1. el-yurt umidi jamg‘armasi „El-yurt umidi“ jamgʻarmasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI BUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG‘ARMASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA



Yüklə 78,54 Kb.
səhifə3/18
tarix17.05.2023
ölçüsü78,54 Kb.
#115759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Mustaqil ta\'lim

3.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI BUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG‘ARMASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmonini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida

I. Umumiy qoidalar
.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlarini va boshqa to‘lovlarni tayinlashni, moliyalashtirishni, hisobga olishni va ularning to‘lanishi bo‘yicha o‘rganishni olib borishni, ushbu maqsadlarga yo‘naltiriladigan maqsadli moliyaviy resurslarni jamlashni amalga oshirish bo‘yicha asosiy vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini belgilaydi.
2. Jamg‘arma idoraviy jihatdan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga qarashli hamda o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning o‘rinbosariga, Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi raisiga hisob beradi.
3. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Jamg‘arma o‘z ishlarini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Jamg‘arma tizimiga:
Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari;
Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari kiradi.
Jamg‘arma ijro etuvchi apparati, uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlarining ta’minoti quyidagi manbalar hisobiga amalga oshiriladi:
Jamg‘arma ijro etuvchi apparati — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari;
hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) bo‘limlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari.
6. Jamg‘arma hamda uning hududiy boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, shuningdek tegishli muhr va shtamplarga ega bo‘ladi.
Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, shuningdek tegishli muhr va shtamplarga ega bo‘ladi.
Jamg‘armaning asosiy vazifalari va funksiyalari

7. Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:


qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning davlat pensiya ta’minotini tashkil etish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni tayinlash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarining qayta hisoblab chiqilishini ta’minlash;
pensiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘liq hajmda moliyalashtirish va to‘lanishini tashkil etish, ular bo‘yicha hisob va hisobotni yuritish;
tizimli asosda pensiyalar tayinlash va ularni qayta hisoblashning doimiy tahlilini o‘tkazish va o‘rganishni olib borish, fuqarolarning pensiya ta’minotiga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan qat’iy maqsadli foydalanilishini ta’minlash;
boquvchisini yo‘qotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib bo‘lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarga to‘langan mablag‘larni da’volar bo‘yicha aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil etish.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi “b” bandi va 14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni qoplash uchun mablag‘larni yuridik shaxslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil etish;
8. Jamg‘arma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) Jamg‘armaning daromadlari bo‘yicha:
Jamg‘arma ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlardan tushgan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda G‘aznachilik deb ataladi) hisob raqamiga jamlaydi hamda pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltirishni ta’minlaydi;
har yili manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Jamg‘arma daromadlari tushumlar prognozini ishlab chiqadi;
davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimining barqarorligini ta’minlash va uni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining o‘rtacha va uzoq muddatli prognozlarini tayyorlaydi;
boquvchisini yo‘qotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib bo‘lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarga sarflangan mablag‘larni “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan regress da’volar bo‘yicha belgilangan tartibda undirib oladi.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi “b” bandi va 14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lashga sarflangan mablag‘larni yuridik shaxslardan regress da’volar bo‘yicha belgilangan tartibda undirib oladi;
ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlar tushishi hisobini olib boradi;
b) pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash hamda qayta hisoblab chiqish bo‘yicha:
pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va qayta hisoblab chiqish uchun zarur bo‘lgan taqdimnomalar, arizalar va boshqa hujjatlarni qabul qiladi, ularni qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiradi;
pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash uchun yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni belgilangan tartibda tayyorlaydi, ko‘rib chiqadi va tekshiradi;
Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlarida pensiyalar tayinlash bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etadi;
zarur tarzda rasmiylashtirgan hujjatlarga muvofiq va pensiyalar tayinlash bo‘yicha komissiyalar qarorlari asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pensiyalarni tayinlaydi va ularni qayta hisoblab chiqadi;
pensionerlarning pensiya ishlarini va ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslarning ishlarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi, pensionerlarga pensiya guvohnomalari beradi;
pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar tayinlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan taqdim etilgan pensiyalar, Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar olish huquqini beradigan hujjatlarning ishonchliligini tekshiradi;
v) pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlarga xarajatlarni amalga oshirish bo‘yicha:
pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni hisoblab chiqish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiradi, pensiya va nafaqalarni yetkazib berish yuklatilgan tijorat banklari filiallari orqali pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar to‘lash yuzasidan topshiriqlarni rasmiylashtiradi va beradi;
pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot, banklar tomonidan pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri yetkazib berilishi hamda to‘lanishi yuzasidan doimiy o‘rganishni va nazoratni amalga oshiradi;
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga, shuningdek dehqon xo‘jaliklari a’zolariga — ular tomonidan ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar to‘langan taqdirda, bola tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan nafaqalar hamda dafn marosimi nafaqalar uchun zarur mablag‘larni moliyalashtiradi;
tashkilotlarning ishlaydigan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda qo‘shimcha dam olish kuni uchun to‘lov, Chernobil halokati oqibatida zarar ko‘rgan fuqarolarga kompensatsiya to‘lovlarini va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarga xarajatlarini moliyalashtiradi;
g) fuqarolarning pensiya ta’minoti bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha:
ommaviy axborot vositalari yordamida respublika aholisini fuqarolarning pensiya ta’minoti masalalari bo‘yicha xabardor qiladi;
belgilangan tartibda tayinlangan shaxsiy pensiyalar to‘lanishini tashkil etadi;
imtiyozli pensiya ta’minoti huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, imtiyozli pensiyalarni takomillashtirish va tartibga solish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil etadi;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqadi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi;
Pensiya va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banklarida pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari hamda boshqa to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishi bo‘yicha o‘rganishni olib boradi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi, fuqarolarning pensiya ta’minoti masalalari bo‘yicha zamonaviy nazariy ishlanmalarni va xorijiy tajribani o‘rganadi;
Jamg‘armaning mablag‘larini oluvchilar, pensiyalar hamda Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi axborotni ishlab chiqishda qatnashadi va avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashni joriy etadi;
pensiya ta’minoti masalalari bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Jamg‘arma vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini umumlashtiradi;
pensiya ta’minoti masalalari va Jamg‘armaning vakolatiga tegishli bo‘lgan boshqa masalalar bo‘yicha xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi;
d) Jamg‘arma vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha e’tiroz-da’vo ishlari o‘tkazilishini tashkil etadi va amalga oshiradi.
9. Jamg‘arma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Jamg‘arma vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
o‘z vakolatlari doirasida Jamg‘armaning vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni va metodik hujjatlarni ishlab chiqish;
ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlar miqdorlarini belgilash, shuningdek pensiya ta’minotiga tegishli bo‘lgan boshqa masalalar bo‘yicha takliflar kiritish;
Jamg‘arma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Jamg‘arma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin


Yüklə 78,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin