1. el-yurt umidi jamg‘armasi „El-yurt umidi“ jamgʻarmasi


AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISH JAMG‘ARMASINI YANADA RIVOJLANTIRISH VA UNING MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA



Yüklə 78,54 Kb.
səhifə4/18
tarix17.05.2023
ölçüsü78,54 Kb.
#115759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Mustaqil ta\'lim

4.AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISH JAMG‘ARMASINI YANADA RIVOJLANTIRISH VA UNING MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar texnologiyalari davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 23-oktabrdagi PQ-1836-son qaroriga muvofiq, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish jarayonlarida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining rolini oshirish va ishtiroki ko‘lamlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi boshqaruvi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi Kengashi tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*3-ilova berilmaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida
I. Umumiy qoidalar
1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda “Jamg‘arma” deb ataladi) aloqa, axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor va ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan loyihalar, ilmiy-tadqiqot ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
2. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Jamg‘arma davlat maqsadli jamg‘armasi hisoblanib, o‘z balansiga, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamiga, Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtamplarga, blankalarga egadir.
Jamg‘arma o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘zining barcha aktivlari bilan javob beradi.
Jamg‘armaning mablag‘lari ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Yüklə 78,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin