Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan


Sakkizinchi davr – XIX oxiri va XX asr Turkistonning Rossiya



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/54
tarix07.01.2024
ölçüsü1,13 Mb.
#208337
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Sakkizinchi davr – XIX oxiri va XX asr Turkistonning Rossiya 
davlati tomonidan mustamlakaga aylantirilgan va totalitar davlat 
davri madaniyati va san’ati
XIX asr keyingi asr estetika va san’atini tubdan o‘zgarishiga 
zamin yaratdi. XX asr san’ati umumiy ko‘p asrlik O‘zbekiston 
madaniyati va san’ati tarixining uzviy bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. 
Ayni vaqtda bu davr badiiy madaniyati oldingi bosqichlar san’atidan 
keskin farq qiladi. Teatr, rangtasvir, haykaltaroshlik, opera va balet, 
simfonik musiqa va kompozitorlik, kinematografiya va televideniye 
singari san’atning yangi noan’anaviy Yevropacha shakllari yuzaga 
keladi va rivojlanadi. O‘tgan asrda O‘zbekistondagi badiiy ja-
rayon murakkab va xilma-xil bo‘lib, ichki jo‘shqinlikka, davriy xu-
susiyatlarga boy edi.
Bir tomondan bu vaqtda shafqatsiz stalincha qatag‘onlar, sotsia-
listik realizm aqidalarining singdirilishida qoralangan siyosatning 
san’atga keskin salbiy ta’siri kuzatiladi. Milliy-tarixiy o‘z-o‘zini 
ang lashning tabiiy ko‘rinishlari bilan kurash davom etadi, unga 
hoki miyat o‘tmishni adovatli ilohiylashtirish deb qaradi. Shu bilan 
birga chindanam mashhur me’morlarimiz, rassomlarimiz, aktyor-
larimiz, rejissyorlarimiz, bastakorlarimizning daholari yorqin o‘z 


32
sintezi hisoblanadi. Bu madaniyatga Markaziy Osiyo xalqlari ham 
o‘zining hissasini qo‘shgan. Zardo‘shtiylik ahmoniylarlarning 
davlat dini va sifatida qabul qilinishi bilan birga G‘arbga ham 
keng yoyila boshladi. Ahmoniylar san’atining Suza va Persipoldagi 
ulkan yodgorligi qurilishiga Markaziy Osiyo mintaqasidan ko‘plab 
xomashyo keltirilgan. Saroylar qurilishi Baqtriyadan oltin, Sug‘ddan 
lojuvard va qimmatli toshlar, Xorazmdan feruza olib borilgan. 
1877-yilda Tojikistonning janubidan topilgan Amudaryo xazinasi 
madaniy sintezning yorqin misolidir. Markaziy Osiyo xalqlarining 
madaniyat munosabatlari juda kengaydi, shuningdek, madaniy 
qadriyatning boyishi va turli madaniyatlarning o‘zaro ta’siri jarayoni 
esa o‘z madaniyatlarini juda tez rivojlanishi va boyishiga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatdi.
Ahmoniylar imperiyasi va Markaziy Osiyo yerlari yunon-make-
donlar tomonidan bosib olingan Markaziy Osiyo madaniyatida 
ellinizm elementlari kirib keldi. Ellinistik jarayon salavkiylar 
davlatidan mustaqil bo‘lgan Parfiya va Yunon-Baqtriyada o‘zining 
yuqori rivoji bilan ajralib turadi. Yunon-Baqtriya davlati yunonlar 
mahalliy sintezi qisqa vaqtda o‘zining ijobiy natijalarini berdi, 
sharharlar soni tez kunlarda o‘sdi, dehqonchilik, chorvachilik, 
ayniqsa hunarmandchilik rivojlanib bordi. Markaziy Osiyo mintaqasi 
buyuk ipak yo‘li bo‘lib, o‘sgan xalqaro savdoning markazi sifatida 
o‘ta muhim o‘rin egalladi. Tovar-pul munosabatlarini o‘sishida 
Baqtriya shohlarining o‘z pullarini zarb qilishi xalqaro savdoning 
rivojiga ijobiy ta’sir qilish bilan birga, yuksak badiiy darajasi bilan 
ham ajralib turadi.
Yunon-Baqtriya davridagi Oyxonum (Shimoliy Afg‘oniston), 
Saksonaxur va Taxtisangin (Tojikiston ), Dalvarzintepa, Yorqo‘rg‘on 
(O‘zbekiston) kabi shaharlar qurildi. Yunon harbiy manzilgohlarining 
aholisi turmush tarzi va madaniyatlari aks ettiruvchi ellinistik uslublar 
Yunon-Baqtriya sharharlarida ochib o‘rganildi. Inshootlar tosh, xom 
va pishiq g‘ishtdan tiklangan. Ustunlar korinf usulida ishlangan. 
Saroy va ibodat majmualari, gimnaziya, teatr binolari ochib 
tekshirilganda ustunlar attik bazalltar, yaproqlari, palmetallar, cheti 
naqshlangan cherepitsa-antifikslar singari unsirlarni qo‘llanilishida 
aks etadi.
17
hisoblanadi. Neolitning so‘nggi bosqichlari ma’lum darajada etnik 
birliklarning shakllanishuvi bilan bog‘liq madaniyat hisoblanadi. 
Shuning uchun ham neolit davrini ilk neolit, rivojlangan neolit va 
so‘nggi neolit deb nomlanuvchi davrlarga bo‘lib o‘rganiladi. Ilk 
neolit ba’zan, mezolit (gr. Mezzo-o‘rta), epialeolit (gr. Ere – so‘nggi) 
va protoneolit (gr. Protoz-birinchi) deb ham ataladi. Neolit davriga 
kelib o‘q-yoy ibtidoiy odamning asosiy quroli bo‘lib qolgan. Uning 
paydo bo‘lishi ovchilikning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Shuningdek 
bu davrda madaniyat tarixida buyuk hodisa ro‘y bergan, ya’ni birinchi 
hayvon qo‘lga o‘rgatila boshlangan. Eng sodda ko‘rinishdagi sopol 
idishlar ishlab chiqarila boshlangan, u esa yangi ishlab chiqarish-
kulolchilikning rivojlanishiga turtki bergan.
Neolit davrida kashf etilgan qurollardan yana biri – bumerang 
bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida ovchilik ham jang, hujum, ham mudofaa, 
ham qo‘l, dam otish quroli vazifasini bajargan. Bu bumerang qattiq 
yog‘ochning egri bo‘lagidan ishlangan va aerodinamika qonuniga 
ko‘ra harakatlangan. Bu qurol qadimgi misrliklar, avstraliyaliklar 
va nemislarning asosiy qurollaridan hisoblangan. Puflab otiladigan 
qurol ham ibtidoiy davr odamlarining o‘ziga xos kashfiyotidir. U 
Indoneziyada SUMPITAN, Janubiy Amerikada esa SARBAKAI 
nomi bilan mashhur bo‘lgan. Bu qurol bir vaqtni o‘zida ham 
ovchilik ham harbiy qurol bo‘lib, silliq bambuk bo‘lagidan 
ishlangan. Unga 25-30 metr masofaga uchuvchi zaharlangan o‘qlar 
solib puflangan. Shuningdek, bu davrda ham ovchilik ham harbiy 
maqsadlarda ishlatiladigan SOPKON va PALAXMON kabilar ham 
keng tarqalgan. Bu qurollar Janubiy Amerikada, Polineziya, Osiyo 
mamlakatlari, shu jumladan Markazny Osiyo xalqlari orasida ham 
keng tarqalgan. Xullas, inson mehnati ishlab chiqarish qurollari, 
shuningdek, umuman madaniyat rivojlanishining asosini tashkil 
etadi. Ibtidoiy davrda mehnat nihoyat darajada og‘ir bo‘lgan. 
Shell davri odami bizning ko‘zimizga juda ham sodda bo‘lib 
ko‘rinuvchi keskichni tayyorlash uchun qanchalik mashaqqatli 
mehnat qilganligini tasavvur qilishimiz juda ham qiyin. Oddiy 
nayza, ayniqsa, bumerang, o‘q-yoy, tarashlangan va parmalangan 
bolta uzoq vaqt davomida qunt bilan mehnat qilishni talab qilgan. 
Ketma-ket keladigan ashell, muste, orin’yak-salyutr va madlen 
madaniyatlari yirik hayvonlarni ovlash ayniqsa, rivojlanganligini 


18
ko‘rsatadi. Madlen madaniyati davrining oxiriga kelib dehqonchilik 
bilan bir qatorda ovchilik ham keng rivojlana boshlagan. Ibtidoiy 
ovchilikning dastlabki paydo bo‘lgan vaqtlaridayoq turli xil ommaviy 
ov usullari bir tomondan, hayvonni o‘rab olish, quvlash, ikkinchi 
tomondan esa turli xil tuzoqlar qopqog‘iga o‘xshash ovchilik 
qurollari, qush ovlaydigan turlar juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan 
ibtidoiy ovchilikda hayvon yoki qush tovushiga taqlid qilish yoki 
o‘sha ov qilinayotgan hayvon terisini yopinib unga yaqinlashish 
ancha keng tarqalgan. Ashell davridan boshlab qo‘lga o‘rgatilgan 
it endi odamning ov vaqtidagi sodiq yordamchisi va yo‘ldoshiga 
aylangan. Itning qo‘lga o‘rgatilishi odamga uch tomondan foyda 
keltirgan, birinchidan, it ovda juda asqotgan bo‘lsa, ikkinchidan, it 
inson yashaydigan manzillarni qo‘riqlagan, xavfdan ogoh qilgan, 
uchinchi tomondan esa ayrim qabilalarning ko‘chib yurishi paytida 
transport vazifasini o‘tagan.
Dehqonchilik iqlim sharoitiga qarab turli joylarda turlicha 
davrlarda rivojlangan. Masalan, iqlim mo‘tadil va janubiy hududlarda 
esa birmuncha keyinroq rivojlangan. Arxeologik izlanishlar deh-
qon chilik paleolitdayoq, aniqrog‘i orin’yak-salyutr davrida paydo 
bo‘lganligini ko‘rsatadi. Dehqonchilikda motiga (ketmon vazi-
fasini bajaruvchi qurol) tayoqlar, belkuraklar, toshdan yasalgan 
boltalardan keng ko‘lamda foydalanilgan. Dehqonchilikning yanada 
yuksalishiga yovvoyi hayvonlarning qo‘lga o‘rgatilishi muhim 
ahamiyat kasb etgan. Qo‘lga o‘rgatilgan hayvonlar kishilarga juda 
katta foyda keltirgan. Birinchidan, ulardan qo‘shimcha mehnat kuchi 
sifatida foydalanilgan bo‘lsa, ikkinchidan, uy sharoitida o‘rgangan 
hayvonlar o‘zidan nasl qoldirgan. Ayrim hayvonlar hatto oziq-ovqat 
vazifasini ham o‘tagan. Har xil hayvon turlarini xonakilashtirish 
juda mashaqqatli ish bo‘lgan va bu jarayon uzoq vaqt davom etgan. 
Chunki yer yuzida yashagan 140 ming hayvon turidan bor-yo‘g‘i 47 
turinigina xonakilashtirganlar. Uy hayvonlarini urchitib ko‘paytirish 
xo‘jalikning muhim tarmog‘iga aylangan. Uy hayvonlari odamga 
go‘sht, teri, jun, yog‘, suyak, sut bergan, yuk tashigan va yerni 
haydagan va nihoyat o‘g‘it bergan. 
Odamning eng dastlabki turar-joylari g‘orlar va daraxtlarning 
ko 
vaklari bo‘lgan. Paleolit davriga oid arxeologik yodgorliklar 
ham kishilarning turar-joylari g‘or bo‘lganligini tasdiqlaydi. 
31
sifatida ko‘tariladi. Yasna kitobidan zardushtiylikning e’tiqod ramzi 
haqida deyiladiki: «Qasam, ezgu fikrni, ezgu so‘zni, ezgu faoliyat 
majburiyatlarini bajarishni talab qiladi».
Zardo‘shtiylik birinchi bo‘lib, esxatalogik ta’limoti rivojlantirish 
yaratilgan, bunga muvofiq jahon tarixi 12 ming-yilni tashkil qiladi. 
Bu muddat tugashi bilan ezgulik va yovuzlik kuchlarini hal qiluvchi 
yovuzlik jang boshlanadi. Bugun olamni erigan metall oqimi o‘q 
qiladi. Biroq xaloskor saosh’yant halok bo‘lgan dunyoni va barcha 
marhumlarni tiriltiradi, barcha gunohkorlarni do‘zaxdan chiqarib 
Ahurumazdaning ideal hukmronligida abadiy hayot kechiradi. Shu 
tariqa zardo‘shtiylikda birinchi bo‘lib oxiratdagi jazo, marhumlarning 
tirilishi so‘roq kuni g‘oyalar Doro I ming Bexustun yovuzida va 
Kserksning Persepoldagi yozuvida ham qayd qilinadi. Zardo‘shtiylik 
Markaziy Old Osiyo hududlarida ming-yillar davomida hukmron 
din bo‘lib keldi va shubhasiz, bu din xristianlik va islom kabi jahon 
dinlarining shakllanishida katta o‘rin tutadi.
Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi va madaniyatning mustaqil rivoj-
lanishi Eron ahmoniylari tomonidan birinchi yirik bosqinchi tufayli 
to‘xtab qoldi. Sug‘d, Baqtriya, Xorazm mil. avv. VI-IV asrlarda 
ahmoniylar davlati tarkibiga kirgan. Markaziy Osiyo xalqlarining 
madaniyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ahmoniylar davrida xalqaro 
savdoning rivojlanishi uchun qulay sharoitning vujudga kelishi 
Markaziy Osiyo shaharlarining taraqqiyotiga imkon tug‘ildi. Ahmo-
niylar hukmronligida mamlakatlarga sayyohlar va olimlar borishi 
mumkin edi. Xuddi shu davrda Sharq mamlakatlarga Gerodot, 
Demokrit va boshqalar sayohat qilgan. Ahmoniylar imperiyasidagi 
yirik shaharlar – Suza, Persepol, Memfis, Nippur, Bobilda turli 
joylardan xususan, Xorazm, Baqtriya, Sug‘ddan chiqqan kishilar, 
saklarning harbiy aholisi yashagan.
O‘z navbatida mil.avv. V asrda Oks daryosining o‘ng sohilida 
Miletlik yunonlarning manzilgohi tashkil topadi. Shu tariqa Ah-
moniylar imperiyasi tarkibida Markaziy Osiyo xalqlari forslar, 
midiyaliklar, bobilliklar, misrliklar, yunonlar, hindlar bilan yaqin 
munosabatda bo‘lish madaniyatining ham o‘zaro ta’siriga imkon 
yaratdi.
Ahmoniylar imperiyasi madaniyati ham ko‘pgina mamlakat 
xalqlari yaratgan ilmiy bilimlar, diniy e’tiqodlar, san’at yutuqlarining 


30
Zardo‘sht va Axuramazada o‘rtasida suhbat, yo‘l-yo‘riq va ko‘rsat-
malar mazmunida bo‘lib, zulmat va yovuzdik xudosi Axrimanni 
boshqaruvchi yomonlik kuchlarini qaytarish haqida.
2. Visprat-«hamma hukmdor», bu kitobda ibodat namozlari 
to‘plangan.
3. Yasna-«ibodat», Marosim kitobi xudolarga sig‘inish va 
murojatdan iborat. Yasnadagi «Got»lar nomli 17 bob zardo‘shtning 
muqaddas qo‘shiqlaridir.
4. Yasht-«Qadrlash», «Hamdu-sano» kitobi xudolarni sharaflovchi 
qadimgi gimnlar va ezgulik xudolariga yovuzlikka qarshi kurash 
yordam beruvchi kuchlar haqida.
Bundan tashqari «Avesto» majmuaga «Kichik Avesto» ham 
man sub, u Avesto tilida yozilgan bo‘lib, ibodat kalimalari joylash-
gan. Ko‘pchilik olimlar Zardo‘sht yuksak axloqiy idealdagi va 
ishontiruvchi fikrlari bilan birinchi haq payg‘ambar ekanligini ta’kid-
laydilar. Zardo‘sht ta’limotiga muvofiq barcha quruqlikning o‘zgar-
mas ibtidosi Arta bo‘lib, «Avesto»da haqiqat, olov ruh deyiladi. 
Axuramazda tartibli saqlanuvchi osmon xudosi yorug‘lik va ezgulik 
hisoblangan (oxura-xo‘shayish, ega, mazda-idrokli, bilimdon). 
Axuramazdaning o‘g‘li-Atar (olov), uning vatani bulutlardek quri-
gan suvlar, uning makoni-hududsiz yog‘du. Axuramazda 6 ta ruhni-
yordamchilarni yaratdi (amesh spenta): ezgu aql, yaxshi tartib, 
layoqatli qudrat, olijanob mo‘minlik, sog‘lomlik va boqiylik. Unga 
Ax rimaning zulmat qo‘shini – devlar, urushlar timsoli, ochlik, kasal-
lik, adovat va boshqa yovuz kuchlar qarama-qarshi turadi. Olam 
va barcha insoniyat hayotining asosida ezgulik o‘rtasidagi azaliy 
kurash yotadi.
Zardo‘sht ta’limotining ulug‘ligi shundaki, u har bir kishiga 
tanlash imkonini beradi. Har kim ham yovuzlikni yo‘q etish va 
ezgulikni hukmron bo‘lishida ishtirok etishi mumkin, bu ishda barcha 
bir xilda tengdir. Shu tariqa yerda ilgari bo‘lmagan jannat – oltin 
asr tiklanadi. Unda sovuq ham, jazirama ham, qarilik ham, o‘lim 
ham bo‘lmaydi. Yovuzlik bilan kurashda har kishining asosiy quroli 
mehnat bo‘lgan. Zardo‘shtiylik axloqli kishidan kamtarin va halol 
meva eksa, u haqiqat tarqatadi. Videvdat kitobining «Dehqonchilik 
fazilati haqida» bobidan olingan. Fikr, so‘z va ishda taqvodorlik, 
ishchanlik, halollik, xolislik yuksak axloqning asosiy talabalari 
19
Tasmaniyaliklar daraxt kovaklarida yashaganlar. Lekin g‘orlar ham, 
daraxt kovaklari ham tabiat tomonidan berilgan tabiiy boshpanadir. 
Ular dan foydalanish madaniyat tarixida taraqqiyot hodisasi hisob-
lanmaydi. Chunki madaniy taraqqiyot kishi mehnati natijasida 
vujudga keltirilgan u yoki bu predmet orqali belgilanadi.
Ibtidoiy odamlarning turar-joylari xilma-xil bo‘lib, ularning 
rivojlanishi uch bosqichga bo‘linadi. Insoniyatning eng dastlabki 
turar-joylari shamolni to‘sib turadigan g‘or va yerdan kavlangan 
o‘radan iborat bo‘lgan. Masalan, tasmaniyaliklar, avstraliyaliklar va 
boshqa bir qator qabilalarning eng asosiy boshpanasi daraxt shohlari 
bilan to‘silgan g‘or bo‘lgan. Bir muncha vaqt o‘tgandan so‘ng yer 
usti va yer osti turar-joylari paydo bo‘la boshlagan. Chayla yer usti 
boshpanasi hisoblangan bo‘lsa, yerto‘la yer osti boshpanasi bo‘lgan. 
Chayla va kapalar asosan xoda, shoh-shabba, barg, loy, po‘stloq, 
poxol, teri va boshqalardan qurilgan. Keyinchalik chayla va kapaning 
takomillashuvi kigiz o‘tovlarning vujudga kelishiga olib kelgan. 
Yerto‘la qadimgi kishilarning yerni kavlab undan boshpana sifatida 
foydalanishidir. Nihoyat, turar-joylarning rivojlanishidagi uchinchi 
bosqichda loy devorli uylar paydo bo‘la boshlaydi. Natijada qadim 
ajdodlarimizning muqim qarorgohlari – qishloqlar va keyinchalik 
shaharlari vujudga kela boradi. So‘nggi neolit davriga kelib g‘ildirak 
kashf etilgan. G‘ildirak dastlab yahlit yog‘och doiradan iborat 
bo‘lgan. Qadim ajdodlarimiz qayiqni kashf etgunlariga qadar, suv 
ustida oqib ketayotgan daraxtlardan foydalanganlar. Keyinchalik ikki 
yoki bir qancha daraxt tanasini bir-biriga bog‘lab, sol yasaganlar. 
Vaqtlar o‘tishi bilan yog‘ochni o‘yib qayiq yasaganlar, hayvon 
terilaridan qayiq yasashda keng foydalanganlar.
Tafakkur dastlabki vaqtlarda qanchalik chegaralangan bo‘lmasin, 
ma’lum darajadagi xulosalar, tushuncha va tasavvurlar ifodasi bo‘lib, 
kuzatish va tajribaning maxsuli sifatida vujudga kelgan. Birgalashib 
mehnat qilish, kuzatish, tajriba, ong, tafakkur, fikr, til tushuncha, 
bilim – bularning barchasi o‘zaro ajralmas aloqada bo‘ladi hamda 
bir-birini taqozo qiladi va odamni hayvondan ajratuvchi, uni tabiat 
ustidan g‘olib qiluvchi belgilardir. Bularning barchasi madaniyatning 
g‘olibona taraqqiy etishi uchun asos bo‘lgan.
Mehnat jarayonida kuzatish va tajriba orttirish natijasida 
yangidan-yangi tasavvurlar va tushunchalar paydo bo‘lgan, tafakkur 


20
ham, til ham rivojlangan. Yangi so‘zlar paydo bo‘lib, so‘zlarning 
ma’naviy mazmuni boyigan, grammatik shakllari rivojlanib borgan.
Fikrni anglatishning sodda usullaridan biri – «signallar tili» 
hisoblanadi va biron bir xabarni belgilar yordami bilan ifodalash 
vazifasini bajaradi. Masalan, avstraliyaliklar o‘z joylarini tashlab 
ketganlarida oyoqlari bilan qumga chiziq chizganlar va chiziqning 
uchiga xivich tiqib qo‘yganlar. Chiziqning yo‘nalishi va uning 
uzunligi shu guruhning qaysi tomonga va qancha masofaga 
ketganligini ko‘rsatadi. Bu belgi guruhlarining kechikib qolgan 
a’zolari va mehmonlar uchun qilingan: «Signallar tili»ga turli xil 
belgilar – egilgan yoki sindirilgan novdalar, alohida qo‘yilgan 
toshlar, ovlanadigan o‘ljani ko‘rsatish, dushmanning paydo bo‘lishi 
yoki xavf-xatardan ogoh qilish kabi turli xil belgilar kirgan. Bu 
signallar ba’zan ma’ lum marta qichqirish, ko‘pincha sun’iy tovush 
chiqarish, masalan, baraban chalish yordami bilan, shuningdek olov 
yoki tutun va boshqalar yordami bilan berilgan. Biror xabar, fikr 
yoki tuyg‘uni ifodalash uchun ma’lum bir buyumni sovg‘a qilishni 
«ramziy fikrlar tili» yoki signallar tiliga kiritish mumkin. Masalan, 
Shimoliy Amerika hindlarida tomagauk (suyil) yuborish urush e’lon 
qilishning ramziy belgisi hisoblangan. Tomagauk dushmanga alohida 
elchi bilan yuborilgan, u tomagaukni dushmanga olib borib, yerga 
qo‘ygan. Agar qarshi tomon tomagaukni yerdan ko‘tarsa, urishishga 
rozi ekanligi bildirilgan. Xullas, «signallar tili» muhim madaniy-
tarixiy rol o‘ynagan, xususan harbiy va mudofaa ishlarida muhim 
ahamiyat kasb etgan.
Ibtidoiy meditsina davolashning folbinlik, sehrgarlik va jodu-
garlik usullariga asoslangan. Lekin juda qadim zamonlardayoq 
ay rim o‘simliklarning, mineral moddalarning davolash xususiyati 
kashf etilgan. Etnografik ma’lumotlarga ko‘ra, maxsus tayyorlangan 
tarki biy dorilardan ham masalan, nastoykalar, qaynatma dorilar, suri-
ladigan va kukun holidagi dorilarni ishlatganlar. Qustiradigan va ich 
bo‘shashtiradigan vositalar qo‘llanilgan. Silash va uqalashdan keng 
ko‘lamda foydalanilgan, sovuq va issiq gidroterapeyani ham yaxshi 
bilganlar, parhezning ahamiyati ham ma’lum bo‘lgan. Ibtidoiy 
davrda kichik va katta xirurgiya, ochishni to‘xtatish, qon olish usuli, 
badandagi ortiqcha to‘siqlarni olib tashlash, singan joylarni tuzatish, 
hatto amputatsiya ham ma’lum bo‘lgan. Hammom ham ibtidoiy 
29
ichida hunarmandlar mavzeyi joylashgan. Ayrim shaharlarda saroy 
qoldiq laridan qal’alar topilgan. Qadimgi davlatlar xo‘jaligining aso-
siy sohasi hisoblangan dehqonchilik taraqqiyotining darajasi ha qida 
ko‘p tarmoqli sug‘orish tizimining mavjudligi bunga dalildir. Mar-
kaziy Osiyo xalqlarining qadimgi Sharq mamlakatlari bilan yaqin 
aloqalar o‘rnatgan.
Midiya va Ossuriyaning siyosiy tarixida faol ishtirok etib, hunar-
mandchilik buyumlari va xomashyo bilan (lojuvard, oltin, mis) 
savdo sotiq qilingan. Bu haqida Ossuriya va Qadimgi Yunon yozma 
man balarida gapiriladi. Xususan Baqtriyaning yirik shaharlari, ko‘p 
sonli aholisi haqida Baqtriya shohi Oksiartning afsonaviy boyligi 
haqida Ktesiy Knidiskiy (mil.avv. V-IV asrlar) yozib qoldirgan.
Ko‘chmanchi massagetlarning udumi va turmush tarzi haqida 
mashhur qadimgi yunon tarixchisi Geradot mil.avv. V asrda yozib 
qoldirgan. U massagetlarning harbiy qurollari (kamon-yoyi, nayza 
oyboltasi) oltindan bezak sifatida, misdan qurol va sovut uchun 
keng foydalanishni ta’kidlaydi. Gerodotning yozishicha, massagetlar 
yagona ma’bud quyoshiga topinib, otni qurbonlik qilganlar.
Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining ma’naviy madaniyati 
haqidagi bilimlarning bebaho manbasi Avesto hisoblangan. Avesto 
so‘zining mazmuni umumiy izohga ega emas, ko‘pincha asosiy 
matn sifatida tarjima qilindi. Avesto dunyoning eng qadimgi 
dinlaridan bo‘lgan zardo‘shtiylik tarafdorlari uchun muqaddas 
kalima hisoblanib, payg‘ambar Zardo‘sht to‘planganlarga undan 
va’z o‘qigan. Uning hayoti davri mil.avv. IX-VI-VI asrlar atrofida 
deyiladi. Avesto va uning boshqa matnlarining to‘planishi ko‘p 
asrlar davomida amalga oshirilgan. Avestoning eng qadimgi 
matnlari mil.avv. II minginchi-yillarga taalluqli. Avestoning millodiy 
VII asrga tegishli bo‘lgan to‘plami juda turlicha mazmundagi 21 
kitobidan iborat bo‘lib, o‘sha davrning barcha bilimlari jamlangan. 
Zardushtiylik an’analariga ko‘ra bu yodgorlik ezgulik va yorug‘lik 
xudosi Axuramazdaning Zaratushtra vaxiysi hisoblanadi. Biroq 
unda qadimgi mifalogik tasavvurlar ham tasvirlanadi. Shuningdek, 
diniy yo‘l-yo‘riq payg‘ambar davridan keyin Zardushtiylikning 
rivojlangan e’tiqod ramzi yuzaga keldi. Hozirgacha Avestoning 
ayrim qismigina, faqat 4 kitobi saqlanib qolgan:
1. Videvdat-«Devlarga qarshi qonunlar», bu kitobda asosan 


28
Markaziy Osiyo madaniyatining o‘ziga xosligining ikkinchi 
jihati mintaqaning o‘ta qulay jo‘g‘rofiy o‘rnashganligi bilan bog‘liq. 
Mintaqa Mesopatomiya, Hindiston va Xitoy kabi uchta buyuk sharq 
sivilizatsiyasi bilan bevosita chegaradosh bo‘lib g‘arb sivilizatsiyasi 
beshinchi-Gretsiya va Rim bilan aloqada rivojlangan. Bunday 
aloqalarning muqarrarligi Markaziy Osiyo madaniyati vositachiligi 
missiyasini bajarishga sabab bo‘ldi, ya’ni iqtisodiy sohalarda eng 
avvalo xalqaro savdoda va madaniy sohalarda ham Markaziy Osiyo, 
G‘arb va Sharq o‘rtasida bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajardi. 
Xususan Markaziy Osiyo hududi orqali buddizm butun dunyoga 
yoyildi, Hindiston va Xitoyga ellinistik ko‘rinishlari o‘tdi, sharqdan 
g‘arbga va g‘arbdan sharqga madaniy boyliklar (bilim, dunyoviy 
g‘oya, kashfiyot, badiiy asarlar) ning almashib turishida Markaziy 
Osiyo muhim vositachi bo‘lib xizmat qildi.
Markaziy Osiyo madaniyatining buyuk vositachilik missiyasi 
boshqa madaniy qadriyatlarini yangilash, o‘zlashtirish, mahorati va 
qayta ishlash kabi jihatlarimiz bo‘lmas edi. Bu madaniyat qadimdanoq 
yangi hodisalarni o‘zlashtirsh va moslashtirish mahoratiga ega bo‘ldi. 
Garchi boshqa qadimgi sharq madaniyatlaridagi kabi Markaziy Osiyo 
madaniyatida ham an’analar keng o‘rin egallasada, aytarli xarakter 
kasb etmaydi, ya’niki, uzluksiz madaniyat yangilanish va taraqqiyot 
jarayoniga to‘siq bo‘lmaydi. Shuningdek, an’analarning mustahkam 
hukmronligi tarixiy vaziyatga ham to‘sqinlik qilganliklarini 
ta’kidlash kerak. Mintaqa orqali katta bosqinchilik yurishlar, 
xalqlarining ko‘chishlari yuz bergan bo‘lib, bu Markaziy Osiyo 
xalqlarining tarixi davomida bir necha bor madaniyatni sezilarli 
o‘zgarishlar olib keldi. Afsuski ko‘pincha urushlar Markaziy Osiyo 
madaniyatining qadimgi taraqqiyot davrlarining behisob dalillarini 
yo‘q qiladi. Arxeolog qazilma ma’lumotlar va yozma manbalar mil. 
avv. I ming-yillik boshlarida vujudga kelgan Markaziy Osiyoning 
ilk davlatlari Sug‘d, Baqtriya va Xorazm madaniyati haqida biroz 
ma’lumotlar beradi. Mil. avv. VIII-VII asrlarga oid Afrofsiyob 
(Samarqand), Surxondaryo vohasidagi Qiziltepa, Qashqadaryo 
vohasidagi Uzunqir, Xorazmdagi Qizilqir kabi qadimgi shaharlarda 
o‘tkazilgan tadqiqotlar murakkab ijtimoiy tuzilma va madaniyatning 
yuqori rivojlanganligini ko‘rsatadi. Bu shaharlar mudofaa devorlari 
va suv ta’minotidan iborat kuchli istehkomlarimizga ega bo‘lib, 
21
davrda kashf etilgan.
Ibtidoiy odamning to‘plagan bilimi qanchalik bo‘lishidan qat’iy 
nazar, u hali bilmagan tabiat hodisalari mavjudligicha qolgan. Ki-
shilar sababini bilmaydigan bu hodisalar ularning hayoti uchun 
mu him ahamiyatga ega bo‘lgan va o‘z navbatida uni bilish talab 
qilin gan. Shu sababli ibtidoiy odam bu sohadagi kamchiliklarni 
to‘ldi rish, o‘zining ojizliklari o‘rnini to‘ldirish, o‘z tajribalaridan 
chek kada qolgan hodisalarga javob topishga urina boshlagan. Nati-
jada jumboq bo‘lib tuyulgan tabiat hodisalariga qarama-qarshi 
tasavvur va tushunchalarni yarata boshlaganlar. Diniy tasavvurlar 
ishlab chiqarish kuchlari va jamiyat taraqqiyotida urug‘chilik tuzumi 
paydo bo‘lgan bosqichda vujudga kelgan.
Ibtidoiy odam o‘zini tabiatdan ajratmaydi va tabiat kuchlari 
hamda hodisalari bilan aynan bir narsa deb hisoblaydi. Ibtidoiy jamoa 
tuzumi davridagi diniy tasavvurlarning ilk shakllari quyidagilarga 
bo‘linadi:
a) animizm; 
b) totemizm; 
d) magiya (afsungarlik, sehrgarlik); 
e) fetishizm; 
f) shomonizm.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin