Buxoro davlat tibbiyot instituti tibbiy pedagogika fakultetining 141-guruh talabasi Hojiqulov Lazizbek



Yüklə 272,85 Kb.
tarix30.12.2021
ölçüsü272,85 Kb.
#49186
Gistalogiya7

Buxoro davlat tibbiyot instituti tibbiy pedagogika fakultetining 141-guruh talabasi Hojiqulov Lazizbek

Mavzu:Qon va siyrak tolali biriktiruvchi to’qimalarning o’zaro munosabati.


QON — odam va umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasida aylanib yuradigan suyuq toʻqima; hujayra va toʻqimalarga yetib borib, ularning hayot faoliyatini hamda fiziologik funksiyalarining bajarilishini taʼminlaydi. Eritrotsitlarning tarkibidagi gemogyubin Qonga qizil rang beradi. Qonning tarkibi, osmotik bosimi va aktiv reaksiyasi (rN) deyarli oʻzgarmaydi. Qon organizmda xilma-xil vazifalarni bajaradi: u hujayralarga kislorod yetkazib beradi va karbonat angidrid gazini olib ketadi (nafas funksiyasi); ovqat hazm qilish aʼzolaridan oziq moddalarni butun organizmga tarqatadi (oziq moddalarni tashish funksiyasi); moddalar almashinuvi mahsulotini chiqarish aʼzolariga (buyrakka) olib boradi. Qon aʼzolarning gumoral aloqasini yuzaga chiqaradi, u gaz almashinuvi, nafas, suvtuz almashinuvi, kislota-ishqor muvozanatida ishtirok etadi. Qonda antitoksinlar, lizinlar va antitelolar borligi, shuningdek, leykotsitlar mikroorganizmlar va yot jismlarni qamrab yutish xususiyatiga ega boʻlganligi tufayli Qon organizmni zararli moddalar va yot jismlardan himoya qiladi. U gavda trasini doim bir maromda saqlashda muhim ahamiyatga ega.

Odamlarda 5,2 l cha Qon boʻladi. Qon suyuq qism — plazma (55—60%) va shaklli elementlar (40—45%) dan tashkil topgan. Qonning shaklli ele-mentlari Qon yaratish aʼzolarida ishlanadi; Q. va qon yaratish aʼzolari — Q. yaratish sistemasini tashkil etadi.

Qon maxsus mexanizmlar orqali regulyatsiya qilinadi, shuning uchun sogʻlom odam qonining tarkibi oʻzgarmaydi. Organizmdagi har qanday oʻzgarishlarga nisbatan Qon javob reaksiyasi qaytaradi, yaʼni oʻz tarkibini oʻzgartiradi. Ayrim kasalliklarni, xususan, Qon sistemasi kasalliklarini aniqlashda Qon tarkibining oʻzgarishi muhim ahamiyatga ega.

Qon plazmasi vitaminlar, fermentlar, tuzlar va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlarini saqlaydi. Plazmaga erigan oqsillar, jigar hujayralari va retikuloendotelial sistema hosil boʻladi. Plazma oqsillari transport vazifasini bajaradi, kislota-ishqor muvozanatini tartibga solib turadi.

Qonning shaklli elementlari asosan eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlarlem iborat.

Qon tarkibidagi uglevodlarga glyukoza va uning almashinuv mahsulotlari kiradi. Qonda 80—100 mg % gacha glyukoza, shuningdek, glikogen, fruktoza va oz miqdorda glyukozamin boʻladi. Uglevodlar va oqsillarning almashinuv mahsulotlari (glyukoza va b. monosaxaridlar, kislotalar, tuzlar va suv) ichak kapillyarlaridan oqayotgan Qonga soʻriladi. Glyukozaning bir qismi aʼzo va toʻqimalarga tarqaladi, boshqa qismi esa jigarda glikogenga aylanadi.

Siyrak tolali biriktiruvchi toqima hujayra elementlari va oraliq moddadan tashkil topgan bolib, unda biriktiruvchi toqimaning barcha turlariga xos hujayralarni uchratish mumkin. Hujayra oraliq moddasida siyrak, turli yonalishda yotuvchi tolalar joylashadi. Hujayralararo modda ko’p bo’lgani uchun biriktiruvchi to’qimaning funktsiyasi oraliq moddaning fizik-ximiyaviy xossalariga bog’liq. Siyrak tolali biriktiruvchi toqima kuchli regeneratsiya qobiliyati, yuqori plastik va adaptatsion imkoniyati bilan xarakterlidir. Siyrak tolali biriktiruvchi toqima organizmning turli organ toqimalari tarkibida boladi va doimo qon tomirlar devori boylab joylashadi. U biriktiruvchi toqimaning boshqa turlari uchun ham xos bolgan trofik, himoya, plastik va mexanik tayanch vazifalarni bajarib, organizm ichki muhitining doimiyligini gomeostazni belgilaydi. Barcha funktsiyalar hujayralar va hujayralararo modda vositasida bajariladi. Biriktiruvchi toqima morfologiyasini organish shu toqimaning kasalliklarini kollagenozlarni va turli jarayonlarga bolgan javobini tushunishga yordam beradi.

2.Siyrak biriktiruvchi toqima hujayra elementlari quyidagi hujayralardan: fibroblast, makrofag, plazmatik plazmotsit, toqima bazofili semiz hujayra, peritsit, retikulyar, adipotsit lipotsit yoki yog hujayra, pigment, endoteliy va adventitsial hujayralardan iborat. Bulardan tashqari, biriktiruvchi toqimada qon orqali otgan qon shaklli elementlar leykotsitlar ham uchraydi

Fibroblastlar biriktiruvchi toqimaning asosiy hujayra elementlaridan hisoblanali. Fibroblast yirik 20 mkm ga yaqin notogri shakldagi hujayra bolib, qobigi bir talay uzun osimtalar hosil qiladi. Sitoplazma chegarasi faqat elektron mikroskopdagina aniq korinadi. Fibroblast sitoplazmasida ikki qism: tashqi-ektoplazma va ichki - endoplazma tafovut qilinadi. Ektoplazma faqat gialoplazmadan iborat bolib, ochroq boyaladi. Endoplazma esa yadro atrofidagi hujayra organellari va kiritmalari joylashgan toqroq boyalgan qismdir. Fibroblast yadrosi yirik, chozinchoq shaklda bolib, ozida asosan mayda euxromatin tutadi. Kam differentsiallashgan fibroblastlar yadrosida bir yoki bir nechta yadrocha uchraydi. Hujayra differentsiallanishi davomida yadrochalar yoqolib boradi. Hujayra sitoplazmasining submikroskopik tuzilishi ham differeniiellanish darajasiga bogliqdir.

Makrofaglar biriktiruvchi toqimaning fibroblastlardan keyingi kop uchraydigan hujayralari hisoblanib, biriktiruvchi toqima hujayralarining taxminan 10-20% ini tashkil qiladi. Bu hujayralarning ikki turi farq qilinadi: siyrak biriktiruvchi toqimada joylashgan erkin makrofaglar va otroq makrofaglar.

3.Siyrak biriktiruvchi toqimaning hujayralararo moddasi amorf asosiy moddadan va uch turli tolalardan iborat. Kollagen va elastik tola tolalarning asosiy qismini tashkil etib, unda retikulyar tolalar kam uchraydi. Amorf modda va tolalar asl biriktiruvchi toqimaning hamma turlarida har xil nisbatda uchraydi. Shuning uchun quyida keltirilgan hujayralararo moddaning tuzilishi biriktiruvchi toqi-maning hamma turlari uchun tegishlidir. Asosiy, amorf yoki sement modda gomogen massa bolpb, kolloiddan iborat. Amorf modda biriktiruvchi toqima takomilining ilk bosqichlarida hosil bolib, avvaliga tolalar koproq boladi keyinchalik amorf modda differensiallashib, biriktiruvchi toqimaning bir turida, masalan, terida kam, togayda esa koproq glikozaminoglikanlar mukopolisaxaridlar tutadi. Normal sharoitda asosiy modda gel konsistentsiyasiga ega.

Kollagen tolalar siyrak biriktiruvchi toqimada turli yonalishda yotuvchi togri yoki egri-bugri tortmalar holida joylashadi. Kollagen tolalar tarkibida fibrillyar oqsil - kollagen bolib, u fibroblast hujayralarida polipeptid zanjirlar shaklida hosil bola boshlaydi. Har bir zanjir uch turli aminokislotadan iborat bolib, ulardan birinchisi xohlagan aminokislota, ikkinchisi prolin yoki lizin, uchinchisi esa glitsindir. Bu aminokislotalar zanjirda kop marta xuddi shu tartibda qaytariladi. Hozirgi vaqtda kollagenning 12 tipi mavjud. Bu tiplar har xil a’zolarda bolgan kollagenning ximiyaviy tarkibi, joylashishi va xususiyatlariga kora tafovut qilinadi:

I tip-terida, suyakda, koz muguz pardasida, sklerada uchraydi.

II tip - gialin va tolali togaylarda joylashadi.dalang chiziqlar.

III tip - homila terisining dermasida, retikulyar toqimada va yirik qon tomirlar devorida uchraydi.

IV tip - bazal membranalarda va koz gavharini orovchi kapsulada joylashadi.

Qolgan V-XII tipdagi kollagenlarning xususiyatlari hali aniq emas.

Kollagen tolalarda glitsin, prolin, oksiprolin, glyutamin, asparagin kabi aminokislotalar kop bolib, oltingugurt saqlovchi aminokislotalar kam. Kollagen tolalar juda pishiq va chozilmaydi.



Biriktiruvchi to`qimaning ba’zi turlarida, qon yaratuvchi a’zolar stromasida, jigarda, qon tomirlar asosan kapillyarlar , mushak va nerv tolalari atrofida kollagen va elastik tolalardan tashqari retikulyar yoki retikulin tolalar ham uchraydi. Bu tolalar III tipdagi kollagenga kirib, kumush tuzlari bilan impregnatsiya qilinganda aniq koringani uchun ba’zan argirofil tolalar deb ham yuritiladi. Retikulyar tola deb nomlanishi ularning tor hosil qilishini bildiradi. Retikulyar tolalarning tuzilishi yaxshi organilmagan bolsa ham, ma’lum faktlar bu tolalar oqsildan – retykulindan tuzilganligini korsatadi. Retikulii oqsili kollagen va elastik tolalardagi oqsillardan serin, oksilizin va glyutamin aminokislotalarining kopligi bilan ajralib turadi. Oqsil mikrofibrillalari taxminan 40-60 nm qalinlikda bolib, ularda ham xuddi kollagen protofibrillalaridagi kabi kondalang chiziqlik korinadi. Retikulyar tolalar kuchsiz kislota, ishqorlar va tripsin ta’siriga chidamli.

E’tiboringiz uchun raxmat!!!


Yüklə 272,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin