1. Qator oraliqqa ishlov beruvchi kultivator-oziqlantirgichlar G‘o‘zani chekanka qilish moslamasi


Tuproqqa ishlov beruvchi murakkab mashina va agregatlar



Yüklə 106,17 Kb.
səhifə5/11
tarix24.12.2023
ölçüsü106,17 Kb.
#193114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ko chat va qator oralariga ishlov berish mashinalari

Tuproqqa ishlov beruvchi murakkab mashina va agregatlar. Ekin ekish oldidan tuproqni mumkin qadar sifatli tayyorlashga katta e’tibor beriladi. Ma’lumki, faqat optimal ishlov berilgan yerlardagina urug‘larni tekis ekib, nihollarning o‘z vaqtida to‘liq unib chiqishiga erishish mumkin. Tuproqni bir xil mashina bilan sifatli tayyorlash qiyin, turli mashinalarni daladan takror o‘tkazganda esa, tuproq ko‘p zararlanadi. Shuning uchun tuproqqa bir yo‘la turli ishlov beruvchi qurollar turkumini yaratish, ba’zan esa bunday murakkab mashinalar ketiga seyalka tirkash masalalari ko‘rilmoqda.
Sanoatimizda bir necha xil murakkab mashina va agregatlar ishlab chiqarilmoqda. Ular quyidagi talablarni qondirishi lozim: barcha turdagi qurollar turli tuproqlarda va sharoitlarda ishlay olishi kerak; qurollar birikmasi traktorning tortish kuchidan to‘liq foydalanishga moslangan bo‘lishi kerak.
ÐÂK-3,6 va ÐÂK-5,6 murakkab agregatlar ekish oldidan tuproqqa ishlov beradi: bir o‘tishda tuproqni 15 sm chuqur kultivatsiya qiladi, katta va kichik kesaklarni maydalaydi, dala betini tekislaydi va molalaydi. Bu ishlarni bajarish uchun ramada navbat bilan yumshatgichlar, shporali halqalardan tuzilgan g‘altakmola, yana yumshatgichlar qatori, tekislovchi brus va yana g‘altakmola o‘rnatilgan.
ÂÈÏ-5,6 murakkab agregat ninali disklar batareyasi, tekislovchi brus, tishli ponasimon disklardan tuzilgan g‘altak moladan tuzilgan agregatlar bir o‘tishda katta kesaklarni maydalaydi, dalani tekislaydi va tuproqning 10—12 sm li yuqori qatlamini zichlaydi.
Paxtachilikda chizel-kultivator, tishli boronalar, yer tekislagich g‘altak moladan tuzilgan murakkab agregatlar ishlatiladi.
Og‘ir tuproqli KA-3,6 markali murakkab mashina tuproqqa ishlov berishi bilan bir yo‘la don urug‘larini ekadi, tuproqni mola bostirib ketadi.
Bir o‘tishda yerni shudgorlaydigan va dala betiga ishlov berib ekin ekishga tayyorlaydigan murakkab mashinalar ham ishlatiladi. ÏKA markali murakkab haydov agregati yerni shudgorlaydi, katta palaxsalarni maydalaydi, dala betini tekislaydi va ikki qator g‘altakmola bilan zichlaydi.
AÏK-2,5 murakkab agregat nam yetarli bo‘lmagan rayonlarda tuproq qatlamini ag‘darmasdan asosiy va qo‘shimcha ishlash uchun mo‘ljallangan.

Yüklə 106,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin