O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga o‘rgatish jamiyat hayotida tub burilishlarni amalga oshiradi



Yüklə 28,09 Kb.
tarix27.02.2023
ölçüsü28,09 Kb.
#85756
1 MAG


O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga o‘rgatish jamiyat hayotida tub burilishlarni amalga oshiradi. Negaki mamlakatimizda yuksak e’tiqodli, mustaqil fikrli, tashabbuskor, yuqori malakali mutaxassislarga katta ehtiyoj bor.
O’quvchilarning shaxsiy sifatlarini tarkib toptirishda o’quv pridmetlarining o’rni beqiyos. Bu borada, ayniqsa, matematika ta’limi zimmasiga katta mas’uliyat tushadi. Darslik asosan o’quvchilarda matematik bilim, tasavvur, tafakkur, mantiqiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, ularning imkoniyatlari, yoshi, individual xususiyatlari,
XXI asr ko’nikmalariga ega bo’lishlarini inobatga olgan holda yozilgan. Topshiriqlar soddadan murakkabga tomon spiralsimon tarzda rivojlanib boradi.
Insonning dunyoni anglashi, tushunishi, unga ongli munosabatda bo’lishi kabi bilish jarayonlarini tafakkur yuritish, fikrlash jarayoni deyish mumkin. Fikrlash jarayonlarining psixologik asoslarini psixolog V.Karimova tahlil qilgan. U fikrlash inson miyasi faoliyatidir, deb ko’rsatadi va fikriy operatsiyalarni quyidagicha tahlil qiladi. Eng elementar harakatlarni rejalashtirishdan tortib, murakkab muammolarni hal etishga qaratilgan operatsiyalar hammasi miyada sodir bo’ladi. Miya faoliyati bilan fikrlash faoliyati o„zaro uzviy bog’liqdir. Normal insonni fikrsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Har on, har daqiqada inson miyasi qandaydir fikrlar bilan band. Ularni tartibga solish, keragiga qaratish, ichki yoki tashqi nutq yordamida uni yechish fikrlash jarayonidir. Tafakkur yoki fikrlashning quyidagi shakllari yoki mahsuli mavjud:
Tushuncha tafakkurning shunday shakli yoki mahsuliki, u narsa va hodisalarning eng umumiy va xarakterli xususiyatlarni o’zida aks ettiradi. Ular umumiy, juz’iy, konkret yoki mavhum bo’lishi mumkin.
Hukm atrofdagi narsa, hodisalar o’rtasidagi bog’liqlikni aks ettiradi. Hukmlar bizning nutqimizda har kuni juda ko’p ishlatiladi va ular tabiatan turli bog’liqliklarni tasdiqlaydi, inkor qiladi, rost yoki yolg’on bo’ladi.
Xulosalar mantiqiy tafakkurning yana bir shakli bo’lib, ular fikrlar, hukmlar va tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishlardan yangi fikrlarni keltirib chiqarishni nazarda tutadi.
Tahlil qilish, mavhumlashtirish, aniqlashtirish, taqqoslash, umumlashtirish kabi operatsiyalar fikrlash jarayonini tashkil etadi. Quyida ularning har biri ustida to’xtalib o’tamiz.
Tahlil qilish bu muammoni fikran qismlarga ajratishdir.
Umumlashtirish alohida qismlarni yoki elementlarni fikran bir butunga birlashtirib o’rganishdir.
Ta’lim bosqichlarining murakkablashib borishi bilan o’quvchilarda tahlil qilish va umumlashtirish darajasining oshishi kuzatiladi. Tahlil qilish sekin-asta ko’rgazmali amaliylikdan ko’rgazmali va mantiqiy yakun tomon rivojalanadi.
Taqqoslash o’xshashliklar va tafovutlarni topish orqali bilish obyektlarini qiyoslash demakdir. Bu operatsiya boshqa barcha fikriy operatsiyalar asosida yotadi.
Mavhumlashtirish bilish obyektining bir xususiyatini ajratib olib, boshqasini chiqarib tashlashdan iborat fikriy operatsiyadir. Bu xususiyatlar o’rganilayotgan predmet va hodisalarning «ichiga» kirishga imkon beradi.
Boshlang’ich sinflardanoq o’quvchilarning mavhumlashtirish qobiliyati namoyon bo’ladi.
Ta’lim jarayonida o’qituvchi rahbarligida bu qobiliyat rivojlanadi, mavhumlashtirish shakli ham murakkablashadi hissiy ko’rgazmalilikdan fikr yuritishga o’tiladi hamda tushunchaga aylanadi.
Aniqlashtirish mavhumlashtirishga yaqin fikriy operatsiya, u umumiydan xususiyga o’tish, natijada uning turli xususiyat va belgilarini topish orqali namoyon bo’ladi.
Mavhumiylik va aniqlashtirish birligi muammoni o„rganish jarayonida o„rnatiladi. Bu birlik o’zaro munosabatga fiziologik asos - ikkinchi signal tizimiga ega. Bilimni chinakam egallashga mavhum tushunchalar va dalillar aniqlashtirilgandagina erishiladi.
Boshlang’ich sinf ta‟limi jarayonida fikrlash qobliyatini aniqlashtirish ikki shaklda olib boriladi:
1.hissiy –ko’rgazmali vositalar (matnlar, rasmlar, jadvallar) asosida;
2.so’z orqali - mavhum shaklda (hikoya qilish, tushuntirish, maxsus topshiriqlarni hal etish).
Fikrlash faoliyatiga konkret ta‟rif beradigan bo„lsak.
F i k r l a s h
-
bu inson sezgi organlari va aqliy faoliyatining birligi natijasi
o„laroq, mustaqil ravishda tahlil qilish, umumlashtirish, induktiv va deduktiv xulosalar
chiqarish, taqqoslash
, aniqlashtirish, mavhumlashtirish kabi fikriy operatsiyalardan
foydalangan holda amalga oshriladigan aqliy faoliyatdir.
Quyida 2
-
sinf matematika fanidan 1 soatlik dars namunasini keltiramiz.
Dars mavzusi: Sonlar va shakllar ketma
-
ketligini mantiqiy davom
ettirish
Darsning maqsadi:
Ta’limiy:
sonlar va shakllar ketma
-
ketligining tuzilish qonuniyatini aniqlaydi, ularni
to„ldiradi va mantiqan davom ettiradi.
M2.SA.22:
Sonlar va shakllarning mantiqiy ketma
-
ketligini topadi va davom ettiradi, qonuniyatini
aniqlaydi.
Tarbiyaviy:
o„quvchilarni jamoada ishlashga o„rgatish.
Rivojlantiruvchi:
o„quvchilarda mantiqiy fikrlash ko„nikmalarini shakllantirish.
Har qanday sonlar va shakllar ketma
-
ketligida mantiqiy qonuniyat bo„ladi. Shu qonuniyatni
topish maqsad qilin
adi. Bu kabi topshiriqlar o„quvchilarda mantiqiy fikrlash ko„nikmalarini
shakllantirishga xizmat qiladi. Darsni maktab hovlisida o„tkazish tavsiya qilinadi. Asfaltga
oldindan shakllarning ketma
-
ketligi chiziladi. Bu ketma
-
ketlikni o„quvchilarning o„zlari
c
hizib ko„rsatishsa, maqsadga muvofiq. Modellar, pazllar yordamida ketma
-
ketlik tuzish
mumkin.
1.
Sonlar qatorini davom ettiramiz.
Ketma
-
ketlikdagi sonlarni topish uchun 1
-
va 2
-
sonlarga e‟tibor beramiz. Nechtaga
ortmoqda? 12 soni 8 sonidan 4 taga ortiq. Demak
, 12 sonidan keyingi sonni topish uchun 12
soniga 4 sonini qo„shamiz. Bu son 16. Qolgan sonlar ham shu tartibda topiladi.
2.
Ketma
-
ketlik asosida ifodalar tuzamiz va ifodalarning qiymatini topamiz.
FTAI
Jild:
03
|
Nashr:
0
4
|
април
2022
“BILIG

ILMIY
FAOLIYAT”
nashri
http://bilig.academiascience.o
rg
136
56

25 = 31
31 + 45 = 76
76

45 = 31
31 + 14 = 45
45

31 = 14
14 + 52 = 66
66.

32 = 34
“Ketma
-
ketlikni top” o„yini
Sinf jamoasi 3 guruhga bo„linadi. Har bir guruhga 3
-
topshiriqdagi shakllar tarqatiladi. Qaysi
guruh uni tez va to„g„ri bajarsa, shu guruh g„olib hisoblanadi va rag„batlantiriladi.
3.
Keyingi
shaklni
topamiz
va chizamiz. Natijalarni chizamiz.
1.
Ketma
-
ketlikni aniqlaymiz: 2 ta doiracha, 1 ta to„g„ri to„rtburchak, 2 ta doiracha 1 ta
to„rtburchak. Topilishi lozim bo„lgan shakldan oldin 2 ta doiracha. Demak, keyingi shakl
to„rtburchak.
2.
Qizil
to„rtburchaklarga eʼtibor beramiz: bittadan ortib bormoqda, yashil to„rtburchak
o„zgarmagan.
4.
Avval
hisoblaymiz,
so„ngra taqqoslaymiz.
45 + 37 > 50 + 10
82 > 60
52

29 > 45

38
23 > 7
61 + 19 > 72

12
80 > 60
68

59 < 91

68
9 < 23
Uyga vazifani
bajarishlari uchun o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga tushuntiriladi,
ko‘rsatma, yo‘llanma beriladi.
5.
Chiziqchalar o„rniga mos shakllarni chizamiz va bo„yaymiz. Jami nechta shakl chizish
lozim?
FTAI
Jild:
03
|
Nashr:
0
4
|
април
2022
“BILIG

ILMIY
FAOLIYAT”
nashri
http://bilig.academiascience.o
rg
137
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, yuqorida
keltirilgan materiallar o„zining
qiziqarliligi, tuzilishi bilan bolalarga yaqindir. Boshqotirmalar, matematik mantiqiy
masalalar o„quvchilarni shunday sharoitga soladiki o„quvchilar o„ylashga, fikr yuritishga
majbur bo„ladilar. Dars jarayonida o„quvchilard
a hosil bo„lgan ijobiy his

tuyg„ular ularga
aqliy qobiliyatlarni shakllantirishda asosiy shartlardan biri bo„lib hisoblanadi. Boshlang„ich
sinf o„quvchilarining matematik tafakkurini shakllantirishga qaratilgan sistemali ravishda
olib borilgan ishning ij
obiy natija berishi mantiqiy tafakkurning shakllanishiga olib keladi.
Boshlang„ich sinf o„qituvchilari hamda oliy ta‟limning bitiruvchi kurs talabalariga
ushbu
maqoladan foydalanishni tavsiya beramiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Prezident Shavkat
Mirziyoyev olimlar, ilmiy
-
tadqiqot muassasalari rahbarlari va ishlab
chiqarish sektori vakillari bilan uchrashuv. 31.01.2020 y.
2.
Кларин М.В. Педагогическая технология в учебном протсессе.

М.: “Знание”,
1989 г. С. 75.
3.
Nishonova Z.T. Oliy maktab psixologiya
si. Toshkеnt, 2003y.
4.
Matematika 2
-
sinf [Matn]: darslik / L.O„rinboyeva [va boshq.].

Toshkent:
Respublika ta‟lim markazi, 2021.

192 b.
5.
Matematika 2
-
sinf. Metodik qo„llanma [Matn]: o„qituvchilar uchun metodik
qo„llanma / L. O„. O„rinboyeva [va boshq.].

Toshkent: Respublika ta‟lim markazi,
2021.

160 b.
Yüklə 28,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin