1. el-yurt umidi jamg‘armasi „El-yurt umidi“ jamgʻarmasi


TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNI QO’LLAB-QUVVATLASH DAVLAT JAMG’ARMASI TASHKIL ETISH TO’G’RISIDA



Yüklə 78,54 Kb.
səhifə8/18
tarix17.05.2023
ölçüsü78,54 Kb.
#115759
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Mustaqil ta\'lim

8.TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNI QO’LLAB-QUVVATLASH DAVLAT JAMG’ARMASI TASHKIL ETISH TO’G’RISIDA
Xususiy tadbirkorlik faoliyatini himoya qilishning huquqiy mexanizmlari va kafolatlarini yanada mustahkamlash, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi vositalarini yaratish, tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, shu asosda yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish va respublika bank-moliya tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) davlat muassasasi shaklida tashkil etilsin va kichik tadbirkorlik subyektlariga quyidagi shaklda moliyaviy yordam ko‘rsatish uning asosiy vazifasi etib belgilansin:
b) kichik tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari kredit miqdorining 50 foizigacha, ammo 2 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan hajmdagi kreditlari bo‘yicha kafil bo‘lish;
v) tijorat banklarining qiymati 4 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdordagi kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun quyidagi ekvivalentda kompensatsiya berish:
milliy valyutada, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida — 5 foizli punkt miqdorida;
milliy valyutada — yosh tadbirkorlar tashabbusi bilan ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyasi bilan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan imtiyozli kreditlar bo‘yicha — banklar xarajatlarini qoplash uchun 3 foizli punkt miqdorida;
xorijiy valyutada — tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizi, ammo 3 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda.
Jamg‘arma bosh bitimlar asosida tijorat banklari orqali milliy va xorijiy valyutada kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi.
2. Quyidagilar Jamg‘arma resurs bazasining manbalari etib belgilansin:

Toshkent shahridagi Kichik sanoat zonalari kafolat jamg‘armasini va Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasini keyinchalik tugatish va ularning tegishli ravishda 50 million dollar hamda 100 milliard so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari shaklida ushbu qarorning 1-ilovasida qayd etilgan tashkilotlar badallari hisobidan shakllantiriladigan Jamg‘armaning boshlang‘ich badali;


O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ushbu maqsadlar uchun har yili tasdiqlanadigan ajratmalar doirasidagi mablag‘lari, 2017-yilda Jamg‘arma resurs bazasini shakllantirish uchun — 100 milliard so‘m;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yillik sof daromadining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltiriladigan qismi;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Jamg‘armaning, jumladan, depozitlarni joylashtirish, kafolatlar berishdan tushadigan daromadlari, shuningdek, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Jamg‘arma resurs bazasini to‘ldirish uchun har yili mablag‘ ajratishni ko‘zda tutsin.
3. Belgilansinki, Jamg‘arma kichik tadbirkorlik subyektlariga:
a) tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kafolatlar beradi, kuyidagilar nazarda tutilgan kreditlar bundan mustasno:
avval olingan kreditlar yoki boshqa har qanday qarzlarni qaytarish;
spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
savdo-vositachilik tashkilotlari va umumiy ovqatlanish korxonalarining aylanma mablag‘larini shakllantirish;
savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish obyektlari qurilishini moliyalashtirish;
tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinlari va boshqa o‘yinlarni tashkil etish, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalar xarid qilish.
b) tijorat banklarining kuyidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga kompensatsiyalar beradi:
qishloq xo‘jaligida, birinchi navbatda, energiya samarador zamonaviy issiqxonalarni tashkil etishga, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, uzumchilik va bog‘dorchilikni, shu jumladan intensiv bog‘larni rivojlantirishga;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash bo‘yicha infratuzilma va ushbu mahsulotlarni transportda tashish bilan bog‘lik logistika markazlarini tashkil etishga;
ko‘p kvartirali uylarda umumiy foydalaniladigan joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan obodonlashtirish va ta’mirlashga yo‘naltirilgan loyihalar;
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni ko‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha Kengash (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha kengash) belgilaydigan tadbirkorlik faoliyatining boshqa yo‘nalishlaridagi loyihalar.
31. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Jamg‘arma tomonidan taqdim etiladigan kafolatlarning maksimal umumiy miqdori Jamg‘arma mablag‘larining 10 barobari miqdoridan oshmasligi kerak.
4. Quyidagilar:
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha kengash tarkibi 2-ilovaga* muvofiq;
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining ijroiya direksiyasi tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha kengashga, zarur hollarda, Jamg‘arma ijroiya direksiyasi tuzilmasiga boshqaruv xodimlari umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. Jamg‘arma ijrochi direktori maqomiga ko‘ra mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtirilsin.
51. Jamg‘arma Toshkent shahri, Qoratosh ko‘chasi, 1-uy, (7-qavat) manzili bo‘yicha beg‘araz foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin va O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasining “Moliya Binokor Xizmat” shu’ba korxonasi Jamg‘armaga beg‘araz taqdim etilgan xizmat binosi bo‘yicha yagona soliq to‘lovidan ozod etilsin.
6. Jamg‘arma barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilsin va bo‘shagan mablag‘lar uning resurs hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga maqsadli yo‘naltirilsin.
7. Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha kengash 2018-yilning 1-iyuliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tarmoqlar va tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarini yanada kengaytirish, shuningdek, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qo‘llab-quvvatlanadigan loyihalarni amalga oshirishga doir takliflar kiritsin.
8. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini keng jalb etgan holda, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘ida ushbu qaror maqsad va vazifalarini aholi hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida muntazam va har tomonlama tizimli asosda yoritishni ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari D.A. Qo‘chqorov, Markaziy bank raisi M.B. Nurmurotov, Savdo-sanoat palatasi raisi A.I. Ikromov zimmasiga yuklansin

9.JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MULK HUQUQLARI KAFOLATLARINI TA’MINLASH HAMDA YER UCHASTKALARINI OLIB QO‘YISH VA KOMPENSATSIYA BERISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 3-avgustdagi F-5491-son farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki:
a) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib qo‘yish yer egasining roziligi bilan hamda yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlariga binoan amalga oshiriladi;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklarining olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarori adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgandagina qabul qilinadi;
v) yer uchastkasini olib qo‘yish tashabbuskori hamda olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektining mulkdori o‘rtasida tuziladigan erni olib qo‘yish munosabati bilan kompensatsiya berish to‘g‘risidagi kelishuv majburiy tarzda notarial tasdiqlanadi;
g) ko‘chmas mulk obyektini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishga olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyekti mulkdoriga kelishuvda, nizo mavjud bo‘lgan hollarda esa sud qarorida, belgilangan kompensatsiya to‘liq taqdim etilgandan so‘ng yo‘l qo‘yiladi;
d) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarning yer uchastkalarini ajratib berish to‘g‘risida avval qabul qilingan qarorini bekor qilish yoki unga o‘zgartirish kiritish, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar yoki boshqa davlat organi tomonidan ma’muriy tartib-taomillarga rioya etilmaganligi sababli bekor qilish yoki unga o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan yer uchastkalarini olib qo‘yish taqiqlanadi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasida boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida 2 ta shtat birligidan iborat Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish sho‘basi (keyingi o‘rinlarda Shu’ba deb ataladi) tashkil etilsin.
Zarur hollarda tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasida boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida yer uchastkalari olib qo‘yilishi va kompensatsiya berish ishlari bo‘yicha bosh mutaxassis (keyingi o‘rinlarda bosh mutaxassis deb ataladi) lavozimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori bilan kiritiladi.
3. Quyidagilar Shu’ba hamda bosh mutaxassisning asosiy vazifalari etib belgilansin:
buziladigan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish uchun yetarli resurslar (mablag‘lar, yer uchastkasi va boshqa mulk) mavjudligini o‘rganish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoki xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritish uchun bo‘lajak qurilish obyektining loyiha hujjatlarini taqdimot materiallari shaklida tayyorlash;
olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlari bilan ochiq muhokamani tashkil etish;
yer uchastkasi olib qo‘yilishi tashabbuskori va ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlari o‘rtasida tuzilgan, kompensatsiya miqdori, turi va berish muddati nazarda tutilgan kelishuvlar hisobini yuritish;
kompensatsiyalar o‘z vaqtida va to‘liq berilishining doimiy monitoringini olib borish;
yer uchastkalari olib qo‘yilishi, kompensatsiya berilishi, ko‘chmas mulk obyektlari buzilishi, shuningdek, olib qo‘yilgan yer uchastkasida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lumotlar kiritib borish.
4. Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Ushbu qaror 1-bandining “a” kichik bandi va 4 — 6-bandlari 2020-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin



Yüklə 78,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin