Bir ulushini olib


Auditorlik riskining darajasi bilan muhimlilik o'rtasida teskari aloqa mavjud



Yüklə 35,7 Kb.
səhifə5/14
tarix11.12.2022
ölçüsü35,7 Kb.
#73847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Audit

Auditorlik riskining darajasi bilan muhimlilik o'rtasida teskari aloqa mavjud

  • muhimlilik

darajasi qancha yuqori bo'lsa, auditorlik riski shuncha past bo'ladi va aksincha.
Agarda auditorlik tartib-taomillari rejalashtirilganidan keyin auditor muhimlilikning maqbul darajasini past deb qaror qabul qilsa, u holda auditorlik riski ko'tariladi. Auditor buni quyidagi yo'llar bilan aniqlashi kerak bo'ladi:
- imkoni bo'lganda nazoratning chuqurlashtirilgan yoki qo'shimcha testlarni o'tkazish yo'li bilan pasaytirilgan darajani saqlash orqali nazorat riskining baholanayotgan darajasini
pasaytirish,;
- mustaqil (asosiy) tartib-taomillar darajasi, vaqti va xarakterini modifikatsiyalash yo'li
bilan aniqlamaslik riskini kamaytirish orqali.


6.3. Auditorlik riski tushunchasi, auditorlik risklarining maqbul to’plami va unga ta’sir ko’rsatadigan shart-sharoitlar

Yuqorida bayon etilganidek, auditorlik risklarining maqbul to’plami bir qancha risklardan iborat.

Umumiy auditorlik amaliyotida auditorlik risklarining maqbul to’plamiga quyidagicha yondashuv ishlab chiqilgan va ular ingliz tilidagi abbreviaturasi (bosh harflari) bo’yicha quyidagi formula ko’rinishida ifodalangan:

DAR= IR*CR*DR



DAR (Desired audit risk) – ARMT (auditorlik risklarning maqbul to’plami);
IR (Internal risk) – IXR (ichki xo’jalik riski);
SR (Control risk) – NR (nazorat riski);
DR (Detection rick) – AR (aniqlanmaslik ya’ni xatolar va moliyaviy hisobotdagi kamchiliklarning aniqlanmaslik riski).
Demak, auditorlik risklarining maqbul to’plami (ARMT) ni va uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar (IXR; NR; AR)ni batafsil bayon qilish va mohiyatini o’rganish uchun quyidagi formula ko’rinishida ifodalaymiz hamda uning tarkibiy qismlarini alohida ko’rib chiqamiz:
ARMT= IXR*NR*AR
Ichki xo’jalik riski –IXR (IR-Internal risk) – bu mazkur buxgalteriya schyotidabalans moddasida, bir turdagi xo’jalik muomalalari guruhida yaxlitlanganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotida jiddiy kamchiliklarning, bunday kamchiliklar ichki nazorat tizimi vositalari yordamida aniqlan-gunga qadar yoki ichki xo’jalik nazorati umuman yo’q bo’lganda, auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlanish ehtimoli tushuniladi. Ichki xo’jalik riskini baholashda auditor bir necha guruh omillarni e’tiborga olishi lozim.
Nazorat (nazorat vositalari) riski – NR (CR-Control risk) – bu korxonaning mavjud va muntazam qo’llanilib kelinayotgan buxgalterlik hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy ahamiyat-ga ega bo’lgan kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlay olmaslik va tuzata olmaslik (yoki bunday kamchiliklar vujudga kelishining oldini olish) ehtimolining auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlangan ko’rsatkichidir.
Aniqlanmaslik riski (AR) - ya’ni xatolar va moliyaviy hisobotdagi kamchiliklarning aniqlanmaslik (ko’zga tashlanmaslik) riski (DR-Detektion risk) – bu auditorlik tekshiruvi jarayonida qo’llaniladigan auditorlik amallarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda haqiqatan mavjud bo’lgan har biri alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy hisoblangan xatolar hamda kamchiliklarni aniqlash imkoni yo’qligining ehtimolidir. Bunday ehtimollik auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlanadi. Shuningdek, auditor ishlarining sifat ko’rsatkichi, auditorning malakasi va muayyan auditorlik tekshiruvining o’tkazilish xususiyatlariga bog’liq.
Aniqlanmaslik riskini ikki guruhga bo’lish mumkin:
1. Tahliliy risk –bu tahlil amallari (ishlari) bajarilganda jiddiy xatolarga yo’l qo’yilish riskidir. Bunday xatolarni auditor ko’rishi mumkin, ammo juda murakkabligi hamda o’zining maxsus malakasi etishmasligi sababli tushunmasdan o’tkazib yuborishi mumkin.
2. Tanlashdagi risk –bu jiddiy xato-kamchiliklarning nazorat testlarini o’tkazish (tanlab olish) chog’ida ham, xo’jalik muomalalarini mohiyatan tekshirish chog’ida ham aniqlanmay qolish ehtimolidir.
Aniqlanmaslik riski - auditorlik faoliyatining sifati va samaradorligini baholaydigan ko’rsatkich bo’lib, u muayyan auditorlik tekshiruvini o’tkazish tartibiga, hamda auditorlar malakasi va ularning xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan oldindan tanishlik darajasiga bog’liq. Auditor ichki xo’jalik riski va nazorat vositalarining riskini baho-lash asosida o’z faoliyatida yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan aniqlanmaslik riskini aniqlashi lozim. Aniqlanmaslik riski-ning imkon qadar pasaytirilgan ko’rsatkichini hisobga olgan holda tegishli auditorlik amallarini rejalashtirishi lozim.



Yüklə 35,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin