Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan


asr boshida Movarounnahrda davlat qurilishi  inqirozga uchraydi. Oltinchi davr – XIV – XVI asr boshi Amir Temur va temuriylar



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/54
tarix07.01.2024
ölçüsü1,13 Mb.
#208337
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

 
asr boshida Movarounnahrda davlat qurilishi 
inqirozga uchraydi.
Oltinchi davr – XIV – XVI asr boshi Amir Temur va temuriylar 
davri madaniyati va san’ati.
Amir Temur va vorislari saltanati yuzaga kelishi va rivojlanishi 
jahon madaniy taraqqiyotida favqulodda madaniy-tarixiy voqelik 
hisoblanadi. Temuriylar saltanati doirasidagi davlat tuzilmalari 
hozirgi O‘zbekiston hududlari doirasidan uzoq-uzoqlarga chiqib 
ketadi. Amir Temur va temuriylar davrida madaniyat va san’at 
o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi va haqli ravishda Temuriylar 
renessansi deb ataladi. Aynan shu vaqtda san’at kuchli davlat 
tomonidan homiylikning yorqin timsoli va bir vaqtning o‘zida 
qudratli saltanat falsafasining ifodachisi sifatida maydonga chiqadi. 
«Imoratlarimizga qarangda, qudratimizga tan bering». Temuriylar 
sulolasi vakillari islom aqidalariga qattiq e’tiqod qo‘ygan bo‘lsa-da, 
san’atdaga dunyoviylik o‘zining ancha yaqqol ifodasini topgan.
Madaniyat va san’atning yetakchi sohalari – me’morchilik, 
hunarmandchilik va mitti suratlar davlatning qudratli g‘oyalarini va 
uning fan, ma’rifat va san’at sohasidagi yetakchi rolini ifoda etadi. 
San’at va hunarmandchilik rivojlangan davlat tizimining eng muhim 
ko‘rsatkich va belgisi hisoblanadi.
9
Yettinchi davr – XVII – XIX asr boshi. O‘zbek xonliklari 
madaniyati va san’ati.
O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixida bu davr barqaror 
bo‘lgan, ammo biron muhim va yorqin yutuq ham ko‘zga tashlan-
magan. Movarounnahr hududlarida Xiva, Buxoro, Qo‘qon xonliklari 
yuzaga keladi, lekin ularning san’ati oldingi davrlardan yuksaklikka 
ko‘tarilmagan. Ularning o‘zaro ayrib qolishi badiiy jarayonlarning 
hududiy tangligiga olib keldi. Faqat amaliy san’atgina nisbatan 
barqaror rivojlanadi, an’anaviy uslub va texnologiyalarga asoslangan 
usta hunarmandlar bu davrda sopol, suyak, toshdan noyob buyumlar 
yaratishadi. Buxoro, Xiva, Samarqand, Farg‘ona vodiysi shaharlari va 
O‘zbekiston janubining bozorlariga turmushda keng qo‘llaniladigan 
xalq hunarmandlarining rango-rang mahsulotlari chiqarilgan. 
Ustalarning buyumlarida Xitoy, Eron va Rossiya badiiy an’analari 
izlarini payqash mumkin. Bu vaqtda badiiy hunarmandchilikning 
asosiy maktablari va markazlari yuzaga keladi, ular o‘z ahamiyatini 
saqlab, XX asr san’atining umummilliy uslubiga asos solgan.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin