6-mavzu. Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlar va ularga doir hisoblashishlarning hisobi



Yüklə 186,84 Kb.
səhifə1/4
tarix19.04.2023
ölçüsü186,84 Kb.
#100527
  1   2   3   4
6-mavzu slayd

6-mavzu. Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlar va ularga doir hisoblashishlarning hisobi

Reja:

1. Qurilish ishlarini bajarishdan olingan

daromadlarning hisobi

2. Qurilish ishlarini bajarishda asosiy faoliyatdan olingan daromad


Qurilish ishlarini bajarishdan olinadigan daromadlar qurilish tashkilotlarida foyda olishning asosiy manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Respublikamizning 2-son BHMS «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar»ga muvofiq qurilish ishlaridan olingan daromadlarni tan olish va buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ular quyidagi shartlarga javob berishi lozim:

1. Qurilish tashkiloti tomonidan daromadga egalik qilish huquqi bajarilgan qurilish ishlarining buyurtmachilarga topshirilgan-ligiga guvohlik beruvchi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi; 2. Olinadigan daromadning summasi aniq bo‘lishi; 3. Bajarilgan ishlardan kelib tushgan yoki kelib tushadigan tushum qurilish tashkilotining aktivlarini ko‘payishiga yoki uning majburiyatlarini kamayishiga olib kelishiga to‘liq ishonch bo‘lishi; 4. Buyurtmachi qabul qilib olgan qurilish ishi uchun pudratchi oldidagi majburiyati summasini so‘zsiz tasdiqlashi;

Qurilish tashkilotlarida bajarilgan qurilish ishlaridan olinadigan daromadlarning hisobi ularni tan olishning usuliga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ushbu usullar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:


1

2

3
    • Bosqichli usul

To‘liq tugallanish usulida bajarilgan ishlardan olingan daromadlar qurilish ishlari to‘liq yakunlangan va buyurtmachiga topshirilgandan so‘ng yuqorida nomlari zikr etilgan dalolatnoma va ma’lumotnomalar asosida tan olinadi. Qurilish ishlari to‘liq yakunlanmaguncha unga sarflangan barcha xarajatlar tugallanmagan qurilish sifatida hisobga olib boriladi. «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida bajarilgan ishlardan olingan daromad summasiga quyidagicha yozuv qilinadi: Debet 4010 «Olinadigan schyotlar» Kredit 9030 «Bajarilgan ish va xizmatlardan daromad»


Yüklə 186,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin