1. Qator oraliqqa ishlov beruvchi kultivator-oziqlantirgichlar G‘o‘zani chekanka qilish moslamasi



Yüklə 106,17 Kb.
səhifə3/11
tarix24.12.2023
ölçüsü106,17 Kb.
#193114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ko chat va qator oralariga ishlov berish mashinalari

O‘g‘itlash normalari. O‘g‘it sepuvchi apparatlarni berilgan me’yorda sepadigan qilib rostlash uchun silindrning pastki toretsi bilan tovoq tubining orasidagi ta’minlash tirqishi o‘zgartiriladi. Buning uchun silindr rezbali xomut ichida aylantiriladi.
Dastlab barcha apparatlardagi ta’minlash tirqishlari bir xil kenglikda o‘rnatiladi. O‘g‘it o‘tkazgichlar esa ish organlaridan ajratiladi va ularning tagiga qutilar yoki og‘irligi oldindan ma’lum bo‘lgan xaltachalar osib qo‘yiladi. Traktorning yetakchi g‘ildiraklaridan biriga taglik qo‘yib, ko‘tarib erkin aylana oladigan qilinadi.
Bir gektarga sepiladigan o‘g‘it normasi quyidagicha hisoblanadi: traktorning yetakchi g‘ildiragi 11 marta aylanganda agregat 50 m yo‘l o‘tgan bo‘ladi. Shunda qamrash kengligi 2,4 m li agregat 0,012 ga maydonga ishlov beradi. O‘g‘it solish me’yori 100 kg/ga bo‘lsa, 0,012 ga maydonga 1,2 kg o‘g‘it sepiladi. Agar o‘g‘it to‘rtta voronkadan sepilsa, har bir voronkadan 0,3 kg o‘g‘it sepilishi kerak. Binobarin, yetakchi g‘ildirakni 11 marta aylantirganda, har qaysi voronkadan tushgan o‘g‘it miqdori 0,3 kg bo‘lishi lozim.
Dehqonchilikda mehnattalab jarayonlardan biri qator oralarini yumshatish va begona o‘tlarga qarshi kurashishdir. Bu ishlarni o‘z vaqtida va yaxshi sifatli o‘tkazish sezilarli darajada poliz, oziq va texnikaviy o‘simliklarni hosildorligini oshiradi. Minerallashgan og‘ir va botqoq tuproqlarda mavjud kultivatorlar ko‘p hollarda agrotexnika talablariga javob bermaydi, ayniqsa, qatorlab ekilgan ekinlarni qator oralariga ishlov berish og‘ir ishlardan hisoblanadi. Og‘ir loy tuproqlarda mavjud kultivatorlar ko‘p miqdorda begona o‘tlarni qoldirib ketadi va tuproqni siljitib yuboradi, natijada har xil chuqurliklar, tuproq uyumlari va yirik palaxsalar paydo bo‘ladi.
So‘nggi vaqtlarda tobora kengroq qo‘llanilayotgan frezali haydov kultivatorlarining ish sifati ahamiyatga molik. Bu kultivatorlarning afzalliklariga tuproqni mayin holga keltirishi, begona o‘tlarni to‘la yo‘qotish va tuproqqa ko‘mib tashlashi hamda mineral va organik o‘g‘itlarni tuproq bilan haydov chuqurligining barcha nuqtalarida tekis aralashishini ta’minlashi kiradi. Frezali haydov kultivatorlarini qo‘llash ekin oraliqlariga beriladigan ishlovlar sonini kamaytiradi.
Ular traktorga agregatlanishi bo‘yicha tortib yuriladigan, osma va o‘ziyurar frezali haydov kultivatorlariga bo‘linadi.
Konstruksiyalanishi va joylashtirilishi bo‘yicha ular traktorning oldingi, markaziy va orqa qismida joylashtirilishi mumkin. Ishchi seksiyalari ketma-ket joylashgan frezali haydov kultivatorlari ham mavjud.
Traktorning oldingi qismida joylashgan kultivatorlar orqada joylashgan kultivatorlarga nisbatan ish sifatini kuzatishda afzallikka ega, ammo burovchi momentni ishchi organlarga uzatish, xizmat ko‘rsatishning qulayligi va ishchi organning transport holatida yerdan balandligi kabi belgilarda kamchiliklari ko‘p. Bundan tashqari, frezalar yumshatib ketgan qator oralaridan traktor g‘ildiraklari o‘tganda tuproqni qaytadan zichlab, chuqur izlar qoldiradi, natijada o‘simliklarning suv-havo va oziqlanish rejimi buziladi.
Mo‘ljallanishi bo‘yicha guruh yuritmali (ko‘p qatorli, seksiyali) va alohida yuritmali kultivatorlarga bo‘linadi. Guruhli yuritma, odatda, past bo‘yli o‘simliklarning nihollari oralig‘iga ishlov berishda qo‘llanishi mumkin. Alohida yuritmalisi esa poyasi baland o‘simliklar oralig‘iga ishlov berishda ishlatiladi.
Frezali ishchi organlar haydov chuqurligi bo‘yicha tuproqni bir tekisda yumshatilishiga va qator oralarini yaxshi sifatli ishlov berilishiga erishiladi.
Kultivatorning konstruksiyasi oraliqlari 45—90 sm bo‘lgan to‘rtta, oltita qator oralariga ishlov berish uchun sozlash imkonini beradi. MTÇ-80X traktori bilan birga ishlatiladi.
2-jadval

Yüklə 106,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin