1. Qator oraliqqa ishlov beruvchi kultivator-oziqlantirgichlar G‘o‘zani chekanka qilish moslamasi


Frezali chopiq kultivatorlarning qisqacha texnik xarakteristikasi



Yüklə 106,17 Kb.
səhifə4/11
tarix24.12.2023
ölçüsü106,17 Kb.
#193114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ko chat va qator oralariga ishlov berish mashinalari

Frezali chopiq kultivatorlarning qisqacha texnik xarakteristikasi


Ko‘rsatkichlar

KPH-1,4

ФПУ-4,2

Agregatlovchi traktor
Kultivator tiрi
Qamrov kengligi, m
Qatorning qamrov kengligi, m
Seksiyalar soni
Seksiya yuritmasining tiрi
Seksiyaning og‘ishi
Saqlagich qurilma
Joylashishi Tiрi
Ko‘chiruvchi qurilma
Freza-baraban
diametri, mm

T-16
Osma
1,4
60
1
zanjirli orqaga
seksiyada friksion
g‘ildirak
480
220

МТЗ-80
Osma
4,2
60—90
7
zanjirli
oldinga
barabanda xrapovikli
g‘ildirak
340
320

Himoya qobig‘ining oldingi qismida tayanch g‘ildiraklari joylashtirilgan. Uning holatini o‘zgartirish bilan tuproqqa ishlov berish chuqurligi sozlanadi.
Bosh reduktor quyma korpusga joylashtirilgan konussimon shesternalar juftligidan iborat bo‘lib, uzatish soni 1,59 ni tashkil qiladi. Bunday uzatish soni traktorning quvvat olish validagi aylanishlar soni 540 ayl/min bo‘lganda, transmissiya valini 340 ayl/min tezlikda aylanishini ta’minlaydi.
Frezali mashinalar vazifasi va klassifikatsiyasi. Frezalarning ish organlari traktorning quvvat olish validan majburiy aylanma harakatga keltirilganidan ular aktiv ish organlari deb ataladi. Frezalar vazifasiga ko‘ra to‘qay, o‘rmon, dala, bog‘larda ishlaydigan, ekin qatorlari orasini chopiq qilish xillariga bo‘linadi. Dala frezalari shudgordagi kesaklarni maydalab, dalalarni ko‘klamgi ekin ekishga tayyorlashda ishlatiladi. Chopiq frezalari g‘o‘za qatorlariga orasini chopiq qilib, begona o‘tlarni yo‘qotish hamda tuproqni yumshatish uchun mo‘ljallangan.
Frezalarning aylanish o‘qi vertikal va gorizontal joylashishi mumkin. Hozirgi frezalarda ish organlari harakat yo‘nalishiga ko‘ndalang joylashgan gorizontal o‘qda aylanadi.
Frezalarning ish organlari disklarni aylanasi bo‘ylab bir xil oraliqda joylashgan Ã-simon pichoqlardan iborat. Bunday disklar to‘plami frezali barabanni tashkil etadi. Diskdagi pichoqlar (o‘naqay va chapaqay) soni frezaning vazifasiga qarab 3—8 ta bo‘ladi. Pichoqlarni shakli va o‘lchamlari frezaning vazifasi va ish sharoitlariga bog‘liq.
Pichoqlar yuqoridan pastga, ya’ni to‘g‘riga va pastdan yuqoriga, ya’ni mashinaning harakat yo‘nalishiga teskari tomonga aylanishi mumkin. To‘g‘ri aylanishda mashinani oldiga surishga intiluvchi kuchlar paydo bo‘ladi, teskari aylanishda esa, aksincha, tortish qarshiligi oshadi, energiya ko‘p talab qilinadi. Shuning to‘g‘ri aylanish usuli barcha dala frezalarida, teskari aylanish esa toshli yerlarda va kundakov qilingan o‘rmonlarni o‘zlashtirishda ishlatiladigan frezalarda qo‘llaniladi.

Yüklə 106,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin