1. el-yurt umidi jamg‘armasi „El-yurt umidi“ jamgʻarmasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI HUZURIDAGI JAMOAT ISHLARI JAMG‘ARMASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA



Yüklə 78,54 Kb.
səhifə9/18
tarix17.05.2023
ölçüsü78,54 Kb.
#115759
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Mustaqil ta\'lim

10.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI HUZURIDAGI JAMOAT ISHLARI JAMG‘ARMASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3268-son qarorini bajarish, ishsiz shaxslarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga keng jalb etish asosida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi Vasiylik kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan haq to‘lanadigan Jamoat ishlariga band bo‘lmagan aholini bosqichma-bosqich jalb etish jadvali 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga, zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) ijro etuvchi direksiyasi tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish vakolati berilsin.
2. Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan haq to‘lanadigan jamoat ishlarini amalga oshirish uchun buyurtmalar quyidagi ish beruvchilar tomonidan beriladi, jumladan:
budjet tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan — jamoat ishlariga jalb qilingan ishsiz va band bo‘lmagan shaxslarning ish haqi bo‘yicha to‘lovlar 100 foiz miqdorida;
boshqa tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan — jamoat ishlariga jalb qilingan ishsiz va band bo‘lmagan shaxslarning ish haqi bo‘yicha 50 foiz miqdorida to‘lanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Jamg‘armani tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq malakali kadrlar bilan shakllantirilishini ikki oy muddatda ta’minlasin.
4. “O‘zavtosanoat” AJ Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etadigan fuqarolarni tashish uchun, haq to‘lanadigan jamoat ishlarini amalga oshirishni muvofiqlashtiradigan har bir tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi ehtiyojlari uchun “Damas” avtomashinalarini 100 foiz oldindan to‘lov shartlari asosida yetkazib berishni ta’minlasin.
5. Jamg‘arma Toshkent shahar, Sergeli tumani, Lutfikor ko‘chasi, 33-uy manzili bo‘yicha joylashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jamg‘armani belgilangan tartibda hukumat va shahar aloqa vositalari bilan ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Jamg‘armaning Vasiylik Kengashi va Ijro etuvchi direksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin.
8. Ishsiz va band bo‘lmagan aholini keng jalb etish asosida haq to‘lanadigan jamoat ishlarini manzilli va tizimli ravishda tashkil etish, Respublikaning har bir mahallasida ishsiz fuqarolarni qamrab olgan holda to‘lanadigan jamoat ishlari dasturining sifatli, to‘liq va samarali bajarilishini ta’minlash uchun javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuklansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 19-iyuldagi 353-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 40-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.


Yüklə 78,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin