Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/54
tarix07.01.2024
ölçüsü1,13 Mb.
#208337
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Mavzuga oid tayanch iboralar
Tarix, Tarixiy xotirani tiklanishi, Tarixiy xotirasiz – kelajak 
yo‘q, madaniyat tarixi, tarixiy siymolar. Ibtidoiy turar-joylar, diniy 
tasavvurlar, animism, fetishizm, totemizm. Ibtidoiy san’at. O‘tmish 
аjdоdlаrimiz ishlаridаn iftiхоr, g‘ururni his etish vа shu bilаn birgа 
ulаrgа munоsib аvlоd bo‘lish.
Mavzu bo‘ycha takrorlash uchun savollar
1. O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanini o‘rgаnish, 
uni хоlis vа ilmiy аsоsidа tаdqiq etish zаrurаti. 
2. O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fani predmeti, 
maqsad va vazifalarini tushuntirib bering.
3. Ibtidoiy davr madaniyati haqida nimalar bilasiz? 
4. Dastlabki diniy tasavvurlarga qaysilar kiradi?
25
Adabiyotlar:
1. Kаrimоv I.А. Yuksаk mа’nаviyat – yеngilmаs kuch. – T.: 
Mа’nаviyat, 2008.
2. Kаrimоv I.А. Vаtаnimizning tinchligi vа хаvfsizligi o‘z kuch-
qudrаtimizgа, хаlqimizning hаmjihаtliligi vа bukilmаs irоdаsigа 
bоg‘liq. – T.: O‘zbеkistоn, 2004.
3. Kаrimоv I.А. Tinchlik vа хаvfsizligimiz o‘z kuch-
qudrаtimizgа, hаmjihаtligimiz vа qаt’iy irоdаmizgа bоg‘liq. T.12. 
– T.: O‘zbеkistоn, 2004.
4. Kаrimоv I.А. Хаvfsizlik vа tinchlik uchun kurаshmоq kеrаk. 
– T.: O‘zbеkistоn, 2002.
5. Mirziyoyev Sh. M. Ilm-fan yetuklari – taraqqiyotning bir omili 
// Xalq so‘zi. – 2016. – 31 dekabr.
6. Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston 
davlatini birga quramiz. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 59 b.
7. Mirziyoyev Sh. M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va 
shaxsiy javobgarlik – har qanday bir faolyatining kundaligi qoidasi 
bo‘lishi kerak // Ishonch. 2017. –17 yanvar.
8. O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining “2017– 
2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirilishining 
beshta ustuvor uyushmasi bo‘yicha harakatlar strategiyasi” PF-
4947-sonli farmoni // Xalq so‘zi. 2017. – № 28.
9. Kаrimоv I.А. Biz tаnlаgаn yo‘l - dеmоkrаtik tаrаqqiyot vа 
mа’rifiy dunyo bilаn hаmkоrlik yo‘li. T.11. – T.: O‘zbеkistоn, 2003. 
10. Аliyеv А. Mа’nаviyat, qаdriyat vа bаdiiyat. – T.: Аkаdеmiya, 
2000.
11. Bаrkаmоl аvlоdni shаkllаntirish – mа’nаviy tаrаqqiyot оmili. 
Rеspublikа ilmiy-аmаliy kоnfеrеnsiya mаtеriаllаri. – T.: O‘zMU, 2010.
12. Bekmurodov M., Umarov A., Qoraboyev U., Haydarov 
Z. Ijtimoiy-madaniy faoliyat tarixi, nazariyasi va uslubiyoti. – T.: 
Ma’naviyat. 2016. – 336 b.
13. Nаzаrоv Q. vа bоshq. Mа’nаviyat: аsоsiy tushunchаlаr izоhli 
lug‘аti. – T.: G‘аfur G‘ulоm, 2009. 
14. Оchildiyеv А. Milliy g‘оya vа millаtlаrаrо munоsаbаtlаr. 
– T.: O‘zbеkistоn, 2004.
15. Oydinov N. O‘zbekiston tasviriy san’ati tarixidan lavhalar.
– T.: O‘qituvchi, 1997-yil.


48
uning sevimli mavzusi hisoblangan. Shu sababli uning «Gulzor», 
«Sabz bahor», «Rohigul», «Abhari kuhan», «Ravshan charog‘, 
«Polizbon», «Dilangizan» singari ko‘pgina asarlarida Navro‘z va 
tabiat go‘zalligi tarannum etiladi. Shuningdek, sozanda «Yazdon 
ofarid», «Sabzdori sabz», «Partavi farxor», «Kini Siyovush», «Bog‘i 
Shahriyor, «Isabdiz» singari qo‘shiq va ohanglarni ham mavsum va 
marosimlarga bag‘ishlab yaratadi. Borbad ko‘pgina qo‘shiqlarini 
avlod-ajdodlar tarixiga, xalq og‘zaki ijodi va zardushtiylikning 
muqaddas kitobi «Avesto» ohanglariga bag‘ishlagani haqida 
ma’lumotlar bor. Uning musiqa sohasidagi buyuk xizmati shundan 
iboratki, u yaratgan «Zerafkand», «Nufuxt», «Gulnush», «Oromishi 
jon», «Dargam» kabi kuy va taronalar eron, tojik, arab va turkiy 
xalqlarga mansub sozanandalar tomonidan hanuzgacha sevib ijro 
etiiadi.
Hozirgi kunda o‘zbek-tojik musiqasi boyligi hisoblangan «Shash-
maqom» ohanglari silsilasidagi «Zerafkand», «Xusravoni», «Nav-
ro‘zi buzrug», «Navro‘zi Ajam», «Navro‘zi Xoro» maqom yo‘llarida 
Borbad ijodining an’analari bevosita davom etib kelmoqda. 
Umuman olganda, Borbadning Sharq musiqa madaniyatiga 
qo‘sh 
gan hissasi va uning mashhurligi haqida ko‘plab asarlar 
yozi lib, tadqiqotlar olib borilgan. Borbad ijodi ko‘plab Sharq va 
G‘arb olimlari tomonidan o‘rganilgan. Masalan, Borbadning musi-
qa madaniyati tarixida yorqin iz qoldirganligi haqida daniyalik 
mash hur sharqshunos A.Krestinsen shunday deb yozadi: «Borbad 
sosoniylar davri musiqasi rivojida asosiy o‘rin tutgan, shuningdek, 
u haqiqatdan ham Sharq xalqlari musiqa san’atining asoschilaridan 
biri hisoblanadi. Hech qaysi san’at arbobi tarixda va adabiyotda 
uningdek yorqin iz qoldirmagan. Borbad o‘z hayoti davomida 
360 ta maxsus qo‘shiq va 30 ta tarona yaratdi, ulardan 148 
tasining nomi hozir ham manbalarda doimo eslanadi. U yaratgan 
asarlarning nomlari Sharq xalqlari musiqasida hozirgi kunlargacha 
o‘zgarmagan». Borbadning nomi va iste’dodini abadiylashtirishda 
mashhur Sharq mutafakkirlarining roli benihoya kattadir. Abu Bakr 
Narshaxiy, Abu Abdulloh Rudakiy, Abdulqosim Firdavsiy, Ibn Sino, 
Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqalar 
o‘z asarlarida Borbad nomini abadiylashtirib ketganlar.
Qadimgi Markaziy Osiyoning ilm-fani dunyoning barcha mada-
33
Markaziy Osiyoning antik badiiy madaniyatning muhim uslubiy 
xususiyatini san’atlar sintezi tashkil etgan. Haykaltaroshlik, tasviriy 
san’at, naqsh bunda umumiy me’morchilik rasamadagi va uning 
ritmiga bo‘ysingan holat me’morchilik bilan yahlit namoyon 
bo‘ladi. Bu sintez Kushonlar davrida ham mahalliy madaniyatda o‘z 
ta’sirini saqlab qoldi. Kushonlar davri Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, 
Pokiston, Hindiston xalqlari tarixidagina emas balki dunyo 
madaniyatining taraqqiyotida alohida o‘rin egallaydi. Turli xalqlar 
madaniyati chatishishi natijasida bu yerda o‘ziga xos madaniyat 
shakllandi, shu bilan birga keyingi asarlar madaniyatining o‘zaro 
ta’siri yangi tarixiy bosqichga qadam qo‘ydi. Ellin madaniyatining 
an’ananalari Kushonlar davrida ijodiy jihatidan qayta shakllandi va 
yangicha tahlil qilina boshladi.
Kushonlar imperiyasi davrida (I-III asrlar) Markaziy Osiyoda 
sug‘or ma dehqonchilik, hunarmandchilik, shaharsozlik, savdo-
sotiq va iqtisodiy aloqalar ravnaq topdi. Bunga Kushon-Baqtriya 
yozuvlari, brahma va qaharoshhi, hind alifbosidagi yozuvlar, 
kushon tangalari guvohlik berdi. Buddizm dinning rasmiy 
darajasi budda ibodatxonalarining o‘sha zamon san’ati bilan 
bezatilishida namoyon bo‘ladi. Termiz yaqinidagi Ayritomdan 
topilgan ibodatxona tashqi devori peshtoqlariga sarg‘ishroq 
toshdan haykal o‘rnatilgan. Bino ichida g‘ishtdan ishlangan budda 
haykalining qoldiqlari topilgan. Haykallarning ishlanish uslubi, 
kiyimi musiqa asboblari Hindis ton, O‘rta Osiyo, Yunoniston 
madaniyatlarining o‘zaro ta’sirida rivojlanganligidan dalolat 
beradi. Buni Xorazm, Farg‘ona, Sug‘d, Parfiyadan topilgan 
turli xil buyumlar, madaniy obidalar, topilmalari timsolida 
ham ko‘rsatish mumkin. Kushonlar davrida shaharlar qurilishi 
keng rivojlangan. Shaharlar qalin devorlar bilan o‘ralib, ichida 
ark va arkning atrofida har xil binolar qad ko‘targan sopol 
idishlar nihoyatda nafis va jarangdorligi bilan va xilma-xilligi 
bilan ajralib turgan. Amaliy san’at keng taraqqiy etgan. Zeb-
ziynat buyumlari va mehnat jang qurollari yasash, mato to‘qish 
rivojlangan. Umuman kushonlar davri madaniyati Markaziy 
Osiyoning eng cho‘qqisi hisoblanib, ma’lum hudud va zamon 
bilan chegaralanmaydi. Bu madaniyat Old Osiyo, Markaziy 
Osiyo va Antik, Hind madaniyatlari yutuqlarini o‘zida jamlab, 


34
qo‘llab sharq xalqlarining o‘rta asrdagi madaniyati rivoji uchun 
asos bo‘ldi va jahon madaniyati o‘chmas iz qoldirdi. 

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin