1. Qator oraliqqa ishlov beruvchi kultivator-oziqlantirgichlar G‘o‘zani chekanka qilish moslamasi



Yüklə 106,17 Kb.
səhifə1/11
tarix24.12.2023
ölçüsü106,17 Kb.
#193114
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ko chat va qator oralariga ishlov berish mashinalari


KO’CHAT VA QATOR ORALARIGA ISHLOV BERISH MASHINALARI


Reja:

1. Qator oraliqqa ishlov beruvchi kultivator-oziqlantirgichlar

2. G‘o‘zani chekanka qilish moslamasi


3. Qishloq xo‘jaligi zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashda, g‘o‘za bargini sun’iy ravishda to‘kishda ishlatiladigan changlatgich-purkagichlar


1. QATOR ORALIQQA ISHLOV BERUVCHI KULTIVATOR-OZIQLANTIRGICHLAR


Chizel-kultivatorlar mexanik tarkibi jihatidan og‘ir tuproqli yerlarni 10 sm dan chuqur ishlash uchun foydalaniladi. Chizelkultivatorlar bilan tuproq 10—15 sm, ayrim hollarda 25 sm chuqurlikda yumshatiladi. Sho‘ri yuvilgan va egatlar ochib qo‘shimcha sug‘orilgan yerlarni yumshatish hamda mayda do‘ngliklarni tekislash uchun chizel-kultivatorlar ishlatiladi; tuproqni qo‘shimcha yumshatish zarur bo‘lganda chizel-kultivatorlarga tishli boronalar ulanadi.
Ko‘klamda haydalgan yerlarni ishlashda ba’zan chizelkultivatorlardan foydalaniladi. Natijada chizelning panjalari katta-katta kesaklarni yuqoriga olib chiqadi, mola esa bu kesaklarni ezib, maydalab ketadi. Chizel-kultivatorlarning ish organlari ag‘darma yumshatgichlardan va o‘q-yoysimon universal panjalardan iborat.
O‘rnatma ×KÓ-3,0 chizel-kultivatorida ish organlari uch qator joylashgan bo‘lib, qatordagi panjalar orasi 400 mm, panjalar izlarining orasi 133 mm.
Ikkinchi qatordagi panjalar birinchi qatordagilarga qaraganda pastroq, uchinchi qator panjalari esa ikkinchisiga nisbatan yana past, ya’ni pog‘onasimon o‘rnatiladi.
Yerni qatlam-qatlam qilib ishlashda boshqa chizellar ikki marta yurishida bajargan ishni, pog‘onasimon chizel bir marta yurishda bajaradi.
×K-3,0 ning ishlash chuqurligi tayanch g‘ildiraklarning balandligini o‘zgartirib, ×KÓ-4 kultivatorini esa gidrotsilindrning tortuvchi gaykalarini aylantirib rostlanadi. Yurish chuqurligi ketingi qatordagi panjalar orqasida yumshatilgan qatlamning qalinligini chizg‘ich bilan o‘lchab, nazorat qilinadi. Yumshatilgan yer qatlami shishib qolganligi uchun o‘lchangan qatlam qalinligini 3—5 sm ga kamaytirish kerak.
Chizel-kultivatorli agregatning yurish yo‘nalishi quyidagilarga asoslanib tanlanadi. Shudgorlangan yerlarni ishlashda shudgorlash yo‘nalishiga ko‘ndalang harakatlanilsa, tuproq yaxshi yumshaydi. Sho‘ri yuvilgan yerlarni ishlashda istalgan yo‘nalishda harakatlanish mumkin. Yaxob berilgan yerlar chizellashdan oldin, odatda, boronalanadi, egat tekislanadi. Bu holda ham chizel yo‘nalishining ahamiyati yo‘q. Agar yer boronalanmagan bo‘lsa, mashinaning tebranmasligi va ishlash sifatining pasaymasligi uchun egat bo‘ylab harakatlanish kerak.
Uchastkani ishga tayyorlash, burilish polosalarini belgilash va tayyorlashdan iborat.
Agregat harakatlanib, noksimon shaklda qayriladi. Ketma-ket yurishlar bir-birini 15—20 sm qoplab borishi kerak. Asosiy maydon ishlanganidan keyin qayrilish joylari ishlanadi.
Chizel-kultivatorning yurish tezligi ortishi bilan tuproqning maydalanishi yaxshilanadi, agregatning tortish qarshiligi esa ortadi. Harakat tezligi 5 dan 8 km soatgacha oshirilganida tortish qarshiligi 10—15 foizga ortadi. Yurish tezligining ortishi bilan yotiq kesuvchi panjalar o‘tlarni yaxshi kesadi va ulardan oson tozalanadi.
Aylanuvchi osma MÂÍ-2,8 motigasi ekishdan oldin va chigit unib chiqqandan keyin tuproq qatqaloqlarini maydalashda ishlatiladi. Motiga T-28X4M traktoriga o‘rnatiladi. Motiga uch seksiyali rama, brus va oltita batareyadan yig‘ilgan. Ish organlari shaxmat shaklida, har biri 14 tadan ikkita parallel o‘qqa erkin o‘rnatilgan maxsus ignali tovoqlardan iborat.
Tovoqlar tishlarning yer bilan tishlashishi hisobiga aylanadi. Motiganing tishlari har bir ishlanayotgan 1 m2 da 150 marta sanchiladi. Tovoqning erkin dumalashi natijasida yerning qatqalog‘i va yirik kesaklar changimasdan maydalanadi. Tovoqlarning yurish chuqurligini oshirish uchun motiga ustiga yuk ortiladi.
Ish oldidan motiganing birikmalari tekshiriladi. Ignali tovoqlar o‘qda erkin aylanishi kerak. Ularning ishlash chuqurligi shunday bo‘lishi kerakki, tuproq qatlami yaxshi maydalanib, o‘simlikka zarar yetmasligi lozim. Tovoqlar chigit ekish chuqurligidan chuqurroq botsa, o‘simlikka zarar yetishi mumkin. Tuproqning normal (16—18 foiz) namligida ish sifati yaxshi bo‘ladi. Agar tovoqlar ifloslanib qolsa, aylanishdan to‘xtaydi, o‘simliklar shikastlanishi mumkin.
Kultivatsiyada tuproq yuzasi 6—18 sm chuqurlikda, chuqur yumshatish jarayonida esa 25 sm gacha yumshatiladi. Ekilgan ekinlarga zarar yetkazmasdan 98—99 % begona o‘tlar yo‘q qilinadi. Tuproqqa o‘g‘it solish, ekinlarni chopiq qilish, sug‘orish egatlarini ochish kabi ishlar bajarildi.
Chopiqtalab ekinlarga ishlov berishda kultivatorlarga quyidagi agrotexnik talablar qo‘yiladi: kultivator ish organlari normal kenglikda yaxshi sifatli ishlay olishi, ekinlarga zarar yetkazmasligi, ish organlari tuproqqa belgilangan chuqurlikka kirishi, tuproqni bir me’yorda tekis maydalashi, ish organlari tuproqning nam qismini yuqoriga olib chiqmay yumshatishi, begona o‘tlarni to‘liq kesishi, ekinlarning shikastlanmasligi va ularni tuproqqa ko‘mib ketmasligi kerak.
Kultivatorlarning ish organlari parallelogrammli seksiyalarga o‘rnatiladi. Bu o‘rnatma seksiyalar dala relyefiga yaxshi moslasha oladi. G‘o‘za qator oralariga ishlov berishda kultivatorning ish organlari traktorning oldi qismida (frontal), o‘rta qismining oldingi va ketingi g‘ildiraklari orasida joylashtiriladi. Ba’zi agregatlarda ish organlarini ham oldinga, ham orqaga joylashtiriladi. Ish organlarini bunday joylashtirish juda keng tarqalgan. Bunda o‘simlik kam zararlanadi, agregat qator oralariga yaxshi moslanib harakatlanadi, kultivatorning og‘irligi traktorning g‘ildiraklariga teng taqsimlanadi.
KÐX-4 kultivatori tor qatorlarni ishlashga, KÐX-3,6, KÐT4 va KXÓ-4 universal kultivatorlari esa keng qatorlarni ishlashga mo‘ljallangan.
Madaniy o‘simliklarning yaxshi o‘sishi uchun tuproqni faqat ekishdan oldin ishlash bilan chegaralanmasdan ekinlarning o‘sish davrida ham muntazam ishlov berib borish kerak. O‘simlikning o‘sish davrida tuproq maydalanib, qator oralarida va muhofaza hududlarda o‘sgan begona o‘tlardan tozalanadi, o‘simlik yagana qilinadi, kultivatsiya qilinib, sug‘orish ariqchalari ochiladi va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantiriladi.
Chopiqtalab ekinlarning qator oralariga universal kultivatorlar va oziqlantirgich-kultivator bilan ishlov beriladi. Ekinlarni donador va kukunsimon o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda oziqlantirgichkultivatorlar, suyuq o‘gitlar berishda esa gerbitsid-ammiakli mashinalar ishlatiladi.
Muhofaza hududining kattaligi ekin turiga, kultivatsiya tartibiga, ekish sifati va boshqa omillarga qarab tanlanadi.
Makkajo‘xorini birinchi bo‘ylama kultivatsiya qilishda muhofaza hududining kengligi 10 sm, ikkinchisida 12 sm va uchinchisida 15 sm qoldiriladi.
Kvadrat-uyalab ekilgan makkajo‘xori ko‘ndalangiga birinchi kultivatsiyalanganda muhofaza hududining (zona) kengligi 15 sm qoldiriladi. Muhofaza hududi o‘simlik ildiziga zarar yetkazmaslik uchun borgan sari kattalashtirib boriladi.
Muhofaza hududlariga mexanik yoki kimyoviy usulda gerbitsidlar bilan ishlov beriladi. Mexanikaviy ishlov berish qator oralariga ishlov berish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Ignali disklar yordamida muhofaza hududidagi tuproqqa ishlov berib, begona o‘simliklar kesiladi.
Chopiqtalab ekinlarni kultivatsiyalovchi mashinalarga quyidagi agrotexnik talablar qo‘yiladi. Kultivator ish organlari eng kichik muhofaza mintaqalariga rostlana olishi va ekinlarga zarar yetkazmasligi kerak. Tuproqqa ishlov berish chuqurligi me’yorda bo‘lishi, maydalangan tuproq tekis yopilishi kerak. Ish organlari tuproqning nam qismini yuqoriga olib chiqmay yumshatishi kerak. Begona o‘tlar to‘liq kesilishi, madaniy ekinlar shikastlanmasligi va tuproq ostida qolmasligi kerak.
G‘o‘za qatorlari orasiga ishlov berishda traktorga o‘rnatiladigan chopiq kultivatorlaridan foydalaniladi. O‘g‘itlash moslamalari bilan jihozlangan kultivatorlar oziqlantirgich-kultivator deyiladi.
Chopiq kultivatorlarining ish organlari parallelogrammli seksiyalarga o‘rnatiladi. Bu o‘rnatma seksiyalar dala relyefiga yaxshi moslasha oladi.
G‘o‘za kultivatorlarining ish organlari traktorning old qismida (frontal), o‘rta qismida oldingi va ketingi g‘ildiraklari orasida joylashtiriladi. Ba’zi agregatlarda ish organlari ham oldinga, ham orqaga joylashtiriladi. Ish organlarini bunday joylashtirish juda keng tarqalgan. Ish organlari shunday joylashtirilganida o‘simlik kam jarohatlanadi, agregat qator oralariga yaxshi moslanib harakatlanadi, kultivatorning og‘irligi traktorning g‘ildiraklariga teng taqsimlanadi.
Tor qatorlarni ishlashga mo‘ljallangan g‘o‘za kultivatorlari tor qatorli kultivatorlar deyiladi, ularga KÐX-4 kultivatorlari misol bo‘la oladi. Keng qatorlarni ishlashga mo‘ljallangan kultivatorlar keng qatorli kultivatorlar deyiladi, ularga KÐX-3,6, KÐT-4 kultivatorlari kiradi. Paxtachilikda ishlatiladigan kultivatorlar g‘o‘zalarni chekanka qilish uchun mo‘ljallangan moslamalar bilan ham jihozlanadi.
Xo‘jaliklarda oralig‘i 60 sm qilib ekilgan g‘o‘za qator oralariga KÐX-4 oziqlantirgich-kultivator bilan ishlov beriladi. Bu mashinalar bilan tuproqqa quruq mineral va organik-mineral o‘g‘itlar solinadi.
Oldingi ikkita o‘g‘itlovchi soshniklar chigit ekish mashinalari bilan ishlatilib, chigit ekish bilan bir vaqtda o‘g‘it soladi, ×ÂX-4 moslamasi o‘rnatilgan oziqlantirgich-kultivator g‘o‘za qator oralariga ishlov berish, sug‘orish, egatlarni ochish yoki o‘g‘itlash bilan birga g‘o‘za shoxlarini chilpiydi. KÐX-4 kultivatori T-28X4M tiðidagi barcha traktorlarga o‘rnatib ishlatiladi.
Kultivator komplektida yettita gradil bo‘ladi. To‘rt qatorli ekilgan g‘o‘zalar oralig‘ini ishlash uchun ularning beshtasi osiladi. Olti qatorli ekilgan g‘o‘zalar oralig‘ini ishlash uchun kultivatorlarga yana ikkita gradil traktor g‘ildiraklari oldiga osiladi.
Kultivatorlarning har bir gradili pasaytirgich, gradil tutqisi va yuqorigi hamda pastki zvenolaridan yig‘ilgan to‘rt zvenoli (parallelogrammli) mexanizmdan iborat. Tutqiga gradil shtangasi, povodok va tayanch g‘ildirak vilkasi mahkamlanadi. Povodokka prujina va holat belgilash halqalari kiygiziladi. Yuqorigi holat belgilash halqasini povodok bo‘yicha surib gradilining ko‘tarilish balandligi rostlanadi. Pastki holat belgilash halqasini surib, ish organlariga ta’sir etuvchi bosim kuchi o‘zgartiriladi.
KÐX-4 oziqlantirgich-kultivatorda beshta o‘g‘it sepuvchi apparat bor. Qirg‘ichlarining joylanishiga qarab chap va o‘ng apparatlarga bo‘linadi. Bitta o‘ng va ikkita chap apparat keyingi ramaga o‘rnatilgan, bitta o‘ng (traktorning chap tomonida) va bitta chap (o‘ng tomonida) apparat esa traktor yetakchi g‘ildiraklarining oldida lonjeronlarga mahkamlangan maxsus tutqilarga o‘rnatiladi.
Gradillar transport holatiga o‘tkazilganida o‘g‘itlovchi apparatlarni yuritish muftasi dastaki va avtomatik tarzda uziladi.
Kultivatorni olti qatorlab ekilgan g‘o‘za qatorlariga ishlov berish uchun moslashda keyingi ramada ikkita chetki apparat traktorning bo‘ylama o‘qiga yaqinroq, yangi teshiklarga o‘tkaziladi.
KÐT-4 oziqlantirgich-kultivator to‘rt qatorlab ekilgan 90 sm li qator oralarini ishlashga mo‘ljallanadi.
Kultivator MTÇ-80X traktoriga o‘rnatiladi. Kultivator Ñ×X-4 ekish mashinasi bilan birga o‘g‘it sepishda, ×XT-4Á moslamasi bilan chilpishda ham ishlatiladi. Kultivator asosiy uzellari, ish organlarining tiði va ishlash prinsiði KÐX-4 va KÐX-3,6 dan farq qilmaydi.

Yüklə 106,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin