251
Plazma oqsillari jumlasiga fermentlar ham kiradi. Ularning ba‘zilari har doim
qon plazmasida mavjud bo‗ladi, boshqalari esa qonda faqat hujayra tuzilmalari
faoliyatining izdan chiqishi bilan bog‗liq patologik jarayonlar tufayli paydo
bo‗ladi. Shuning uchun kasalliklarni o‗rganishda fermentlarning faolligini aniqlash
muhim diagnostik ahamiyatga ega. Organning
tabiatiga va kasallikning
xususiyatiga mos tarzda, qonda ularga xos bo‗lgan maxsus tavsifli fermentlar
paydo bo‗ladi. Ko‗pincha fermentlar faolligi mavjudligining ko‗rsatkichlari
patologiyaning klinik ko‗rinishini namoyon bo‗lishidan
ancha oldinroq aniqlash
imkonini beradi. Masalan, qondagi
fosfomonoesteraza (ishqoriy fosfataza)
miqdorining oshib ketishi raxit kasalligi belgilari namoyon bo‗lishidan oldinroq
raxit rivojlanib kelayotganidan dalolat beradi. Miokard
infarktining dastlabki
soatlarida qonda
laktat degidrogenaza
va
aminotransferazalar
faolliklarining
oshishi orqali qayd etiladi.
Qonda azot almashinuvining so‗nggi mahsulotlarini ba‘zilari
oz miqdorda
bo‗ladi, ular jumlasiga polipeptidlar, aminokislotalar, siydikchil,
siydik kislotasi,
kreatin, kreatinin, bilirubin va boshqalar kiradi. Bu moddalarning qondagi sifatiy
va miqdoriy ko‗rsatkichlarini aniqlash ham diagnostik ahamiyatga ega.
Polipeptidlar
oqsillarni hazmlanishi jarayonida ichaklardan va to‗qimalardan
oqsil almashinuvining oraliq mahsuloti sifatida qon oqimiga o‗tadi. Qon
tarkibidagi
polipeptidlarning
ulushi
0,1-3 mg %
ni tashkil qiladi.
Aminokislotalar doimo
qon tarkibida aylanib yuradi, ular, ovqat tarkibidan
o‗tadi yoki tanada sintezlanadi. Ularning miqdori oqsillarning hazm bo‗lishi va
so‗rilishi tufayli ortadi. Aminokislotalarning qondagi miqdori to‗qima hujayralari,
to‗qima oqsillari va boshqa azotli moddalarni hosil qilish uchun kerakli bo‗lgan
sarflanishi
tufayli
ularning
qondagi
ulushi
juda
tez
pasayaboradi.
Aminokislotalarning deyarli uchdan bir qismi
Dostları ilə paylaş: