252
Qondagi siydikchilning
miqdori sog‗lom organizmda 20-30 mg % ni tashkil
qiladi. Ovqat tarkibida ortiqcha miqdorda oqsil bo‗lganda, ko‗p
terlaganda qonda
siydikchilning miqdori oshadi. Qondagi siydikchilning me‘yorga nisbatan doimiy
ravishda oshib borishi buyrak kasalliklari, xavfli o‗smalar,
anemiya va boshqa
kasalliklarda kuzatiladi.
Siydik kislotasi
ning qondagi me‘yoriy miqdori 3-4 mg %ni tashkil qiladi va
podagra bilan kasallanganda, uning miqdori 6-8 mg %gacha oshib ketishi mumkin.
Qon kreatini
,
asosan, eritrotsitlarda uchraydi. U
kreatinin bilan birgalikda
aniqlanadi (1,0-1,5 mg % kreatin va 1,0-1,2 mg% kreatinin). Giperkreatinemiya
jigar kasalliklari, mushak to‗qimasining kuchli ravishda
parchalanishi jarayonlari
kuchayganda kuzatiladi.
Bilirubin (0,25-1,5 mg %)
gemoglobinning parchalanish mahsuloti bo‗lib,
uning miqdoriy ko‗rsatkichi jigar kasalliklarida oshib ketadi.
Oqsil
almashinuvining
me‘yoriy va patologik holatlarini qator
ko‗rsatkichlarini tadqiq qilish orqali aniqlash mumkin. Ular jumlasiga,
qon va
siydik tarkibida aniqlanadigan qon plazmasi oqsillari va oqsilsiz azotli moddalar
kiradi. Tibbiy amaliyotda umumiy va qoldiq azot miqdorlarini aniqlash usullaridan
keng foydalaniladi. Umumiy azot deganda qondagi barcha azotli moddalarning
umumiy miqdori tushuniladi. Qoldiq
yoki oqsilsiz azot deganda, oqsillarni
cho‗ktirib ajratib olingandan keyingi azot miqdoriga aytiladi. Qoldiq azot tarkibiga
siydikchil, siydik kislotasi,
aminokislotalar, kreatin, kreatinin, polipeptidlarning
azoti kiradi. Sog‗lom odam qon zardobi tarkibida 1200-1430 mg % (o‗rtacha 1315
mg %)
Dostları ilə paylaş: