisobotning bazaviy ko'rsatkichlari deb nomlanadigan xisobotni ishonchligini tavsiflaydigan eng muxim ko'rsatkichlarni asos sifatida qabul qilishi kerak.

  • Muhimlilik darajasining mutlaq ahamiyatini aniqlaganda, auditor xo'jalik yurituvchi sub'ektning audit qilinadigan hisobotining ishonchliligini tavsiflaydigan eng muhim ko'rsatkichlarni asos sifatida qabul qilishi kerak, bundan keyin ular moliyaviy hisobotning bazaviy ko'rsatkichlari deb nomlanadigan xisobotni ishonchligini tavsiflaydigan eng muxim ko'rsatkichlarni asos sifatida qabul qilishi kerak.

Auditorlik riski tushunchasi
Auditorlik riski — auditorlik tekshiruvi yakunlari bo'yicha auditor tomonidan sub'ektiv ravishda aniqlanadigan, moliyaviy hisobotning ishonchliligi tasdiqlanganidan keyin aniqlanmagan muhim buzilishlar bo'lishi mumkinligini e'tirof etish yoki aslida bunday buzilishlar moliyaviy hisobotda bo'lmasada, unda muhim buzilishlar mavjud bo'lishi mumkinligini e'tirof etish ehtimolligidir.

Yüklə 35,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin