247
bo‗lgan eritmadan foydalaniladi. Eritmaning osmotik
bosimidan ziyod yoki kam
osmotik bosimli eritmalar o‗zaro mos holda
gipertonik
yoki
gipotonik
eritmalar
deyiladi.
Onkotik bosim.
Oqsillar mavjudligi tufayli
yuzaga chiqadigan kolloid-
osmotik bosim
onkotik bosim
deyiladi. Yuqorida ta‘kidlab o‗tilganidek, u, odatda,
kichik (0,03-0,04 atm.) ko‗rsatkichga ega bo‗ladi.
Lekin uning biologik
suyuqliklardagi ahamiyati juda katta. Masalan, och qolish, ovqat hazm qilish trakti,
buyraklar kasalliklarida qon tarkibidagi oqsillar
miqdorini kamayishi bilan
(gipoproteinemiya) tufayli qon va to‗qima suyuqliklaridagi onkotik bosim o‗rtasida
farq paydo bo‗ladi. Natijada, suv qondan yuqori bosimli tomonga, ya‘ni to‗qimaga,
ko‗pincha teri osti to‗qimasiga intiladi va shu yerning o‗zida yig‗iladi ham. Bunda
shish paydo bo‗lib, u
ochlik
yoki
buyrak shishi
deb yuritiladi.
Muhitning pH ko‗rsatkichi
. Vodorod ionlari konsentratsiyasiga
asoslangan
holda
aytish mumkinki,
muhit reaksiyalari neytral, kislotali va ishqoriy bo‗lishi
mumkin. Bu 1 litr hajmdagi suvda dissotsialangan ionlar soni 1,10
-14
gramm bilan
belgilanadi. Suv molekulasi bitta (H
+
) va bitta (OH
–
) ioniga dissotsiatsiyalanganligi
sababli (H
+
) va (OH
–
) larning konsentratsiyalari 1.10
-7
ni tashkil qiladi. Masalan,
vodorod ionlarining konsentratsiyasi 1.10
-3
gacha kamaysa,
gidroksil ionlarining
konsentratsiyasi 1.10
-11
gacha ko‗tariladi va muhitning reaksiyasi ishqoriy bo‗lib
qoladi.
Agar
vodorod
ionlari
kontsentratsiyasi
gidroksil
ionlari
kontsentratsiyasidan yuqori bo‗lsa, muhitning reaksiyasi kislotali bo‗ladi.
Qonga doimiy ravishda har xil kislotali yoki ishqoriy
moddalar kirib turishi
sababli, ular parchalanish mahsuloti yoki moddalar almashinuvining so‗nggi
metabolitlari bo‗lib, muhit reaksiyasini doimiy tarzda saqlab turish juda muhimdir.
pH ko‗rsatkichining birozgina siljishi organizmni og‗ir holatga olib keladi. Qon pH
ko‗rsatkichining
kislotali tomonga siljishi
Dostları ilə paylaş: