____________________________________________________________________________________________________________________________________________________
196
ma'lumotlardan ular qaysi ariza beruvchiga taalluqli bo‘lsa, o‘sha ariza
beruvchining roziligi bilan ularga ishlov berish, ularni uzatish va olish
uchun, mustasnoli hollardan tashqari, foydalanilishi mumkinligi belgilab
qo‘yilgan.
Axborot tizimlari va axborot resurslaridan foydalanish hamda ular
vositasida xizmatlar taqdim etish jarayonida axborot xavfsizligini
ta'minlashning
huquqiy
asoslari
milliy
qonunchiligimizning
“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunida (19-modda), “Davlat sirlarini
saqlash to‘g‘risida”gi Qonunida, Kodekslarida (xususan, Fuqarolik
kodeksining 98-moddasida), “Tijorat siri to‘g‘risida”gi Qonunda (3-
modda), “Bank siri to‘g‘risida” Qonunda (3-modda), bulardan tashqari,
“Axborot olish erkinligi va prinsiplari to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi
prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Avtomatlashtirilgan axborot bank
tizimi to‘g‘risida”gi Qonunlarda, ramziy ma'noda “elektron qonunlar” deb
atash mumkin bo‘lgan qonunlarda mustahkamlangan.
Dostları ilə paylaş: