1. Qator oraliqqa ishlov beruvchi kultivator-oziqlantirgichlar G‘o‘zani chekanka qilish moslamasi


G‘O‘ZANI CHEKANKA QILISH MOSLAMASI



Yüklə 106,17 Kb.
səhifə6/11
tarix24.12.2023
ölçüsü106,17 Kb.
#193114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ko chat va qator oralariga ishlov berish mashinalari

2. G‘O‘ZANI CHEKANKA QILISH MOSLAMASI


G‘o‘zani chekanka qilish hosildorlikni oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Chekanka apparati g‘o‘zaning bosh poyasi va shoxlarning o‘sish nuqtalarini chilpib tashlaydi.Chilpilgan g‘o‘za tanasida oziq moddalarining yo‘nalishi o‘zgaradi, shonalagan shoxlar ko‘proq oziq oladi, shonalar kam to‘kiladi, ko‘saklar yiriklashadi va barvaqt yetiladi. Yuqoriga qarab o‘sgan shoxlarni chilpiydigan apparat g‘o‘za tuplarining ustida vertikal o‘qda aylanuvchi ikki pichoqli diskdan, yon shoxlarni qirqib, g‘o‘za tuplarini shakllantiradigan moslama esa gorizontal o‘qda aylanuvchi to‘rtta pichoqli diskdan iborat. ×ÂX-4 va ×XÓ-4 mashinalarida to‘rtta apparat qatorlar ustida, sakkizta apparat esa g‘o‘za qator oralarida joylashadi. Har qator orasida ikkita to‘rt pichoqli disklar ustmaust o‘rnatiladi.
Pichoqlar qarshi qirquvchi tayanchlarsiz qirqadi. Erkin turgan tuplarni tayanchsiz qirqish uchun pichoqlar juda katta tezlikda aylanishi lozim. Tajribalarning ko‘rsatishicha, erkin turgan shoxlarni pichoqlar 30—40 m/s tezlikda yaxshi qirqadi. Chekanka moslamasining tuzilishi quyidagicha: g‘o‘za chilpish apparatining tashqi diametri 380 mm, ichki diametri 114 mm bo‘lgan ikki pichoqli diskdan iborat bo‘lib, disk 1500 ayl/min chastota bilan aylanadi.
×ÂX-3,6 g‘o‘za uchlarini chilpish (chekanka qilish) moslamasi. ×ÂX-3,6 moslamasi to‘rt qatorli seyalka yordamida qator oralari 90 sm qilib ekilgan g‘o‘za shoxlarining uchini chilpish uchun mo‘ljallangan. G‘o‘za shoxlarining uchi chekanka qilinganida g‘o‘zalar g‘ovlab ketmaydi, shonalar kam to‘kiladi va ko‘saklar yiriklashishi tezlashadi.
Ñ×X-3,6 moslamasi KÐX-3,6 kultivatori bilan birga
T-28X4M, MTÇ-80X traktorlariga qo‘shib ishlatiladi.
Chekanka qilish bilan bir vaqtda qator oralari yumshatiladi, sug‘orish egatlari ochiladi yoki o‘g‘it solinadi.
Agregatda traktorchining bir o‘zi ishlaydi. U ish organlarini gidravlik yuritma yordamida ko‘taradi, tushiradi va zarur vaziyatga o‘rnatadi.
×ÁX-ÇÄ moslamasining ish organlari old brus 4 ga o‘rnatilgan.
Birlashtirish reduktori sharnirli vallar yordamida pastki va yuqorigi kronshteynlar orqali ish organlarini harakatga keltiradi. Ish organlarini ko‘taradigan va tushiradigan gidravlik sistema gidrotsilindr 3 va birlashtirish trubalaridan tuzilgan.
×XT-4Á g‘o‘za uchlarini chilpish moslamasining (18-rasm) konstruksiyasi ham ×ÂX-3,6 moslamasinikiga o‘xshash. Faqat
5 — M.Melibayev

18- rasm. ×XT- 4Á g‘o‘za uchlarini chilpish moslamasi.
×XT-4Á moslamasida ish organlari traktorning yon o‘qidan sharnirli vallar va oraliq kronshteyn yordamida harakatlanadi.
Old brusga tup yo‘naltirgich pichoqlar 3 va 15, konussimon reduktor 5, ponasimon tasma 8, yondor 9, tortqi 7, gidrosilindr 13, o‘rnatma 14, kojux 17 mahkamlangan. Brus ish organlari bilan moslama stoykasiga sharnirli biriktirilgan. Stoykalar 10 rama 12 ga mahkamlangan. Ular yondor 9 va tortqi bilan qo‘zg‘almas qilib biriktirilgan bo‘lib, traktor lanjeroniga mahkamlangan. Old brus balandligi gidrosilindr 5 ni ko‘tarish yo‘li bilan sozlanadi. Gidrosilindrning bir uchi rama 12 ga ikkinchi uchi o‘rnatma 14 ga mahkamlangan.
×XT-4Á moslamasi ×ÂX-3,6 dan yana quyidagilar bilan farq qiladi: stoyka 10 KÐT-4 kultivatori brusiga o‘rnatilgan, tortqi 7 esa kronshteynga sharnirli biriktirilgan. Kronshteyn traktorning yuqorigi trubasida joylashgan.

Yüklə 106,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin