Axborot tizimlarida axborot xavfsizligi masalalari


Vorisiylik va takomillashtirish



Yüklə 93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix25.12.2023
ölçüsü93 Kb.
#196214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Axborot xavfsizligi

Vorisiylik va takomillashtirish
Tashkiliy va texnik yechimlar, kadrlar tarkibi, AAT va uni muhofaza 
qilish tizimi ishining tahlili asosida, axborotni egallab olish va AAT 
qismlariga ta'sir ko‘rsatish usullari va vositalaridagi o‘zgarishlarni, 
muhofaza qilishga doir normativ talablarni, bu sohada erishilgan milliy va 
xorijiy tajribani hisobga olgan holda muhofaza choralari va vositalarini 
doimiy ravishda takomillashtirishni nazarda tutadi.
Funksiyalar bo‘linishi 
Funksiyalar bo‘linishi tamoyili tashkilotning biron-bir xodimi unga eng 
muhim amallarni yakka o‘zi amalga oshirishiga imkon beradigan 
vakolatlarga ega bo‘lmasligini talab qiladi. Bunday amallarning barchasi 
qismlarga ajratilishi va ularni bajarish turli xodimlarga topshirilishi lozim. 
Bundan tashqari, mazkur xodimlar o‘zaro til biriktirishiga yo‘l qo‘ymaslik 
va ularning javobgarligini belgilash uchun maxsus choralar ko‘rilishi kerak.
Oqilona yetarlilik 
(iqtisodiy maqsadga muvofiqlik, ko‘rilishi
mumkin bo‘lgan zarar va xarajatlarning mutanosibligi) 


____________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 
192 
Axborot xavfsizligini ta'minlash uchun xarajatlar darajasining axborot 
resurslari qimmatiga, ular oshkor etilishi, yo‘qotilishi, chiqib ketishi, yo‘q 
qilib tashlanishi va buzib ko‘rsatilishidan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarar 
miqdoriga muvofiqligini nazarda tutadi. Axborot resurslari xavfsizligini 
ta'minlash uchun ko‘rilayotgan choralar va qo‘llanilayotgan vositalar 
mazkur axborot aylanayotgan AAT ishining ergonomik ko‘rsatkichlarini 
jiddiy pasaytirmasligi kerak. Ortiqcha xavfsizlik choralari, iqtisodiy 
samarasizlikdan tashqari, xodimlar toliqishi va asabiylashishiga olib keladi.
Mutlaqo o‘tib bo‘lmaydigan muhofaza tizimini yaratish mumkin emas. 
Toki axborot tizimda aylanayotgan ekan, ko‘rilayotgan choralar salbiy ta'sir 
ko‘rsatilishi ehtimolini yoki ulardan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararni faqat 
kamaytirishi mumkin. Vaqt va vositalar yetarli bo‘lgan taqdirda har qanday 
muhofazani yengish mumkin. Shu sababli xavfsizlikni ta'minlashning 
muayyan maqbul darajasini ko‘rib chiqish o‘rinli bo‘ladi. O‘ta samarali 
muhofaza tizimi qimmat turadi, ishda kompyuter tizimi resurslarining katta 
qismidan foydalanadi va foydalanuvchilarga jiddiy qo‘shimcha 
noqulayliklar yaratishi mumkin. Xarajatlar, xavf-xatarlar va ko‘rilishi 
mumkin zarar miqdori maqbul darajada bo‘lgan muhofaza tizimini to‘g‘ri 
tanlash muhimdir (xavf-xatarlarni tahlil qilish vazifasi).

Yüklə 93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin