1. el-yurt umidi jamg‘armasi „El-yurt umidi“ jamgʻarmasi


OILA VA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH DAVLAT MAQSADLI JAMG‘ARMASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA



Yüklə 78,54 Kb.
səhifə6/18
tarix17.05.2023
ölçüsü78,54 Kb.
#115759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Mustaqil ta\'lim

5.OILA VA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH DAVLAT MAQSADLI JAMG‘ARMASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni ko‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PF-81-son Farmoni va 2022-yil 21-sentabrdagi “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-376-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PF-81-son Farmoni bilan Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) sifatida qayta tashkil etilganligi hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) tuzilmasiga o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Jamg‘armaning maqsadi, asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari;
Jamg‘armani boshqarish, uning mablag‘larini shakllantirish hamda faoliyat yuritish tartibi;
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlari, mablag‘larni boshqarish va taqsimlash tartibi;
Jamg‘arma xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish shartlari;
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari hisobining yuritilishi, Jamg‘arma tomonidan ajratiladigan mablag‘larning maqsadli ishlatilishini nazorat qilish tartibi.
3. Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasining vasiylik kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
Jamg‘arma Vasiylik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Vasiylik kengashi) Jamg‘armaning oliy boshqaruv organi, Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) esa uning ijro organi hisoblanadi;
Direksiya ijrochi direktori O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining tavsiyasiga asosan Vasiylik kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
Direksiya Jamg‘arma faoliyati natijalari bo‘yicha har yil yakunida Vasiylik kengashiga, har chorak yakunida — Qo‘mita raisiga hisobot taqdim etadi;
Direksiya ijrochi direktori Qo‘mitaning boshqarma boshlig‘iga, uning o‘rinbosari — boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosariga, boshqa xodimlar esa mos ravishda Qo‘mitaning boshqa xodimlariga tenglashtiriladi;
Jamg‘arma xodimlariga Qo‘mita xodimlari uchun Davlat budjeti hisobidan to‘lanadigan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish shartlari tatbiq etiladi hamda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Jamg‘arma Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalar bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
5. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Qo‘mitaning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq har yili 300 mlrd so‘mgacha bo‘lgan miqdorda Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
6. Vasiylik kengashi:
Jamg‘armaning har yillik daromadlari va xarajatlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarni tasdiqlab borish;
Jamg‘armaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarni jalb etish;
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘yicha tizimli nazorat o‘rnatish choralarini ko‘rsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.B. Maxkamova bir oy muddatda Direksiya shtat jadvalini uning boshqaruv xodimlari sonini 6 nafardan oshirmagan holda tasdiqlash hamda Direksiyani saqlash bilan bog‘liq xarajatlarning samaradorligini oshirish choralarini ko‘rsin.
8. Qo‘mita bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 14-apreldagi 210-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.B. Mahkamova zimmasiga yuklansin.

Yüklə 78,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin