Axborot tizimlarida axborot xavfsizligi masalalari



Yüklə 93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix25.12.2023
ölçüsü93 Kb.
#196214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Axborot xavfsizligi

 
Qonuniylik
Axborot, axborotlashtirish va axborotni muhofaza qilish sohasida 
amaldagi qonun hujjatlari, davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari 
doirasida tasdiqlagan xavfsizlik borasidagi boshqa normativ hujjatlarga 
muvofiq AATda muhofaza tadbirlarini amalga oshirish va axborot 
xavfsizligi tizimini ishlab chiqishni, bunda axborot bilan ishlashda 
huquqbuzarliklarni aniqlash va to‘xtatishning ijozat etilgan barcha 
usullarini qo‘llashni nazarda tutadi.
Muhofaza qilishning uzluksizligi
Axborotni muhofaza qilish – bir martalik tadbir va o‘tkazilgan tadbirlar, 
o‘rnatilgan muhofaza vositalarining oddiy yig‘indisi emas, balki tegishli 
choralarni AAT hayot siklining barcha bosqichlarida (loyihalashdan tortib 
foydalanishgacha) amalga oshirishni nazarda tutadigan, 
uzluksiz davom 
etadigan izchil jarayon

Fizik va texnik muhofaza vositalarining aksariyatini ular o‘z 
funksiyalarini samarali bajarishi uchun doimiy ravishda tashkiliy 
(ma'muriy) qo‘llab-quvvatlash (nomlar, parollar, shifrlash kalitlarini o‘z 
vaqtida almashtirish hamda ular to‘g‘ri saqlanishi va qo‘llanilishini 
ta'minlash, vakolatlarni qayta belgilash va sh.k.) talab etiladi. Muhofaza 
vositalari ishidagi tanaffuslardan yovuz niyatli shaxslar qo‘llanilayotgan 


 
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 
191 
muhofaza vositalari va usullarini tahlil qilish, tizim ishi tiklangandan keyin 
muhofaza to‘sig‘idan oshib o‘tish maxsus dasturiy va apparat vositalarini 
kiritish uchun foydalanishlari mumkin.
O‘z vaqtidalik 
Axborot xavfsizligini ta'minlash choralarining oldini oluvchi 
xususiyatini, ya'ni AATni kompleks muhofaza qilish vazifalarini qo‘yish 
hamda AATni, shu jumladan uning axborotni muhofaza qilish tizimini 
ishlab chiqishning dastlabki bosqichlarida axborot xavfsizligini ta'minlash 
choralarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Muhofaza tizimini ishlab chiqish muhofaza qilinayotgan tizimni ishlab 
chiqish va rivojlantirish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi lozim. Bu 
arxitekturani loyihalashda xavfsizlik talablarini hisobga olish va pirovard 
natijada (ham resurslar sarfi, ham mustahkamlik jihatidan) yanada samarali 
muhofaza etilgan tizimlarni yaratish imkonini beradi.

Yüklə 93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin