O’zbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya va Sport Unversitetida Talabalarni turar joy bilan ta’minlash va ijara ishlarini muvofiqlashtirish bo’limining ttj ishchi hodimlari bilan o’tkazilgan yig’ilish bayonnomasi



Yüklə 16,13 Kb.
tarix09.10.2023
ölçüsü16,13 Kb.
#153149
16.09.2023 bayonnomasi


O’zbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya va Sport Unversitetida Talabalarni turar joy bilan ta’minlash va ijara ishlarini muvofiqlashtirish bo’limining TTJ ishchi hodimlari bilan o’tkazilgan yig’ilish
BAYONNOMASI

2023 yil_16 sentabr Chirchiq shahar



Raislik qiluvchi: O.Jumayev
Ishtirok etadilar:
1-2-3 TTJ tarbiyachi pedagoglari,
komendantlari,

Kun tartibi:

  1. TTJ binolarida xavfsizlik choralarini ko’rish bo’yicha talabalar bilan tushuntirish ishlarini olib borish.

  2. TTJ binolarida navbatchi pedagog ustozlar faoliyatini nazorat qilish hamda birgalikda ish olib borish.

  3. Talabalarning vaqtini mazmunli o’tkazishlari bo’yicha takliflar bilan tanishib chiqildi.

Talabalarni turar joy bilan ta’minlash va ijara masalalarini muvofiqlashtirish bo’lim boshlig’i Odil Jumayevich so’zga chiqib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-qarori, 2021-yil 24- sentabrdagi 605-qarori hamda yangi nashrdagi 2023-yil 14-avgustdagi 376-qaroriga muvofiq Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarori ijrosi yuzasidan bir qancha topshiriqlar berdi :


O’zbekiston Respublikasi Davlat Jismoniy Tarbiya Sport Universiteti Talabalar turar joy bilan ta’minlash va ijara ishlarini muvofiqlashtirish bo’limi talabalarning yotoqxonadagi xafsizliklarini ta’minlash hamda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishlarini istagan holda yotoqxonadagi umumiy xolat o’rganib chiqildi, yotoqxona pedagog-tarbiyachilari, bekalar va komdendatlarga xavfsizlik bo’yicha yo’riqnoma haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, har bir talaba bino komendantidan xonani qabul qilib olgach undagi barcha jihozlarning saqlanishi va butligiga shaxsan javobgardirlar. Bundan tashqari har bir talaba o’zlariga biriktirilgan komendat, tarbiyachi pedagog hamda bekalar tomonidan doimiy ogohlantirilishi va nazorat qilib borilishi lozim. Nojo’ya holatlarda har bir TTj binolari a’zosi TTj bo’limiga xabar berishlari shart. Texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmagan har bir talaba uchun chora ko’rishlari va boshqa talabalarning xavfsizligini ta’minlash uchun nazoratni kuchaytirish maqsadida bir qator vazifalar berildi. Ushbu ko’rsatilayotgan tushuntirish ishlari, ehtiyotkorlik choralari va texnika xavfsizlik choralari bularning barchasi talabalarning tinch va totuv hamda xavfsiz yashashlari va kelajak avlodga yaxshi sifatlar bilan yetib borishi uchun bajarilmoqda.
Yig’ilish davomida navbatchi pedagoglar faoliyatiga ham alohida urg’u berildi. Bunda har bir navbatchi bo’lgan ustoz navbatchilik vaqti tugagandan so’ng, biriktirilgan ttj komendatlariga doimiy ravishda bildirgi berib borishlari belgilab qo’yildi. Navbatchilik davomida navbatchi yotoqxonaga kelgan universitet xodimlari (dekanlar, zamdekanlar yoki ustozlar) va ular talabalar bilan ish olib borishiadimi yoki yo’q, buning hisobotini bo’lim boshlig’iga berib borishlari kerak. Navbatchi xodim o’z navbatchiligida ishiga ma’suliyat bilan yondashishi va o’zinig ish vaqtini zoye ketkazmasligi shart hisoblanadi.
Yig’ilish davomida talabalar turar joylaridagi ayrim kamchiliklar aniqlandi va bartaraf etildi.
Ushbu yig’ilishda talabalari turar joy bilan ta’minlash va ijara masalalarini muvofiqlashtirish bo’limi boshlig’i tomonidan o’z ishlariga e’tiborsizlik bilan qaragan 3-TTJ binosi xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi. Bundan tashqari 3-ttj binosi bekalari, ularning binosida istiqomat qiluvchi Ravshanov Elbek MBT 51-22 guruh talabasi to’g’risida xabari yo’qliklari va bu holat bo’yicha oydinlik kiritishlari so’raldi.
Yig’ilish so’ngida 2-ttj binosi tarbiyachi- pedagogi tomonidan taklif berildi. Bu taklif bo’yicha ttj binolarining ma’naviyat xonalarini fakultet dekanlari, zamdekanlari va ustozlari tomonidan talabalarining vaqtini mazmunli o’tkazishlari uchun kitoblar bilan to’ldirish ko’zda tutildi.
Yig’ilish xulosasida: Doimiy ravishda barcha ttj binolari starostalari xonani ko’zdan kechirishlari ya’ni xonadagi jihozlarning sifatini buzilmaganligini aniqlashlari va talabadan tushuntirish xatini olishlari lozim. Tartib intizomga rioya qilmagan hamda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaydigan talabalarga tarbiyachi-pedagoglar bilan birgalikda YAKKA TARTIBDA TARBIYAVIY ISH ko’rilishi hamda ttj komdendatlari tomonidan 3 ta ttj uchun alohida bir xil ko’rinishga ega bo’lgan yo’riqnoma shakllantirilishi kerakligi topshirildi. Bundan tashqari, ttj binolaridagi barcha ishchi-xodimlar qachon ish ta’tiliga ketishlaridan qat’iy nazar hamda tabel masalasi bo’yicha ttj bo’lim boshlig’iga hisobot berishlari hamda tasdiqlattirishlari shart deb belgilandi.
Tarbiyachilar, komendantlar doimiy ravishda talabalarga yotoqxonada yashash odobi, odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyatiga, shaxsiy va Umumiy gigiyena qoidalari, xonalarni toza saqlash,havosini tozalash, muomila madaniyati, yong’in xavsizligi va texnik xavsizlik qoidalari to’g’risida yo’riqnomalar o’tish hamda tushuntirish ishlarini olib borishi shartligi aytib o’tildi.
.Yotoqxonada o’tkazilgan xar bir tadbir bo’limga yetkazilishi kerak va electron saytlarda yoritilishi shart!... xamda kompyuterda xisobga olinishi kerak va o’quv yili davomiyligida saqlanishi kerak.
Manaviy-marifiy ishlar bo’yicha prorektor Sh.Sirlibayevich takidlagandek, TTJ qorovullari ish paytda ichkilik ichmasligi, sigareta chekmasligi, xar bir yotoqxona qorovuli keyingi qorovul kelmasidan oldin chiqib ketmasligi, ketishidan oldin nazorat daftariga(nazorat daftari muhrlangan bo’lishi) soat nechida ketayotganini va tungi navbatchilik vaqtida ko’ngilsiz xolat bo’lmaganligi haqida yozib keyin ketishlari haqida bo’lim boshlig’i tomonidan yetkazildi.
Darsga ketayotgan talabalar albatta kalitlarni joyiga ilib ketishlari kerak.
.Xar bir yotoqxonada ikkitadan kompyuterni biladigan, telegram kanallarni yaxshi tushunadigan talabalar bo’lishi shart va ular telegram kanaliga tarbiyachi ruxsat bergan xolatlarni, tadbirlani yoritib borishi kerak.
. Yotoqxona komendantlari xar kunlik yotoqxonadagi o’zgarishlar to’g’risida xabar berishlari kerakligi xulosa o’rnida takidlab o’tildi.

Yig’ilish raisi: TTJBTva IIM bo’lim


Boshlig’I O.Jumayev
Yig’ilish kotibasi: Y.Talipova.
Yüklə 16,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin