243
27-rasm.
Qon tarkibining sxematik tasviri.
27-rasmdan ko‗rinib
turibdiki, qon plazmadan va unda muallaq holda
joylashgan shaklli elementlardan tashkil topgan. Shaklli
elementlarga eritrotsitlar,
leykotsitlar va trombotsitlar kiradi. Qon umumiy hajmining 55%ini plazma tashkil
qiladi.
Eritrotsitlar shaklli elementlarning asosiy qismini tashkil qiladi va ularning
ulushi umumiy qon hajmining 44 % ini tashkil qiladi. Boshqa hujayralar hisobiga
esa atigi 1% to‗g‗ri keladi. Qonning 90 % i suvga to‗g‗ri keladi, qolgani (10 %)
quruq qismidir. Uning quruq qismining 94,3 % i eritrotsitlar, 5,6 % i trombotsitlar,
leykotsitlar esa 0,1 % ni tashkil qiladi. Patologik
sharoitda bu nisbatlar
o‗zgarishlarga duch keladi. Odatdagi tana haroratida qon plazmasining osmotik
bosimi 7,6 atm.ga teng bo‗ladi. Bu bosim ko‗rsatkichining asosiy qismi natriy xlor
va boshqa past molekulali
birikmalar ulushi hisoblansa, uning 0,03-0,04 atm.ga
teng ulushi onkotik bosim deb nomlanib oqsillar hisobiga to‗g‗ri keladi. Sog‗lom
odamda qonning kimyoviy tarkibi doimiy bo‗ladi.
Bu organizmda jigar, buyrak, o‗pka va yurak-qon
tomir tizimi kabi hayotiy
organlar va to‗qimalarning faoliyatini aniq ravishda o‗zaro bog‗liqlikligini
ta‘minlaydigan kuchli boshqaruv mexanizmlari (markaziy asab tizimi,
gormonal
tizimlar va boshqalar) mavjudligi bilan bog‗liq. Qon tarkibida favqulotda yuz
beradigan hamma o‗zgarishlar sog‗lom organizmda tezda qaytadan tiklanadi.
Dostları ilə paylaş: