Axborot tizimlarida axborot xavfsizligi masalalari



Yüklə 93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix25.12.2023
ölçüsü93 Kb.
#196214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Axborot xavfsizligi

 
tushunchasi
 
qo‘llaniladi. AATda 
axborotni muhofaza qilishga nisbatan tizimli yondashuv AATda axborot 
xavfsizligini ta'minlash muammosini tushunish va yechish uchun muhim 
bo‘lgan, bir-biri bilan bog‘langan, o‘zaro aloqa qiladigan va vaqt davomida 
o‘zgaradigan barcha elementlar, shartlar va omillarni hisobga olishni 
nazarda tutadi.
Muhofaza tizimini yaratishda axborotga ishlov berish tizimining barcha 
zaif joylari, shuningdek tizimga hujumlarning xususiyati, ehtimol tutilgan 
ob'ektlari va yo‘nalishlari, taqsimlangan tizimlarga kirish va axborotga 
sanksiyalanmagan kirish yo‘llari hisobga olinishi lozim. Muhofaza tizimini 
tashkil etishda axborot tizimiga ruxsatsiz kirish va undan g‘ayriqonuniy 
foydalanishning ma'lum yo‘llari bilan bir qatorda, xavfsizlikka tahdidlarni 
amalga oshirishning butunlay yangi yo‘llari paydo bo‘lishi ehtimoli ham 
inobatga olinishi kerak. 
Axborot tizimlarida xavfsizlikni tashkil etish choralari 
AATni kompleks muhofaza qilishni tashkil etishda bir qator choralar 
qo‘llaniladi. Ularning asosiylari quyidagilardir: 

huquqiy choralar (qonunchilik choralari);

tashkiliy (ma'muriy va protseduraga oid) choralar;

texnik (apparatura va dasturiy) choralar; 

fizik choralar;

texnologik choralar;

ma'naviy-axloqiy choralar. 
Huquqiy choralar (qonunchilik choralari) 
AATni muhofaza qilish huquqiy choralari qatoriga mamlakatda amalda 
bo‘lgan, axborot bilan muomalada bo‘lish qoidalarini tartibga soladigan, 
axborotni olish, unga ishlov berish va undan foydalanish jarayonida axborot 


 
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 
187 
borasidagi munosabatlar ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlarini 
mustahkamlaydigan, shuningdek mazkur qoidalarni buzish uchun 
javobgarlik belgilaydigan, shu tariqa axborotdan g‘ayriqonuniy 
foydalanishga monelik qiladigan va potensial qonunbuzarlar uchun tiyib 
turuvchi omil hisoblanadigan qonunlar, farmonlar va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlar kiradi. AATni muhofaza qilish huquqiy choralari asosan 
oldini oluvchi, profilaktik xususiyat kasb etadi va tizimdan foydalanuvchilar 
hamda unga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bilan tushuntirish ishlarini 
doimiy ravishda olib borishni talab qiladi. 

Yüklə 93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin