3-mavzu. Bank operatsiyalari



Yüklə 84,89 Kb.
səhifə1/9
tarix05.08.2023
ölçüsü84,89 Kb.
#138708
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-MAVZU. BANK OPERATSIYALARI


3-MAVZU. BANK OPERATSIYALARI
3.1.Banklarning vazifalari, tamoyillari va operatsiyalarining turlari
3.2.Bankning passiv operatsiyalari tarkibi va joylashuvi
3.3.Bankning aktiv operatsiyalari tarkibi va joylashuvi


3.1. Banklarning vazifalari, tamoyillari va operatsiyalarining turlari

O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank – bu tijorat muassasi bo‘lib, jismoniy va huquqiy shaxslarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qilish va ularni o‘z nomidan, to‘lovlilik, muddatlilik, qaytarib berishlik shartlari asosida qarz berish va boshqa operatsiyalarni bajaradi.


Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining ikkinchi pog‘onasi bo‘lib, kredit resurslarining asosiy qismi ana shu banklarda yig‘iladi va ular huquqiy hamda jismoniy shaxslarga bank xizmatlarini ko‘rsatadilar. Tijorat banklari faoliyatining huquqiy asoslari bo‘lib, 1996 yil 25 aprelda (yangi tahriri 05.11.2019) qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar mahkamasining qarorlari hisoblanadi.
Tijorat banklari o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan ruxsatnoma litsenziya asosida amalga oshiradilar. Har bir tijorat banki o‘z faoliyatini boshlashdan avval, yuqoridagi qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda o‘z Nizom (Ustav) ini ishlab chiqadi. Bank Nizomida quyidagi bandlar bo‘lishi lozim:

  • bankning nomi va manzilgohi;

  • bank amalga oshiradigan operatsiyalar ro‘yxati;

  • bank tashkil etadigan fondlar ro‘yxati;

  • Nizom fondi miqdori;

  • bank boshqaruv idoralari, ularning tarkibi va to‘zilishi;

  • bankka qarashli muassasalar ro‘yxati va ularning maqomi;

  • bankning huquqiy shaxs ekanligi va o‘z-o‘zini moliyaviy ta’minlash asosida ishlashi to‘g‘risidagi Nizom;

  • bank va uning filiallarini tashkil etish hamda ular faoliyatini to‘xtatish tartibi;

  • bank faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni matbuotda e’lon qilish majburiyati.

Tijorat banklarining Nizom (Ustav) fondi bank muassislarining badallari yoki aksiyalar chiqarish va sotish hisobidan vuju010021tgan tijorat banklarining soni 32 tani tashqil qiladi.
Tijorat banklari o‘z faoliyatlarini quyidagi tamoyil (prinsip)larga asosan amalga oshiradilar:

  1. Tijorat banklari o‘zlarining mavjud resurslari chegarasida faoliyat ko‘rsatadilar. Ular o‘zlarining Markaziy bank muassasalarida ochilgan vakillik hisob-varaqlari (korrespondentlik schyotlari) dagi mablag‘lari chegarasida boshqa banklarga pul o‘tkazishlari, banklar va xo‘jaliklarga kredit berishlari mumkin. Boshqacha aytganda, «ko‘rpaga qarab oyoq o‘zatadilar».

  2. Tijorat banklari iqtisodiy mustaqil bo‘lganliklari sababli, o‘z faoliyatlari natijalari bo‘yicha to‘liq javobgardirlar. Ular o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lardan erkin ravishda foydalanadilar. Olgan daromadlarini mustaqil ravishda tasarruf etadilar va ko‘rgan zararlarini ham o‘zlari qoplaydilar.

  3. Tijorat banklari bilan ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro kelishuv, bitim va shartnomalar asosida tashkil etiladi.

  4. Tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish Markaziy bank tomonidan faqat iqtisodiy uslublar va vositalar orqali amalga oshiriladi. Markaziy bank tijorat banklari faoliyati bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni belgilab beradi va ularga rioya qilinishini talab qiladi, ammo ular faoliyatiga bevosita aralashib, buyruq bera olmaydi.

Tijorat banklarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
A) vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qilish, yig‘ish va harakatdagi kapitalga aylantirish;
B) korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholini kreditlash;
V) pul muomalasini tashkil etish, muomalaga kredit pullarni chiqarish;
G) xalq xo‘jaligida hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish;
D) moliya va valyuta bozorlarida faoliyat ko‘rsatish;
E) iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsultatsiya xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar.

Yüklə 84,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin