Axborot tizimlarida axborot xavfsizligi masalalari



Yüklə 93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix25.12.2023
ölçüsü93 Kb.
#196214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Axborot xavfsizligi

Tashkiliy choralar
Tashkiliy muhofaza choralari – bu ma'lumotlarga ishlov berish 
tizimining ish jarayonlarini, uning resurslaridan foydalanishni, xizma 
ko‘rsatuvchi xodimlar faoliyatini tartibga soladigan, shuningdek 
foydalanuvchilar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning tizim bilan o‘zaro 
aloqasi tartibini belgilaydigan, xavfsizlikka tahdidlarni amalga oshirish 
imkoniyatini mumkin qadar kamaytirish yoki unga chek qo‘yishga, ular 
amalga oshirilgan holda ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarar miqdorini 
kamaytirishga qaratilgan ma'muriy va protseduraviy xususiyatga ega 
choralar. 
Ma'naviy-axloqiy choralar 
Ma'naviy-axloqiy muhofaza choralariga axborot texnologiyalari 
jamiyatda tarqalishiga qarab shakllangan yoki shakllanayotgan xulq-atvor 
normalari kiradi. Bu normalarning aksariyati normativ hujjatlarning 
talablari singari majburiy hisoblanmaydi, lekin ularga rioya qilmaslik 
odatda inson, shaxslar guruhi yoki tashkilot obro‘sining pasayishiga olib 
keladi. Yozilmagan va yozilgan ma'naviy-axloqiy normalar farqlanadi. 
Yozilmagan 
ma'naviy-axloqiy 
normalarga, 
masalan, 
vijdonlilik, 
vatanparvarlik umume'tirof etilgan normalari, yozilgan ma'naviy-axloqiy 
normalarga esa qoidalar yoki amrnomalarning muayyan to‘plami (ustav, 
odob-axloq kodeksi va sh.k.) ko‘rinishida rasmiylashtirilgan normalar 
kiradi. Ma'naviy-axloqiy muhofaza choralari profilaktik xususiyat kasb 
etadi va AATdan foydalanuvchilar va unga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar 
jamoalarida sog‘lom ma'naviy muhitni yaratish bo‘yicha doimiy ish olib 
borishni talab qiladi.
Axborot xavfsizligining mazkur choralariga mos keluvchi o‘zaro 
aloqalar chizmasi quyidagicha: 


 
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 

Yüklə 93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin