4
jarayonlarga xos kimyoviy jihatlarining bayoni qiyosiy-evolyutsion nuqtayi
nazardan amalga oshirilgan va bakteriyalar, zamburug‗lar, o‗simliklar, hayvonlar
hamda odamlarda kechadigan biokimyoviy jarayonlarning umumiylik va farqli
jihatlari ilmiy asosda yoritib berilgan. Shuningdek, bo‗lajak biolog-bakalavr uchun
muhim jabha, ya‘ni ekologik vaziyat o‗zgarishlarining biokimyoviy jarayonlarga
ta‘siriga oid masalalar va ajratib olingan ayrim birikmalardan hamda, umuman,
biokimyoviy jarayonlardan amaliyotda foydalanish imkoniyatlari bayon qilingan.
Kitob hayotiy jarayonlarning fizik-kimyoviy asoslarini o‗rganishga qiziqqan
kishilarga, eng avvalo, biokimyo, tibbiyot, qishloq xo‗jaligi va xalq xo‗jaligining
boshqa sohalari mutaxassislari uchun ham foydali bo‗lishi mumkin. Shu sababli
ushbu darslikni universitet va pedagogika institutlarining biolog-bakalavrlaridan
tashqari, meditsina, qishloq xo‗jaligi, farmatsevtika va boshqa sohalarga tegishli
oliy o‗quv yurtlari talabalari va magistrlariga tavsiya qilish mumkin.
Biokimyoda materiallarni bayon qilishni qulaylashtirish maqsadida
qisqartirilgan atamalardan foydalanildi. Ularning ayrimlari quyida keltirilgan:
Dostları ilə paylaş: