1. Qator oraliqqa ishlov beruvchi kultivator-oziqlantirgichlar G‘o‘zani chekanka qilish moslamasi


Moslamaga texnik xizmat ko‘rsatish



Yüklə 106,17 Kb.
səhifə7/11
tarix24.12.2023
ölçüsü106,17 Kb.
#193114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ko chat va qator oralariga ishlov berish mashinalari

Moslamaga texnik xizmat ko‘rsatish. Moslamaga ish boshlashdan oldin, ish davomida va ishdan keyin texnik xizmat ko‘rsatiladi. Moslamani ishga tushirishdan oldin mexanizm va birikmalarning holati, mashinaning to‘g‘ri yig‘ilganligi, barcha boltlarning burab qotirilganligi sinchiklab tekshiriladi, ishqalanuvchi qismlar moylanadi. Chilpish balandligi agregat yurib ketayotganida rostlanadi yoki qirquvchi pichoqlar shu daladagi g‘o‘zalarning o‘rtacha bo‘yiga moslab o‘rnatiladi. Shundan keyin moslama changdan, ish organlari ko‘katdan tozalanadi.
3. QISHLOQ XO‘JALIGI ZARARKUNANDALARI VA
KASALLIKLARIGA QARSHI KURASHDA, G‘O‘ZA BARGINI
SUN’IY RAVISHDA TO‘KISHDA ISHLATILADIGAN

CHANGLATGICH-PURKAGICHLAR


Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini yuksaltirish ekinlarni himoya qilish vositalari va tadbirlarini rivojlantirishga ancha bog‘liq. Kimyoviy usullar qo‘llanilganda uning salbiy ta’sirini esda tutish kerak. Zaharli dorilardan noto‘g‘ri foydalanganda yer, o‘rmon, havo, o‘simlik va hayvonlarga katta zarar yetishi mumkin. Shuning uchun barcha mavjud usullarni qo‘llab, atrof-muhitni musaffo saqlagan holda o‘simliklarni turli kasallik va zararkunandalardan hamda begona o‘tlardan himoya qilish kerak.
Tashkiliy-xo‘jalik usullari: o‘simlikka karantin belgilash, ekinlarni rayonlashtirish, melioratsiya va irrigatsiya.
Agrotexnik usullar: chopiq qilinadigan ekinlarni, beda va oziq o‘simliklarni almashlab ekish, yerni kuzda o‘g‘itlab haydash, yaxob berish, sho‘r yuvish, urug‘lik materiallarni ekishga tayyorlash, kasallik va zararkunandalarga chidamli o‘simlik navlarini tanlash, ekinlarni optimal muddatlarda ekish.
Biologik usullar: o‘simliklarning zararkunandalariga qarshi kurashda ularni kasallantiradigan mikrob va bakteriyalardan, ya’ni zararkunandalarning tabiiy kushandalaridan foydalanish, shuningdek turli zamburug‘ va bakteriyalardan olinadigan moddalar (antibiotiklar)ni ishlatish.
Biofizik usullar: o‘simlik zararkunandalariga qarshi ultratovush, yuqori chastotali tok, radioaktiv dori, ionli nurlardan foydalanish.
Mexanik usullar: o‘simlik zararkunandalarining joydan-joyga tarqalishiga to‘sqinlik qiladigan yoki ularni bevosita qiruvchi qurilma va to‘siqlar (ariqlar, qopqonlar) dan foydalanish.
Kimyoviy usullar: qishloq xo‘jalik o‘simliklarining zararkunandalariga, kasalliklariga va begona o‘tlarga qarshi turli zaharli dorilarni sepish. Bu usulda ish unumi yuqori mehnat va mablag‘ sarfi kam, zahar bevosita ta’sir etib, zararkunandalarni tez yo‘qotadi. Shuning uchun kimyoviy usul o‘simliklar zararkunandalariga qarshi kurashda asosiy usul hisoblanadi.
O‘simliklarni himoya qilishda ishlatiladigan barcha zaharli dorilar pestitsidlar (lotincha — kasallik, zararkunanda, — o‘ldirish), ya’ni zararkunandalarni qiruvchilar deb ataladi. Begona o‘tlarga qarshi kurashda ishlatiladigan dorilar gerbitsidlar; zamburug‘ kasalliklariga qarshi ishlatiladigan dorilar fungisidlar (zamburug‘), bakterial kasalliklarga qarshi ishlatiladigan dorilar bakteritsidlar deb ataladi.
Zaharli dorilar odam organizmi uchun juda zararli, ular teri, og‘iz va nafas yo‘llari orqali organizmga kirib, odamni og‘ir zaharlashi yoki o‘ldirishi mumkin. Ba’zi dorilar yonuvchan bo‘ladi. Shuning uchun zaharli dorilar bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasining va yong‘in xavfsizligining maxsus qoydalarini yaxshi bilish va ularga qat’iy rioya qilish zarur.
Kasallik va zararkunandalarning tarqalgan joyi, o‘simliklarning ahvoli va rivojlanish fazalariga qarab ularni kimyoviy saqlashning quyidagi usullari qo‘llaniladi: zaharli dori purkash, changitish, aerozollar sepish, fumigatsiya qilish, urug‘larni dorilash, zaharli xo‘raklar sepish, xemoterapiya.
Purkash — suyuq zaharli dorilarni mayda zarrachalarga parchalab o‘simliklarga, zararkunandalarga va boshqa-boshqa sirtlarga sepish.
Purkash samaradorligi suyuqlikni mayda zarrachalar tarzida to‘zitish darajasi va o‘simliklar sirtining tekis dorilanishiga bog‘liq. Tomchilarning kattaligi 80—200 mkm bo‘lganda o‘simlik sirti tekis dorilanadi. Purkash usulining afzalliklariga dorining kam sarflanishi, kamchiliklariga esa sepiladigan dori tarkibini tayyorlash murakkabligi kiradi. Shuning uchun oddiy purkashda mashinani tez-tez dori quyib to‘ldirish lozim bo‘ladi, bu esa ish unumini pasaytiradi. Dala ekinlariga 400—600 l/ga bog‘ va daraxtzorlarga 1000—2000 l/ga suyuqlik sarflanadi. Ventilatorli purkagichlar tomchilarni 60—100 mk li zarrachalarga parchalab, dorilash samaradorligini oshiradi. Shunda ish suyuqligi 20—25% kam sarflanadi, ish unumi esa 30% gacha oshadi.

Yüklə 106,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin