Bir ulushini olib


VII. MOHIYATI BO`YICHA TEKSHIRISh AMALLARI



Yüklə 35,7 Kb.
səhifə6/14
tarix11.12.2022
ölçüsü35,7 Kb.
#73847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Audit

VII. MOHIYATI BO`YICHA TEKSHIRISh AMALLARI

19. Mohiyati bo`yicha tekshirish amallari auditorlik tashkilotining moliyaviy hisobotda xato-kamchiliklar mavjud yoki mavjud еmasligini aniqlash uchun auditorlik dalillari olish maqsadida bajaradigan amallarni ifodalaydi.



20. Mohiyati bo`yicha tekshirish amallarini bajarishda quyidagi savollar o`rganib chiqiladi:
hisobot davri yakunlangan sanada majburiyatlar va aktivlarning mavjudligi;
moliyaviy hisobotda aktivlar, majburiyatlar, xo`jalik operatsiyalari va hodisalarning to`liq aks еttirilishi;
aktivlar va majburiyatlarning mos qiymatlarda aks еttirilishi;
moliyaviy hisobotda xo`jalik operatsiyalari va hodisalarning aniq summalarini aks еttirish;
daromad va xarajatlarni tegishli davrlarda aks еttirish.

VIII. AUDITORLIK DALILLARINI OLISh AMALLARI
21. Auditorlik tashkiloti auditorlik dalillarini quyidagi auditorlik amallarining bir yoki bir nechtasini bajarish yo`li bilan oladi:
a) nazoratlash - yozuvlar, hujjatlar va moddiy aktivlarni tekshirish;
b) kuzatish - boshqa shaxslar tomonidan bajariladigan jarayon va ishlarni o`rganish. Masalan, auditorlik tashkilotining xo`jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan amalga oshiriladigan tovar-moddiy zahiralarning inventarizatsiyasini kuzatish;
v) so`rov - xo`jalik yurituvchi sub’ekt va undan tashqaridagi shaxslardan ma’lumot yig`ish;
g) hisoblash - boshlang`ich hujjatlar va buxgalteriya yozuvlaridagi arifmetik hisob-kitoblarning aniqligini tekshirish;
d) analitik amallar - auditorlik tashkiloti tomonidan olingan ma’lumotni tahlil qilish va baholash, buxgalteriya hisobida xo`jalik faoliyatidagi g`ayriqonuniy va noto`g`ri aks еttirilgan holatlarni aniqlash maqsadida xo`jalik yurituvchi sub’ektning muhim moliyaviy va iqtisodiy ko`rsatkichlarini tekshirish, shuningdek, xato va kamchiliklar sabablarini surishtirish.


Korxonaning uzoq muddatli aktivlari tarkibi va ularni boshqarish xususiyatlari
Uzoq muddatli aktivlar bo`limida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymati, uzoq muddatli investitsiyalar, o`rnatiladigan uskunalar, kapital qo`yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari va muddati kechiktirilgan uzoq muddatli xarajatlar summalari oshkor qilinishi kerak.

Yüklə 35,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin