245
vaqtda qon o‗zida erigan moddalarning doimiy ravishda to‗qimalarga
kirib
turishini, ularni buyrak, o‗pka, teri kapellarlari orqali chiqarib turilishini
ta‘minlaydi (28-rasm).
28-rasm.
Moddalarning qon orqali aylanish sxemasi
Moddalarning qon orqali tez oqishiga qaramay, organizmning qondagi nozik
neyrogumoral boshqariluvi tufayli uning tarkibi ajoyib tarzda doimiy bo‗ladi.
Qonning asosiy fizik-kimyoviy va biologik ko‗rsatkichlari
faqat juda tor
chegaralarda o‗zgarib turadi. Qon plazmasi solishtirma og‗irligi 1,027 bo‗lgan,
somonsimon-sariq suyuqlik hisoblanadi va uning kimyoviy tarkibi 18-jadvalda
keltirilgan.
18-jadval.
Qon plazmasining kimyoviy tarkibi
.
Moddalar
Miqdori
mg % hisobida
Moddalar
Miqdori
mg % hisobida
Oqsillar
6000-8600
Qoldiq azot (um/miqd.)
23,0-27,0
Glyukoza (shakar)
80,0-120,0
Siydikchil azoti
19,3
Lipidlar (um/miqd)
622,0
Natriy
325,0
Yog‗ kislotalari
204-341
Bikarbonatlar
226,8
Fosfolipidlar
221,0
Kaliy
16,0
Xolesterin
197,0
Kalsiy
9,8
Atseton tanachalari
0,1
Fosfor (umumiy)
11,4
Xloridlar
369,0
246
18-jadvaldan ko‗rinib turibdiki, plazmaning eng muhim organik moddalar
qismi oqsillar hisoblanadi, ularning tarkibiga fibrinogen ham kiradi. Fibrinogendan
holis
qilingan plazma
qon zardobi
deyiladi. Qon plazmasi ko‗pincha
organizmning turli xil to‗qimalari orasida vositachilik funksiyasini bajaradi. Qon
plazmasi tarkibida organ va to‗qimalarda moddalar almashinuvini so‗nggi
mahsulotlari bo‗lib, ular buyraklar orqali tashqi muhitga chiqariladi. Plazmada
gormonlar, fermentlar va almashinuv jarayonlarining
oraliq mahsulotlari oz
miqdorda aylanib yuradi. Plazma va jigar o‗rtasida juda yaqin bog‗lanish bor,
ayniqsa, bu bog‗lanish oqsillar, shuningdek, fosfolipidlar va xolesterinlarga
tegishli bo‗lib, ularning asosiy qismi jigarda sintezlanadi.
Dostları ilə paylaş: